I V BOB.
MOBIL ILOVALAR YARATISH MUHITI
250
– Start new project –
yangi loyiha yaratish
(12);
– Move To Trash – keraksiz loyihani savatchaga tashlash
(13);
– View Trush – savatchani ko‘rish
(14);
– Login to Gallery – loyihalar
galereyasiga kirish
(15);
– Publish to Gallery – loyihani galereyada namoyish etish
(16).
Tezkor tugmachalardan keyingi o‘rinda loyihalar ro‘yxati joylashgan bo‘lib,
unda muhitda
yaratilgan loyihalar nomi, yaratilgan va qayta ishlangan sanalari ko‘rsatiladi
(17).
App Inventor muhiti ishga tushganidan so‘ng foydalanuvchi “Start new project” tezkor
tugmachasi orqali yangi loyiha yaratishi yoki loyihalar ro‘yxatidan
avval yaratilgan loyihani
ishga tushirishi mumkin.
App Inventor dasturlash muhiti 2 ta rejimda ishlashi mumkin:
1) dizayner rejimi;
2) bloklar rejimi.
DIZAYNER REJIMI
Dizayner rejimi
– ilovalar interfeysi (tashqi ko‘rinishi) yaratiladigan rejim.
Rejim dasturni ishga
tushirishda qurilma ekranida namoyon bo‘ladigan turli dastur komponentlari: tugmachalar,
matn
maydonlari, rasm kabilarni tanlash va joylashtirish uchun ishlatiladi.
Dizayner rejimi ishga tushirilganda, tezkor tugmachalar yangilanadi
va ular quyidagi tartibda
joylashadi:
– Screen – ilova oynalari ro‘yxati
(1);
– Add screen – yangi ilova oynasini qo‘shish
(2);
– Remove screen – joriy ilova oynasini o‘chirish
(3);
– Publish to Gallery – loyihani galereyada namoyish etish
(4);
– Designer – dizayner muhitiga o‘tish
(5);
– Blocks – bloklar rejimiga o‘tish
(6).
Loyiha dizaynini ishlab chiqish interfeysi quyidagi asosiy qismlardan iborat:
– Pallet (Palitra) – ilova dizayni uchun foydalaniladigan komponentlar to‘plami
(7);
– Viewer (Ko‘rish) –
ilova ekrani, aniqrog‘i, ekranlardan biri. Ilovada turli harakatlar amalga
oshiriladigan bir nechta ekrandan foydalanish mumkin
Dostları ilə paylaş: