U mumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari



Yüklə 87 Kb.
səhifə8/12
tarix25.12.2023
ölçüsü87 Kb.
#193867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
00..

b) dars mashg‘ulotlarida:

  • - tegishli darslik va zarur o‘quv qurollari bilan ishtirok etish;

  • - vaqtini va diqqatini o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan maqsadlarga sarflash va qaratish;

  • - o‘qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi bo‘lganda qo‘lini ko‘tarib ruxsat so‘rash; sanitariya-gigiena va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish;

  • d) tanaffusda:

  • - o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;

  • - navbatdagi dars bo‘ladigan sinf xonasiga o‘z vaqtida o‘tish;

  • - fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;

  • - katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash;

  • e) ta’lim muassasasi oshxonasida:

  • - ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvish;

  • - umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish;

  • - taomlarni olishda “navbatga turish” tartibiga rioya qilish va imkoni boricha ijtimoiy masofani saqlash;

  • - tirbandlik holatida ustozlar, o‘zidan kichiklarga va qizlarga hurmat

    ko‘rsatish;

    • - ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;

    • - issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish;

    • - oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o‘zida iste’mol qilish;

    • - ovqatlangandan so‘ng idishlarni yig‘ishtirib qo‘yish;

    f) ta’lim muassasasi kutubxonasida:

    • - kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;

    • - kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; • - kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish;

    g) sport zali (majmuasi)da:

    • - sport zaliga xos bo‘lgan kiyim va poyabzalda kirish;

    • - sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;

    • - mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;

    • - sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish.





    Yüklə 87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin