Turgunboev abdusamat farxodovich


Tadqiqotning obyekti va predmeti



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə3/20
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Turg\'unboyev Abdusamat

Tadqiqotning obyekti va predmeti.
- jamoatchilik fikri tushunchasining ilmiy - nazariy asoslarini o‘rganish;
- O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning bugungi kundagi ahamiyati va salmog‘ini o‘rganish hamda hayotga tadbiq qilish usullarini takomillashtirish;
- aholini ijtimoiy himoya qilishda mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llarini o‘rganib tahlil qilish;
- Ijtimoiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan Davlat dasturlari ijrosi va ularni takomillashtirish masalalarini tadqiq etish;
- Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish borasida olib borayotgan amaliy harakatlari va tadqiqotlari samaradorligini o‘rganish;
- Jamoatchilik fikri hamda jamoatchilik nazoratini faoliyati sohalarini o‘rganishda jahon tajribalarini tadqiq etish.
- Ijtimoiy ong va tafakkur taraqqiyoti, undagi tub sifat o‘zgarishlarning yuz berishida jamoatchilik muhokamalari institutining rolini belgilash;
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari.
Dissertatsiya ishimizning maqsadi O‘zbekistonda samarali amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning maqsad va vazifalarini o‘rganish, shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlami vakillarini ijtimoiy himoya qilish metodlarini o‘rganishga qaratilgan. Qolaversa, jamoatchilik fikrini rivojlantirish va samarali tashkil etilishida xizmat qiluvchi ijtimoiy siyosatning o‘rni beqiyos ekanligini ochib berishdir.
Ushbu maqsadga ko‘ra quyidagilarni yoritish belgilandi:
- ijtimoiy siyosatni shakllanishi va uni amalga oshirishning ilmiy asoslari;
- jamoatchilik fikri tushunchasi va uning ilmiy asoslari;
- jamoatchilik fikrini o‘rganish metod va usullari;
- mustaqqil O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatni shakllantirish yo‘nalishlari;
- aholi bandligini ta’minlashda ijtimoiy siyosatning muhim hisoblangan yo‘nalishlarini o‘rganish;
- O‘zbekistonda ijtimoiy himoya dasturlarining ustuvorligi va erishilayotgan natijalari;
- ijtimoiy siyosatga yo‘naltirilgan davlat dasturlari vazifalarini bajarilishi yuzasidan tadqiqotlar olib borish.
Mavzuni tadqiq etishda o‘rganish obyekti sifatida aholining eng katta sotsial qatlami – yoshlar tanlab olindi. Zero, aynan yoshlarda ijtimoiy faollik va jamoatchilik nazoratida ishtirok etish, jamiyat ijtimoiy hayotiga kirishga intilish harakatlari kuchlidir. Ularning bu intilishlari va harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda NNTlar muhim rol o‘ynamoqda. Shundan kelib chiqib, bu yo‘nalishda qo‘lga kiritilayotgan boy hayotiy tajribalarini chuqur ilmiy-amaliy tadqiq etish, ilmiy asoslangan xulosa va takliflarni ommalashtirish hamda dolzarb muammolarni chuqur tahlil qilish va ularni samarali hal etishning zamonaviy metodlarini izlash tadqiqot ishida asosiy maqsad va vazifa qilib qo‘yilmoqda.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin