U mumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Yuldasheva Gulbara Esanbaevna – Angren shahar 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor
o‘rinbosari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
2. Ichki tartib qoidalari- umumiy o‘rta ta’lim muassasasida xodimlar va o‘quvchilar tomonidan ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda va muassasa Ustavida belgilab qo‘yilgan ta’lim jarayonida rioya etilishi shart bo‘lgan tartib va qoidalar.
Odob-axloq qoidalari - umumiy o‘rta ta’lim muassasasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida xodimlar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun belgilangan xulq-atvor me’yorlari.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasida xodimlar va o‘quvchilar tomonidan
I chkita’limga oid normativ-huquqiy tartib hujjatlarda va muassasa Ustavida
qoidalari belgilab qo‘yilgan ta’lim
jarayonida rioya etilishi shart bo‘lgan tartib va qoidalar.
3. Mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalari umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi faoliyati bilan bog‘liq asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi jamoasi va o‘quvchilari rioya etishlari uchun majburiy hisoblanadi.
4. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odobaxloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari (keyingi o‘rinlarda – jamoa a’zolari) hamda o‘quvchilari, ularning otaonalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun o‘zaro munosabatlarda odob-axloq, xulq-atvor me’yorlariga qo‘yiladigan minimal talablarni belgilaydi.