U mumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari


Ota-onalarga belgilangan talablar



Yüklə 87 Kb.
səhifə7/12
tarix25.12.2023
ölçüsü87 Kb.
#193867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
00..

26. Ota-onalarga belgilangan talablar:

  • - ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;

  • - o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

  • - farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

  • - farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;

  • - farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;

  • - farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

  • - sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;

  • - farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;

  • - ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.

  • 3-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilish

  • 27. O‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya etish talablari:

  • a) ta’lim muassasasi binosi va uning hududida:

  • - ta’lim muassasasiga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar formasida kelish.

  • Bunda, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maktab formasi 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich, 2025-yildan boshlab esa to‘liq joriy etilishini inobatga olish;

  • - toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish; - o‘zidan kichiklarga nisbatan izzatda bo‘lish, kattalarga esa hurmat ko‘rsatish; - o‘qituvchilar va ta’lim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda salom berish;

  • - ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar) va o‘quv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;

  • - ta’lim muassasasi mulkiga zarar yetkazilgan hollarda ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qoplanishi;

  • - ta’lim muassasasi yo‘laklarida tinchlikni saqlash, ichki tartib va odobaxloq qoidalariga qat’iy rioya qilish;

  • - ta’lim muassasasiga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan zarur o‘quv qurollarining bo‘lishi);

  • - ta’lim muassasasi hududida telefonini o‘chirib, (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) portfel yoki sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yish; chiqindilarni muassasa binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga tashlash;


  • Yüklə 87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin