Iqtisodiy tahlilda taqqoslash va guruhlashtirish usullarini qo’llash Reja



Yüklə 22,79 Kb.
səhifə1/2
tarix21.05.2023
ölçüsü22,79 Kb.
#118891
  1   2
Iqtisodiy tahlilda taqqoslash va guruhlashtirish usullarini qo


Iqtisodiy tahlilda taqqoslash va guruhlashtirish usullarini qo’llash

Reja:


1.Taqqoslash usuli va uni qo’llashda amal qilinadigan shartlar.
2.Korhonalarda taqqoslash usuli
3.Guruhlashtirish usuli


1.Taqqoslash usuli va uni qo’llashda amal qilinadigan shartlar
Iqtisodiy tahlilda eng ko’p avvaldan qo’llanib kelinayotgan usullardan biri taqqoslashdir. Har qanday iqtisodiy hodisa, jarayonda o’rganishda ma’lum ko’rsatkichlar o’zaro solishtiriladi. Bunday o’rganishda hodisa va jarayonlarni o’zgarishining asosiy va qo’shimcha sabablarini aniqlanadi, taraqqiyot darajaga baho beriladi. Odatda tahlil taqqoslash bilan boshlanadi deyiladi. Tahlilda taqqoslashning bir necha turlari mavjud.
Bizga ma’lumki iqtisodiy tahlilning muhim vazifalaridan biri tuzilgan biznes reja ko’rsatkichlarini bajarilishiga baho berishdir. Biznes reja ma’lumotlar bilan haqiqatda erishilgan natijalarni taqqoslab, aniqlangan farqlar tahlilning keying bosqichi uchun o’rganish obekti bo’ladi ya’ni, hisoblangan o’zgarishlar tuzilgan biznes rejaning asoslanganligi, to’g’ri va mavjud, haqiqiy imkoniyatga yaqin ekanligini, bajarilish imkoniyati kengligini bildiradi. Shuningdek, bu aniqlangan farqlar biznes rejaning sifatli tuzilganligi yoki haqiqiy ahvoldan uzoqliligini ifodalaydi.
Haqiqatda erishilgan ma’lumotlarni biznes rejada ko’zda tutilgan ko’rsatkichlar bilan taqqoslashda aniqlangan farqlar, ayrim hollarda baho o’zgarishlari yoki rejalashtirilishda imkoniyatlarni to’la hisobga olinmaganligi sababli yuzaga kelishi mumkin.
Bunday hollarda avvalgi tuzilgan biznes-reja ko’rsatkichlari qayta hisoblanishi lozim va so’ngra o’rganiladigan ma’lumotlar taqqoslanadi, xullas, tahlilda ko’rsatkichlar asoslangan bo’lishi talab qilinadi.
Iqtisodiy tahlilning taqqoslash usuli joriy davr ma’lumotlari bilan o’tgan yillar ko’rsatkichlarini bog’lab o’rganishda ham keng qo’llaniladi. Ayniqsa kunlik, o’n kunlik, oylik, choraklik va yillik faoliyatini aynan o’tgan yillardagi shu davr erishilgan natijalarga taqqoslash zarur.
Eng ilg’or, yuqori va yaxshi ma’lumotlar bilan haqiqiy ahvolni taqqoslab o’rganish iqtisodiy tahlilda muhim ro’l o’ynaydi. Fan va texnika yutuqlaridan ilg’or g’oya va texnalogiyadan korxona (firma) qanday imkoniyatda foydalanganligini bilish taqqoslashda yaqqol ko’rinadi. Korxona ichidagi tsex, zveno, brigade bo’lim ko’rsatkichlarni bir-biri bilan taqqoslash ichki natijalarni bildirsa, bir xil ixtisosli korxonalar ma’lumotlari bilan taqqoslanish esa ilg’or, samarali faoliyat ko’rsatishga yordam beradi.
Iqtisodiy tahlil fanida ko’rsatkichlarni taqqoslab o’rganishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:

  1. Taqqoslab o’rganishi lozim bo’lgan ko’rsatkichlarning aniqlanish usuli aynan bir xil bo’lishi kerak. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda o’rganildigan ko’rsatkichlarni to’g’ri taqqoslash uchun mazmunan bir hil usulda aniqlanganligini tekshirish lozim. Masalan korxonalarni rentabellik darajasini foydani ishlab chiqarish fondlariga yoki mahsulotlarning tannarxiga nisbata, ayrim hollarda esa sof foyda yoki sotilgan mahsulotlarning tannarxiga nisbatan ham aniqlanishi mumkin. Shuning uchun ham rentabellik ko’rsatkichini o’rganiladigan davrlar bo’yicha bir xil usulda hisoblab, so’ngra o’zgarish darajasini tahlil qilish lozim.

  2. Bir xil bahoda hisoblangan ko’rsatkichlargina taqqoslanishi lozim. Tahlil qilishda o’rganiladigan ko’rsatgichlarni turli yillar bahosida hisoblab o’rganib bo’lmaydi. Chunki baho o’zgarishi qiymat shaklda mahsulotlarni hisoblashda kata ta’sir etadi. Shuning uchun ham xo’jaliklar amaliy faoliyatida o’zgarmas (har 5-10 yil uchun) solishtirma baholar qabul qilingan.

  3. Reja topshiriqlarining bajarilish imkoniyati haqiqiy holatga mos kelishi lozim. Bu shart ayniqsa korxonalarning reja topshiriqlarini bajarilishi darajasini tahlil qilishda ko’proq e’tiborga olinishi lozim. Reja topshiriqlarini bajarilish og’irligini hisoblash bo’yicha koeffitsientlardan foydalanish lozim.

  4. O’rganiladigan davr bir xil bo’lishi kerak. Bu talabning mazmuni avvalgi talabga nisbatan bir muncha oddiy bo’lib, tahlilda o’rganiladigan ko’pgina ko’rsatgichlarning hajmi va o’zgarishi davr vaqtning uzun va qisqaligiga bog’liqdir. Masalan, oy, kvartl, dekada va yil oxirlarida korxonalarda ish qizg’in va tezlashib ketishi bu davrdagi ma’lumotlarni o’rganishda e’tiborga olinishi lozim. Qurilish tashkilotlarida yil mobaynida ob’ektlarga xarajat sarflari turlicha bo’lishi mumkin, shuning uchun ham ayrim ko’rsatgichlarni tahlil qilishda, bu omil e’tiborda bo’lishi kerak. Demak iqtisodiy tahlilda taqqoslab o’rganiladigan ko’rsatgichlarning sodir bo’lishi vaqti va davri albatta hisobga olinadi.

  5. Korxonaning joylanishi va iqlim sharoiti teng darajada hisovga olinishi lozim. Turli hil iqlim va sharoitda joylashgan korxonalarning ko’rsatgichlarini xato ko’rinishiga olib kelishi mumkin shuning uchun ham bu tabiat omillarini ta’siri iqtisodiy tahlilda e’tiborga olinishi shart.

Shuning uchun ham taqqoslash belgisi sifatida turli tizim va tabiiy omillarni hisobga oluvchi maxsus usullarni joriy qilinishi lozim. Faqat anniq shart-sharoitni hisobga olgan holda iqtisodiy tahlilning taqqoslash usulini qo’llab o’rganishgina to’g’ri natijalarni beradi.


Yüklə 22,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin