Turgunboev abdusamat farxodovich


III-bob. Aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda jamoatchilik fikriga tayanish samaradorligi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/20
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Turg\'unboyev Abdusamat

III-bob. Aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda jamoatchilik fikriga tayanish samaradorligi
3.1. Maktabda zo‘ravonlikka uchragan bolalarga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda jamoatchilik fikri.....................................................................98-111
3.2. Bolalarning oiladagi zo‘ravonlikka qarshi profilaktikasida
ekspertlarning ishtiroki va baholash natijalari...........................................111-121


Xulosa........................................................................................................122-124

Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................125-132


KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida o‘zi tanlab olgan demokratiyaga asoslangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan og‘ishmay dadil bormoqda. Xalqimiz demokratik tamoyillar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili ekanligini chuqur anglay boshlashi bilan ularning ijtimoiy ongi va tafakkurida tub o‘zgarishlar yuz berib, siyosiy va huquqiy madaniyati o‘sib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan besh tamoyildan iborat “o‘zbek modeli”da mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish jamiyatni yangilashning asosi sifatida e’tirof etilgan. Ijtimoiy siyosat olib borish orqaligina shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, har bir inson va oilalarning faravonligini yaxshilashga doir chora-tadbirlarni keng majmuasini amalga oshirish mumkin. Bu borada davlat siyosatining tizimli va tadrijiy rivojlanishini nazarda tutib birinchi prezidentimiz shunday ta’kidlaydi: “Aholi hayot darajasi va sifatini yanada izchil oshirib borish masalasi bizning doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda”1.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishdan dastlabki kunlardan boshlab aholini ijtimoiy himoya qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish masalalariga katta e’tibor berib kelmoqda. Bu o‘rinda jamiyatdagi aholini alohida yordamga muhtoj qatlamlari – keksalar, yolg‘iz qariyalar, imkoniyati cheklangan insonlar, himoyaga muxtoj va alohida ehtiyojga ega bo‘lgan oila va bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlashda ijtimoiy ko‘maklashuv tizimini takomillashtirish ijtimoiy ish sohalari sifatida rivojlantirilmoqda. Bu amaliy harakatlarni o‘rganish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir.
Mavzuni dolzarbligi va o‘rganishning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritganda muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan ta’kidlangan quyidagi fikrlar uning mohiyatini ochib berishga yaqindan yordam beradi.
“...ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan, hozir ham shunday va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi.
Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos tizimi yaratildi. “Temir daftar”“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Mahallabay” va “Xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etildi. Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda.
Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 7 ming 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash kerakki, milliy tariximizda qishloq va mahallalarimizni obodonlashtirishga hech qachon bunchalik katta mablag‘ ajratilmagan, eng muhimi, ularning rivojiga bu qadar jiddiy e’tibor berilmagan2.
Qishloq joylarda - 17 ming 100 ta, shaharlarda - 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‘p arzon va shinam uylar qurildi. Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so‘mdan ziyod boshlang‘ich badal to‘lab berildi3.
Mamlakatimizda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida ko‘plab qonunlar va hukumat qarorlari va farmonlari qabul qilindi. 05.09.2014 yil “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi 376-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 26.12.2016 yil “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi 415-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 07.02.2017 yil “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, 25.07.2022 yil “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmonlari hamda ko‘plab boshqa qonun hujjatlarida aynan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining huquqiy asoslari ko‘rsatib berildi.
Demokratik tamoyillar asosida tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘tkazish jamiyatdagi barcha sohalarda keng xalq ommasining faol ishtirokini ta’minlashga erishishni talab qiladi. Shundan kelib chiqib o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va eng muhimi jamoatchilik muhokamalari institutining roli har tomonlama mustahkamlanib bormoqda. Bu o‘z navbatida aholining ijtimoiy-siyosiy jihatdan faollashuviga olib kelish bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratining rivoj topishiga turtki beradi.
“E’tirof etish kerakki,- deb ta’kidlaydi muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev, - biz parlament nazorati, jamoatchilik nazorati, jurnalist tekshiruvi kabi demokratik institutlar hali to‘liq shakllanib, hayotimizdan chuqur joy olgani yo‘q. Tabiiyki, buning uchun avvalo еtarli moddiy-texnik sharoitlarni yaratish, eng muhimi, zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tarbiyalashimiz kerak”4.
Albatta, O‘zbekiston taraqqiy etgan davrdan boshlab ijtimoiy davlat sifatida, o‘z xalqini himoya qilib kelmoqda. Davlat byudjetining 60 foizga yaqin qismi aynan ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilganligi ham sohaning muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib bermoqda.
Fuqarolarning eng muhim orzu-intilishlari va maqsadlari Asosiy qonun – Konstitutsiyada to‘liq ifoda etiladi. Mustaqillik yillarida Konstitutsiya asosida inson qadri ulug‘lanadigan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish maqsadida keng qamrovli yangilanishlar va islohotlar amalga oshirildi, bu borada boy tajriba to‘plandi. O‘zbekiston bugun o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va xalqparvar davlat barpo etish yo‘lida dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish uning maqsadi, ko‘lamiga monand va munosib bo‘lgan yangi mustahkam konstitutsiyaviy makonni shakllantirishni taqozo etadi.5
Joriy yilda mamlakatimizda Referendum o‘tkazilishi belgilandi. Bunda keng jamoatchili fikrini o‘rganilishi natijalariga ko‘ra yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish bo‘yicha fikrlar muhokama etildi. “Bu jarayonda siz, aziz vatandoshlarimiz – turli kasb va ijtimoiy guruhga mansub fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan barcha taklif, fikr va mulohazalar albatta inobatga olinadi va Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi”.6
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 may kunidan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin