10-DARS
BIG DATA VA DATA MINING
243
Har kuni ishlatiluvchi mobil ilovalar qanday yaratilishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Aslida,
mobil ilova yaratish unchalik ham qiyin ish emas. Demak, mavzu
yordamida mobil ilovalar
qayerda va qanday yaratilishi mumkinligi bilan tanishamiz.
Eng avvalo, mobil ilovalarni yaratish texnologiyalari bilan tanishish zarur. Mobil ilovalar
yaratish texnologiyalari, asosan, ikki turga bo‘linadi:
kod orqali dasturlash;
vizual dasturlash.
Kod orqali dasturlash
jarayonida barcha amallar
faqat kod yozish orqaligina amalga oshiriladi. Ya’ni
dastur yaratish jarayonida dastur oynasini va uning
komponentlarini yaratish uchun ham kod yoziladi.
Bu usulni ko‘proq veb-dasturlashda (HTML, CSS,
JavaScript, PHP va b.)
va Pythonnig Tkinter
kutubxonasida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zi kod orqali
dasturlash platformalarida
dastur oynasini yaratish
uchun konstruktor rejimlari ham mavjud. Ammo
asosiy jarayon kod yozish orqali amalga oshiriladi. Bularga misol tariqasida C# va Delphi
dasturlash muhitlarini keltirish mumkin.
Vizual dasturlash
– kod yozishning o‘rniga
grafik
obyektlarni boshqarish bilan dastur yaratish
usuli. Bunda dasturlash jarayonida maxsus
funksiyalardan iborat bloklardan foydalaniladi.
Dastur tuzish esa
Lego orqali biron buyumni
yasash jarayoniga o‘xshash bo‘ladi. Bu usulda
dastur tuzuvchidan
dasturlash tillarini yuqori
darajada bilish talab qilinmaydi. Ayrim taniqli
dastur mualliflari vizual
dasturlashni dasturlash
tillarini rivojlantirishning keyingi bosqichi (keyingi avlod) deb tan olishadi.
Mobil ilova yaratish imkonini beruvchi ko‘plab dasturiy vositalar mavjud. Ularning ayrimlarini
ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: