3-DARS
ALOQA VOSITALARI
ALOQA VOSITALARI
151
Bluetooth va Wi-Fi turli standartlardan foydalanuvchi simsiz aloqa usullari hisoblanadi.
Bluetooth qisqa masofada ulash uchun mo‘ljallangan simsiz radiotizimga asoslangan, Wi-Fi
esa foydalanuvchilarga Internetda keng polosali tezlikda ulanish
imkoniyatini yaratish uchun
kompyuterdan kompyuterga simsiz ulanishga mo‘ljallangan.
Wi-Fi
– raqamli ma‘lumotlarni radiotо‘lqinlar orqali
IEEE 802.11 (a,b,g,n) standarti yordamida uzatish
texnologiyasi. Undan foydalangan holda ikki yoki
undan ortiq qurilma o‘rtasida ma‘lumot almashish
mumkin. Wi-Fi
mobil hisoblash moslamalari
uchun ishlab chiqilgan. Simli texnologiya singari
Wi-Fi texnologiyasi ham ma‘lumotlar bazasi yoki
dasturiy ilovalar saqlanayotgan server kompyuteriga
ulanishini ta‘minlaydi. Buning uchun axborotlar
almashinuvchi kompyuter simli
tarmoqqa ulanishi shart emas, faqat u Wi-Fi-qurilmasidan
foydalanish nuqtasidan 300 m masofa radiusida joylashsa kifoya.
WiMAX
– raqamli ma‘lumotlarni radiokanal orqali IEEE 802.16 standarti yordamida uzatish
texnologiyasi. 802.16 oilasining turli standartlari har xil mobil tarmoqdan fiksirlangan (qayd
etilgan) tarmoqqacha ulanish imkoniyatlarini beradi. Shu bilan birga, bu texnologiyada signal
uzatilganda daraxt, bino, turli
inshootlar, landshaft kabilar unga xalaqit bera olmaydi.
WiMAX bitta va kо‘p nuqtalar о‘rtasida (mobil nuqtalar bilan birgalikda) ma‘lumotlarni simsiz
uzatish texnologiyasi hisoblanadi. Ma‘lumotlarni uzatish tezligi 70 Mbit/s gachani, radiusi esa
70 km gachani (masofa uzayishi bilan tezlik pasayadi)tashkil etadi.
DSL ( ingl.
digital subscriber line
– raqamli abonent tarmog‘i) texnik yoki iqtisodiy sabablarga
kо‘ra
ishlatilmagan hollarda, WiMAX texnologiyasi keng polosali foydalanish...