Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


Korxona boshqaruv tahlili oldiga qo‘yilgan vazifalarni xilma- xilligi munosabati bilan uning ko’rinishlari ham xilma-xildir



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə8/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

Korxona boshqaruv tahlili oldiga qo‘yilgan vazifalarni xilma- xilligi munosabati bilan uning ko’rinishlari ham xilma-xildir.

Tahlil o’rganiladigan savollarning doirasiga qarab ikkitaga bo’linadi:

1.To‘liq texnik-iqtisodiy tahlil - korxona boshqaruvining barcha turdagi tahlilini o‘z ichiga oladi va barcha xo'jalik jarayonining o‘zaro aloqalarini, ichki va tashqi munosabatlarini o’rganadi.

2.Tematik tahlil - ma’lum bir doiradagi masalani chuqurlashtirilgan holda o’rganadi. Masalan, mehnat unumdorligini o‘sishida ishchilar malakasini va ish sharoitini o‘zgarishini, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni, qo’l mehnatini kamayishini tahlil qilish.

Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil. Har qanday iqtisodiy faoliyatdan kutilayotgan asosiy natija u jamiyatga (korxona va uning xodimlari, korxona faoliyati bilan bilvosita bog‘liq bolgan insonlar hayoti va shu kabilar) qanday ijtimoiy sharoitlar yaratgani va ulaming rivojlantirib borayotganligi bilan baholanadi. Misol uchun, ishlab chiqarishda xodimlar sog‘ligiga zarar yetkazmaydigan sharoitlami yaratish, xodimlar sog‘ligini doimo mustahkamlovchi omillami vujudga keltirish, maishiy, o‘y joy, sport, ma’naviy tadbirlar va shu kabilar. Bu bilan me’yordagi mehnat sharoitlari tashkil etiladi. Xuddi shu jihatlar ijtimoiy tahlil vositasida o‘rganiladi. Maqsad esa yaxshi sharoit qanchalik ish unumini oshishiga ta’sir etayotganligini va ular o‘rtasidagi sabab-oqibatlami bilishdir.

Texnik-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlil turi aniq mehnat bilan mahsulotning belgilangan sifatlarini saqlab qolgan holda, natural ko‘rinishida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarni sabab-oqibat asosida o‘rganadi. Bunga misol qilib mehnat resurslari, asosiy vositalar, xom-ashyolar, texnologiyalar va shu kabilami moddiy ko‘rinishdagi o‘zaro uzviy faoliyatini ko‘rsatish mumkin. Mazkur tahlil olib borishdan maqsad ulami o‘zaro yanada muvofiqlashtirish hamda bu boradagi innavatsion yangiliklami joriy qilishdir.

Texnik-iqtisodiy tahlilning mohiyati qurilayotgan ob'ekt loyihasini uning tarkibiy qismlariga qismlar va qismlar ko'rinishida ketma-ket detalizatsiya qilish, o'zaro bog'liqliklarini miqdoriy aniqlashda, ularning parametrlari qiymatlarini berilganlari bilan quyidagi tartibda taqqoslashda iborat.


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin