U mumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari


O‘quvchilarga odob-axloq qoidalari doirasida quyidagilar taqiqlanadi



Yüklə 87 Kb.
səhifə9/12
tarix25.12.2023
ölçüsü87 Kb.
#193867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
00..

28. O‘quvchilarga odob-axloq qoidalari doirasida quyidagilar taqiqlanadi:

a) ta’lim muassasasida va uning hududida:

  • - o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish;

  • - dars mashg‘ulotlari vaqtida ta’lim muassasasi hududida sababsiz yurish;

  • - ta’lim muassasasi yo‘laklari, sinf xonalari, oshxona va

kutubxonasida asossiz ravishda baland ovozda gaplashish;

  • - ta’lim muassasasi hududida baland ovozda so‘zlashish, qog‘oz va boshqa chiqindilarni (belgilangan joylardan tashqarida) qoldirib ketish;

  • - muqovasida ma’naviyatga zid bo‘lgan tasvirlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanish;

  • - turli narkotik va psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tarqatish;

  • - ta’lim muassasasi hududiga turli xil pirotexnika vositalari, pnevmatik qurollar, o‘tkir kesuvchi va tig‘li buyumlarni olib kelish;

  • - uyali aloqa vositalari orqali “ommaviy madaniyat”, turli xil yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchi va terroristik-ekstremistik xarakterdagi audio va video materiallar hamda pornografik xarakterdagi ma’lumotlarni ko‘rish va tarqatish, kiberbullingni o‘tkazish;

  • - uyali aloqa vositalarini bo‘yniga osib olishi, ko‘ylak, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

b) dars mashg‘ulotlari (sinf xonalari)da:

  • - dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;

  • - qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;

  • - mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;

  • - yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;

  • - boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;

  • - telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish.

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin