I BOB.
BIG DATA VA DATA MINING
246
Thunkable
– mobil ilovalar uchun vizual rivojlanish muhiti. “Vizual” so‘zi
funksiya
va o‘zgaruvchilarni aks ettiruvchi vizual bloklar bilan dasturlashni anglatadi.
Uning 2 ta asosiy komponenti mavjud:
1) dizayner: ekranga turli xil foydalanuvchi interfeysi komponentlarini qo‘shish
orqali dasturning foydalanuvchi interfeysini yaratish imkonini beradi, masalan, tugmachalar,
matn maydonlari, GoogleMaps kabilar;
2) bloklar: Thunkableda Scratchga o‘xshash bloklarga asoslangan dasturlash tili mavjud. Bu
yangi boshlovchilar uchun dasturlashdan
foydalanishni osonlashtiradi, ammo tajribali ishlab
chiquvchilar foydalanishi uchun yetarli emas.
Thunkable App Inventor kabi dasturlash muhitlariga o‘xshash tarzda onlayn ishlaydi. Bundan
tashqari, bloklardan foydalangan holda vizual dasturlashdan foydalaniladi. Agar istasangiz,
masalan, Web Viewer komponenti bilan ishlashda matnli dasturlashdan
foydalanishingiz
ham mumkin. Ilovani yaratish, nomini o‘zgartirish, nusxalash, o‘chirish va jonli ko‘rish
bilan bir
qatorda, uni App Storeda nashr etish mumkin.
Dasturlash muhitining funksionalligi va Thunkableda dasturlarni yaratish qobiliyati Android
uchun kodli dasturlash muhitlaridan sezilarli darajada past, ammo ko‘plab vizual va novizual
komponentlari yordamida sodda mahalliy va gibrid dasturlar yaratish mumkin.
Thunkable
10-DARS
BIG DATA VA DATA MINING
247
App Inventor
(App
dastur uchun qisqartirilib, dastur deya tarjima qilingan;
Inventor ixtirochi sifatida tarjima qilingan) – dasturlash bo‘yicha ko‘p bilim talab
qilmaydigan vizual dasturlash muhiti. Dastur dastlalb
Google Labs tomonidan
ishlab chiqilgan, keyinchalik esa Massachusets Texnologiya Institutiga
topshirilgan.
App Inventor Android ilovalarni yaratish uchun bulutli texnologiyaga
asoslangan vizual
dasturlash muhiti hisoblanadi. Dasturlarni qurish dastur kodlari bloklari yordamida
vizual rejimda amalga oshiriladi. App Inventor veb-muhitda ishlaydi. Bu esa ishni ancha
soddalashtiradi, chunki kompyuter resurslaridan deyarli foydalanilmaydi (lekin
muhitga kirish
uchun Internet bo‘lishi lozim). Shuningdek, Java dasturlash tili va Android SDKni bilish talab
qilinmaydi. Kompyuterga hech qanday dasturni o‘rnatishi
shart emas, faqat Google Chrome
brauzerida ai2.appinventor.mit.edu manzili orqali muhitni ishga tushirish mumkin.
App Inventordan foydalanish uchun Google akkaunt zarur. Agar Googleda akkaunt mavjud
bo‘lmasa, unda ish boshlashdan oldin siz akkaunt yaratishingiz va
avtorizatsiya qilishingiz
lozim. Shundan so‘ng App Inventor dasturi hamda barcha saqlangan loyihalar bilan istalgan
kompyuterda ishlash imkoniyati yaratiladi.
Ilovalarni yaratish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich – foydalanuvchi interfeysini loyihalash;
kkinchi bosqich – ilovalarni dasturlash (ko‘rsatmalar yaratish).
Dostları ilə paylaş: