I I I BOB.
TARMOQ QURILMALARI
156
24–25-darslar. TARMOQ QURILMALARI
Tarmoqlarda
kompyuterlardan tashqari modem, xab (hub), svitch (switch), router kabi tarmoq
qurilmalari ishlatiladi. Ulardan turli sozlamali bir nechta kompyuterni o‘zaro bog‘lash
uchun
foydalaniladi.
Tarmoq ishlashi uchun zarur qurilmalar nimalardan iborat?
MAC-manzil
(ing. Media Access Control) – har bir tarmoq uskunasiga berilgan yagona
identifikator raqami.
Tarmoq interfeysi kartasi
(ing. NIC – Network Interface Card) –
kompyuterga simli
ulanish imkonini beruvchi qurilma.
Simsiz tarmoq interfeys kartasi
(ingl. WNIC – Wireless Network Interface Card) –
ma’lumotlarni simsiz yuborish va qabul qilish imkoniyatiga ega kompyuter qurilmasi.
Simsiz ulanish nuqtasi
(ing. WAP – Wireless Access Point) – ma’lumotlarni simsiz
yuboruvchi va qabul qiluvchi qurilma.
Tarmoq interfeysi kartasi
–
kompyuterni tarmoqqa ulash
imkonini beruvchi qurilma. Ethernet kabelini kompyuterga ulash
uchun tarmoq interfeys kartalari ishlatiladi.
Shuning uchun
tarmoq interfeys kartalari Ethernet kartasi (ing. Ethernet Card)
deb ham nomlanadi. Ethernet kartalari 10 Mbit/s dan 1 Gbit/s
(1000 Mbit/s) gacha bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish tezligiga ega.
Har bir tarmoq interfeys kartasining MAC-manzili mavjud bo‘lib, u tarmoqdagi kompyuterni
yagona identifikatsiyalashga yordam beradi.
Hozirgi kunda aksariyat zamonaviy kompyuter va noutbuklarda
tarmoq interfeys kartalari
asosiy plataga o‘rnatilgan bo‘lib, ular Internetga ulanish jarayonini sozlashni soddalashtiradi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR