Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


-Mavzu Iqtisodiy tahlilda balansli bog’lanish, zanjirli bog’lanish usullari



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə5/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

2-Mavzu Iqtisodiy tahlilda balansli bog’lanish, zanjirli bog’lanish usullari.



Balans usuli o‘zaro bog‘liq va tenglangan iqtisodiy ko‘rsatkichlar-
ning ikki guruhi mutanosibliklarini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu
usul buxgalterlik hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan.
Lekin u iqtisodiy tahlilda ham muayyan ahamiyat kasb etadi, xususan,
korxonaning mehnat, moliyaviy resurs, xomashyo, yonilg‘i, material,
asosiy ishlab chiqarish vositalari va boshqalar bilan ta’minlanganligi
tahlilida keng foydalaniladi.
Misol uchun, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlash maqsadida, mehnat resurslari bo‘yicha balans tuziladi. Unda bir tomondan, mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj, boshqa tomondan – ularning haqiqatdagi mavjudligi ko‘rsatiladi. Mehnat resurslaridan foydalanish tahlilida ish vaqtining ehtimoliy fondi haqiqatdagi ishlangan soatlar miqdori bilan taqqoslanadi. Chorva hayvonlarining ozuqa bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun ozuqa balansi ishlab chiqiladi, Unda bir tomondan, ozuqaga bo‘lgan rejaviy ehtiyoj ko‘rsatilsa, boshqa tomondan – uning haqiqatda mavjudligi ko‘rsatiladi. Korxonaning to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun to‘lov balansi tuziladi, unda to‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari o‘zaro taqqoslanadi. Qo‘shimcha vositalar sifatida iqtisodiy tahlilda balans metodi natijaviy ko‘rsatkichlar kattaliklari o‘sishiga turli omillarning ta’siri aniqlash to‘g‘riligini tekshirish uchun foydalaniladi. Determinatsiyalashgan tahlilda alohida omillarning ta’sir kattaliklari algebraik summasi natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sish kattaligiga mos kelishi lozim.
Balans usuli additiv omilli model tuzishda foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy tahlilda o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va mazkur o‘zgarishni yuzaga keltirgan asosiy omillarning turi
hamda ularning alohida olingan ta’sir miqdorlari aniq hisob-kitob qilinadi. Bu bilan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishiga qanday omillar
ta’sir qildi hamda ularning har birini ta’sir miqdori qanchani tashkil etdi,
degan savolga oydinlik kiritiladi. Ushbu turdagi masalalarni hal qilishda
zanjirli bog‘lanish usulidan keng foydalaniladi.
Ta’kidlash kerakki, zanjirli bog‘lanish usulida tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlar o‘zaro qat’iyfunksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi. Ya’ni bir yoki bir nechako‘rsatkich ta’sirida natijaviy ko‘rsatkich yuzaga chiqishi kerak. Zanjirli bog‘lanish usulida o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga ta’sir etgan omillarni tartib asosida aniqlashtirilib, har bir alohida olingan omilni o‘zining o‘zgargan holatini saqlab qolgan holda
boshqa omillarning dastlabki holatini shartli o‘zgarmas tarzida olib qolib, ya’ni xolislantirib belgilangan matematik amallarni bajarish bilan
natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga faqat bir omil (o‘zgargan holatdagi
omil) ta’siri hisob-kitob qiladi. Hisoblash ishining keyingi jarayonlarida
boshqa omillar ham shu tartibda o‘rganiladi. Faqat yakuniy natijaga
ta’siri o‘rganilgan omil o‘zidan keyingi omilni (yoki omillarni) yakuniy
natijaga ta’sirini hisoblashda xolislantirilmaydi. Balki, ular haqiyqiy
o‘zgarish holatida olinadi. Chunki dastlabki bosqichda ta’siri hisob-kitob
qilingan omil (yoki omillar) yakuniy natija o‘zgarishiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatib bo‘lgan deb qaraladi.
Ushbu tartib oxirgi omilning yakuniy natijaga ta’sirini hisob-kitob qilgunga qadar davom etadi. Shu usulda har bir omil bosqichma-bosqich almashtirilib, ularning yakuniy natijaga ta’sirlari alohida-alohida aniqlanadi. Alohida-alohida hisoblangan ta’sir miqdorlari o‘zaro qo‘shib yoki ayirilganda (bu holat vaziyatga ko‘ra amalga oshiriladi) yakuniy natijani o‘zgarish miqdoriga teng bo‘ladi. Mana shu tartibdagi hisob-kitoblar zanjirli bog‘lanish usuliga xos bo‘lib, uning mazmunini tashkil etadi. Zanjirli bog‘lanish usuli mohiyatini amaliy misolda yanada yaqqolroq ko‘rish mumkin. 


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin