I I BOB.
PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
94
Sun’iy intellekt qandaydir
dasturlash tilida yaratilgan, inson kabi alq-idrokka ega dastur
hisoblanadi. Dastur yaratish uchun muayyan bir dasturlash tilidan foydalaniladi.
Bugungi
kunda ko‘plab zamonaviy dasturlash tillari mavjud va ular turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli
qo‘llanilmoqda. Dasturchilar tomonidan eng ko‘p foydalanilayotgan
tillarga Kotlin, C++, Java,
C#, Go, JavaScript, TypeScript, Swift, PHP, Ruby va Pythonni misol keltirishimiz mumkin.
Sanab o‘tilgan dasturlash tillarining bir-biridan kamchilik va ustunlik tomonlari mavjud. Ular
ko‘proq muayyan bir sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan desak, xato qilmaymiz. Sun’iy
intellektni rivojlantirish uchun eng yaxshi dasturlash tilini aniqlash bo‘yicha ko‘plab
tadqiqotlar
amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Python dasturlash tili sun’iy intellektni
rivojlantirish uchun eng ma’qul dasturlash tili sifatida e’tirof etilgan.
Raqamli ma’lumotlar
–kompyuterdan o‘rin
olgan rasmli, matnli, audio,
videoma’lumotlar. Bunday ma’lumotlar kompyuter xotirasida ikkilik sanoq sistemasida
saqlanadi.
Dasturlash tili kutubxonasi
–
oldindan yozilgan, o‘zida kerakli kodlarni jamlagan va
boshqalar foydalanishi uchun mo‘ljallangan ma’lum bir dasturlash tilidagi kod fayli.
Masalan, kutubxona Pythonda – *.py, Javada – *.jar, C++ da – *.lib
kabi formatli
fayllarda saqlanishi mumkin.
Sun’iy intellekt texnologiyalarida Pythonning keng qo‘llanilishiga ikkita asosiy sabab bor:
•
sintaksisining osonligi va dastur kodining kam yozilishi;
•
sun’iy intellekt loyihalari uchun ichki kutubxonalarning mavjudligi.
Python dasturlash tillida boshqa dasturlash tillarida bo‘lgan ko‘plab qo‘shimcha sintaksis
belgilaridan voz kechilgan.
Shu bilan birga, amaliy masalalar yechimi Pythonda to‘g‘ridan
to‘g‘ri amalga oshiriladi. Bu esa yozilishi kerak bo‘lgan kodlarning qisqarishiga va dasturning
tezroq ishlashiga olib keladi. Bunday holat esa sun’iy tafakkurga
ega dasturlarni yaratishda
muhim omil sanaladi.
Dostları ilə paylaş: