Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


-Mavzu Iqtisodiy tahlilda taqqoslash



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə6/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

3-Mavzu Iqtisodiy tahlilda taqqoslash,

guruhlashtirishning samaradorligi.


Taqqoslash – inson atrof-muhitni anglay boshlagan usullardan biri bo‘lib, undan doimo foydalaniladi. Uning muhimligi quyidagi naqlda ham qayd qilinadi: «Barcha narsa qiyoslashda anglanadi». Bu usul iqtisodiy hodisalar tadqiqida ham keng tarqaldi: baholash uchun qo‘llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam, nazorat va prognoz xuddi shunday boshqalar bilan taqqoslashdagina ahamiyatlidir.

Taqqoslash mohiyati – turdosh obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida qiyoslashdir. Ular yordamida umumiy va xususiy iqtisodiy hodisalarni taqqoslash bajariladi, o‘rganilayotgan obyektlar darajasida o‘zgarishlar, tendensiyalar va ularning rivojlanish qonuniyatlari, ularning o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalari o‘rnatiladi.

Texnologik taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat: taqqoslanadigan obyektlarni tanlash, taqqoslash shaklini tanlash (dinamik, makoniy), taqqoslash bazasini tanlash (o‘tgan davr, hisobot davr rejasi, etalon korxona), obyektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko‘rsatkichlar sonini hamda taqqoslash shkalasini tanlash.

Iqtisodiy tahlilda qiyosiy tahlilning quyidagi shakllari farqlanadi: gorizontal va vertikal, dinamik va statik, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli.

Gorizontal qiyosiy tahlil o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o‘tgan davr, o‘rtacha daraja, fan va ilg‘or tajriba yutuqlari) mutlaq va nisbiy og‘ishlarini aniqlash uchun foydalaniladi.

Vertikal qiyosiy tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning strukturasi va jarayonlarning qismlari hamda umumiy solishtirma salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan (o‘z kapitalining umumiy kapitaldagi solishtirma salmog‘i), butun va qism nisbatlari (masalan, o‘z va qarz kapitali, asosiy va aylanma kapital), shuningdek, omillarning natijaviy ko‘rsatkichlarning darajasiga ta’sirini mutanosib omilning oldingi va keyingi o‘zgarishlari miqdorlariga taqqoslash yo‘li bilan o‘rganiladi.


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin