Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


Trendli tahlil bazis yil darajasiga nisbatan qator yillar uchun nisbiy o‘sish sur’ati va ko‘rsatkichlarning o‘sishini o‘rganishda qo‘llaniladi, ya’ni ko‘rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalar



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə7/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

Trendli tahlil bazis yil darajasiga nisbatan qator yillar uchun nisbiy o‘sish sur’ati va ko‘rsatkichlarning o‘sishini o‘rganishda qo‘llaniladi, ya’ni ko‘rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalari tadqiq qilinadi.

Dinamik taqqoslash o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning vaqtda o‘zgarishini o‘rganish uchun statik taqqoslash – turli xo‘jalik subyektlari bir davr bo‘yicha ko‘rsatkichlar darajasini baholash uchun qo‘llaniladi.

Bir o‘lchovli tahlilda bir obyektning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki bir nechta obyektlarni bir ko‘rsatkich bo‘yicha taqqoslash bajariladi.

Ko‘p o‘lchamli qiyosiy tahlil yordamida bir nechta korxonalar (bo‘- linmalar) keng spektrli ko‘rsatkichlar bo‘yicha faoliyati natijalari taqqoslanadi


Iqtisodiy tahlilning usul va metodikalarini shartli ravishda an’anaviy va matematik guruhlarga ajratish mumkin. Iqtisodiy tahlil paydo bo‘lgandan buyon qo‘llanilib amaliy tajribada keng foydalanib kelinayotgan usul va metodikalar birinchi guruhni tashkil etadi. Ularga misol qilib taqqoslash, guruhlash, mutlaq, nisbiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash, indeks, balans hamda zanjirli bog‘lanish va shu kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Matematik usullarning yuzaga kelishi esa iqtisodiy axborotlarni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalarni tez va aniq hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrelyatsiya, regressiya, integral, nazariy o‘yin, matematik dasturlash va shu kabilar matematik usullarga misol bo‘ladi.

4-Mavzu Ijtimoiy – iqtisodiy, texnik iqtisodiy, ekalogik – iqtisodiy tahlil.


Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil - ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni va boshqaruvining iqtisodiy natijalariga ta’sirini o‘rganadi. Agar korxonada tahliliy ishning o‘tkazilishini to‘g‘ri tashkil qilingan bo’lsa, tahlilning barcha yo'naiishlari bir-birini to’ldiradi hamda korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini va uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirishni ta’minlaydi.


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin