2. AutoPlay Media Studio haqida ma’lumot AutoPlay Media Studio da yangi loyiha yaratish oynasi bilan ishlash



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix05.10.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#64585
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-Amaliy mashgulot



3-AMALIY MASHG’ULOT 
MAVZU: Texnologik ta’limida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish.
AutoPlay va CourseLab dasturlarida ishlash 
Reja
1. Elektron va multimediyali hujjatlar yaratish texnologiyasi. 
2. AutoPlay Media Studio haqida ma’lumot 
3. AutoPlay Media Studio da yangi loyiha yaratish oynasi bilan ishlash
 
Tayanch so’zlar va iboralar: AutoPlay Media Studio, Label, Paragraph 
va Button, interfaol taqdimotlar, multimedia-ilovalar, Slayd-shou, Ob’ektlarni 
formatlash, Create a new project, Open an existing project, Restore last open 
project, dastur oynasi, Project Size. 
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ko’plab 
dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay Media Studio 
dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar to’plamini bitta muhitga birlashtirish, 
qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun AutoRun-menyusi hosil qilishda 
AutoPlay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi. 
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun 
AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson 
va qulay interfeysni taqdim etadi. AutoPlay Media Studio bilan ishlashda deyarli 
dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy 
muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan 
foydalanishi mumkin. Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil 
etish uchun AutoPlay Media Studio dasturiy vositasi tarkibida tayyor ob’ektlar 
mavjud bo’lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni 
printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytlarni ochuvchi va ularga 
murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funkstional ob’ektlarni kiritish mumkin. 
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun 
AutoPlay Media Studio barcha kerakli fayllarni o’zi yaratadi. Foydalanuvchilar 
zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor 
loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. 
2015 yildan Indigo Rose Corporation (
https://www.indigorose.com/

kompaniyasi AutoPlay Media Studio 8.5 versiyasini iste’molga chiqardi. Dastur 
foydalanuvchilarga ob’ektlarni o’zaro bog’lashni amalga oshirishga yordam 
beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi. AutoPlay Media Studio dasturi 
muhitida Visual Basic, Visual S++, Java, Adobe Flash kabi qator tizimlarda 
yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin. 
Dastur yordamida animastiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, 
ma’lumotlar bazasini va shunga o’xshash ob’ektlarni nafaqat tez yaratish, balki 
ularni boshqarish ham mumkin. 
Avtomatik 
ishga 
tushuvchi 
oynalarni 
o’zining 
kutubxonasidagi 
“niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. 
Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan 
foydalanilsa ham bo’ladi. Qolaversa, ma’lumotlarni SD uchun tayyorlagan holda 


uni dasturning o’zidan turib, SD yoki DVDga yoza olishi AutoPlay Media Studio 
dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. 
Tayyor loyiha bunda *.exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi arxiv 
ko’rinishda yoki qattiq diskdagi alohida katalogda shakllantirilishi mumkin. 
Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. 
Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi ob’ektlari bilan 
birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to’liq versiya bilan o’rnatilgan bo’lsa, 
matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi 
lug’atlar bo’lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 8.5 ning yangi 
versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan: 
1. 
Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, 
multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish. 
2. 
Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animastiya, matn va 
boshqalarni biriktira olish xususiyati. 
3. 
Web-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan instrumentlar. 
4. 
XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi. 
5. 
rtf-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi. 
6. 
Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati. 
7. 
Matn rangini o’zgartirish uchun RadioButton ob’ektining mavjudligi. 
8. 
Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funkstiyasi. 
9. 
Ob’ektlarni formatlash imkoniyati 
10. 
Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi. 
11. 
SD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo. 
AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bog’liq bir 
nechta buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi (1-rasm): 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin