3-DARS
ALOQA VOSITALARI
ALOQA VOSITALARI
153
4. Kabel ichida tо‘rtta juft sim bir-biriga bog‘langanligini
ko‘rasiz, ularni ajratib ochib chiqing.
5.
Sakkizta alohida sim olish uchun to‘rtta juftlikni ajratib
chiqing. Simlarni iloji boricha tekislang.
6.
Simlarni tо‘g‘ri tartibda joylashtirib, siqish uchun tayyorlash kerak. Ethernet kabellarda
T-568A, T-568B nomli simlar ketma-ketligi uchun standartlar mavjud. Ikkalasining
yagona
farqi shundaki, ularda to‘q sariq va yashil juft simlar almashtiriladi.
T-568B AQSHda juda keng tarqalgan, chunki u eski telefon qurilmalariga mos keladi.
T-568A esa dunyoda tobora ommalashayotgan, tez-tez
uchrab turuvchi standart
hisoblanadi.