34. Mazkur qoidalar bilan har o‘quv yili boshida o‘quvchilarning ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) hamda ta’lim muassasasi pedagog xodimlari tanishtiriladi (tanishtirish varaqasi namunasi ilova qilinadi).
35. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan nizoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.