3-DARS
TARMOQ QURILMALARI
TARMOQ QURILMALARI
159
Agar router yoki marshrutizator
xab yoki svitch bilan
taqqos-
lanadigan bo‘lsa, router kengroq imkoniyatlarga ega,
ya’ni u ma’lumotlarni
qabul qilish, tahlil qilish,
qanday
paketlanganligini aniqlash/o‘zgartirish va boshqa turdagi
tarmoqlarga uzatish xususiyatlariga ega tarmoq qurilmasi
ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Deylik, ma’lumotlar belgilangan
hajmdagi paketlarga bo‘lingan. Bu paketlar kattaroq
paketlarni qayta ishlay olmaydigan
boshqa turdagi tarmoq
orqali yuborilishi kerak. Bunda ma’lumotlar kichikroq paketlar sifatida qayta paketlanib,
router
tomonidan tarmoqqa uzatiladi.
Routerlar tarmoqdagi barcha xabarlar to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilganligi uchun tarmoq-
dagi murakkab vazifalarning aksariyatini ular bajaradi. Ya’ni ular har bir ma’lumotni
tahlil qilish
bilan birga xavfsizlik devori orqali tahdidlardan himoya ham qiladi.
Bundan tashqari, router mahalliy tarmoqni Internetga ulaydi. Router simli yoki simsiz bo‘lishi
mumkin. Simsiz routerga smartfon va boshqa qurilmalar Wi-Fi orqal ulanishi mumkin.
Odatda, bunday routerlarda simli Internetga kirishni ta’minlash uchun ba’zi
portlar mavjud
bo‘ladi. Aksariyat zamonaviy routerlar o‘zida modem va svitchlarni birlashtiradi. Hozirgi kunda
xonadon Wi-Fi routerlari bir vaqtning o‘zida router va modem/svitchning vazifasini bajaradi.
Bunda svitchlar Internet-provayder (Internet Service Provider)dan
kiruvchi keng polosali
liniyalarga ulanadi hamda hisoblash qurilmalari qayta ishlashi uchun ma’lumotlarni raqamli
ko‘rinishga aylantiradi.
Dostları ilə paylaş: