Turgunboev abdusamat farxodovich


Аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш йўналишлари



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə9/20
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131141
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Turg\'unboyev Abdusamat

Аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш йўналишлари





Даромад сиёсати

Ижтимоий таъминот ва ижтимоий кафолатлар

Аҳолини иш билан таъминлаш ва меҳнат бозорини шакллантириш

Аҳолига ижтимоий хизматлар кўрсатиш


1-chizma. Ijtimoiy himoya yo‘nalishlarining tarkibiy qismlari62

Daromat siyosati haqida gap ketar ekan, avvalambor, totalitar tizim paytida shakllanib qolgan boqimandalikning har qanday ko‘rinishlariga barham berish zarurligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ma’lumki, iqtisodiy tizimda daromadlar bir tekisda taqsimlanib, kishilarni iqtisodiy jihatdan baravarlashtirishga intilish еtakchi o‘rinda turardi, boy bo‘lish ta’qiqlanardi, daromadlar ma’lum miqdor bilan cheklanardi. Bunday sharoitda xalqimiz «davlat va hukumat, korxona va ho‘jalik bor ekan, ular hammasini o‘ylaydi va bizni kulfatda qoldirmaydi», deb o‘z imkoniyatlarini to‘la-to‘kis ishga solmasdan boqimandalik kayfiyatida yashab keldilar.


Bozor munosabatlari sharoitida olingan daromadlarni taqsimlash tenglikni emas, balki tengsizlikni keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida tovar va xizmatlarni yaratishning o‘sishi uchun kuchli rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning yuqori darajasi cheklanmagan bo‘lib, ularni har bir insonning mehnat natijalari va sifatiga qarab taqsimlash tizimi hukmronlik qiladi.
Daromatning qobiliyat, bilim, malaka, mahorat va umuman, salohiyatga qarab taqsimlanishidan kelib chiqqan tengsizlik tabiatan adolatli hisoblanadi. Yaxshi ishlagan ishchi yoki xizmatchining ko‘p daromad topishi tabiiy, chunki u hayotiy ne’matlarni ko‘p va sifatli yaratgani uchun ularni ko‘proq o‘zlashtirishi kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlat turli iste’mol mollari, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari narxlariga dotatsiyalar o‘rnatadi, ya’ni ularni haqiqiy bahosidan kamroq narxlarda sotishni nazarda tutadi. Bunday dotatsiyalar aholining muayyan qatlamlarini emas, balki barcha fuqarolarni ijtimoiy himoyalash maqsadida joriy etilib, davlat byudjetiga anchagina og‘ir yuk hisoblanadi. Aholi daromadlari darajasida keskin tabaqalashuvga yo‘l qo‘ymaslik choralari davlatning diqqat markazida turuvchi masalalardan hisoblanadi63. Shuni nazarda to‘tish kerakki, gap adolatsiz daromatlar to‘g‘risida borayapti. Katta daromad faqat halol va unumli ish natijasi evaziga bo‘lishi kerak. Nopok yo‘l bilan daromad topuvchilar davlat nazoratida bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida birmuncha rivojlanib ketgan nopok daromad topish yo‘llari bu tizim madaniylashib borgan sari tobora barham topib boradi va adolatli daromadlar salmog‘i ortib boradi.
Daromad siyosati sohasida indeksatsiya muhim rol o‘ynaydi. Aholi daromadini indeksatsiya qilish deganda, aholi buyumlari va xizmatlarning qimmatlashgan bir qismini yoki to‘la qismini qoplash uchun fuqarolarning daromadini oshirish tushuniladi. Indeksatsiya bir yo‘la beriladigan ish havi, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi daromadlarning darajalarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jahon amaliyotida indeksatsiyaning avtomatik va yarim avtomatik usullari mavjud.
Indeksatsiyaning avtomatik usulida ish haqi baho indeksining o‘sish sur’atiga munosib ravishda oshiriladi va aholi daromadining zarar ko‘rgan qismi to‘la qoplanadi. Ammo bu usul ish haqining samarali tashkil qilinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki bunda ish haqining oshishi mehnat unumdorligi bilan bog‘lanmagan holda amalga oshiriladi64.
Yarim avtomatik usulda bahoning oshishini hisobga olgan holda ish haqini qanchaga oshirish uch tomon (davlat, kasaba uyushmasi va ishlovchilar) ishtirokida shartnoma tuzish yo‘li bilan еchiladi.
Indeksatsiyani amalga oshirishda «iste’mol savatchasi» tarkibini aniqlash zaruriyati tug‘iladi. Insonga zarur bo‘lgan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilik uchun kifoya qiladigan hajmi “iste’mol savatchasi” deb ataladi.
Aholining shunday qatlamlari borki, ular qanchalik faollik qilmasinlar, o‘z daromadlarini oshira olmaydilar. Bular qatoriga nafaqaho‘rlar, bolalikdan nogironlar, urush nogironlari, ishsizlar, ko‘p bolali oilalar, mehnatda turli baxtsiz hodisalarda mayib bo‘lgan fuqarolar kiradi.
Respublika mustaqilligi qo‘lga kiritilgan dastlabki kunlardan boshlab hukumatimiz bu toifadagi aholiga alohida e’tibor berib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi Konstitutsiyasining tegishli moddalarida ham har bir inson qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega ekanligi borasida borasidagi fikrlar e’tiborga olinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida “Ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida nafaqaxo‘rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ustuvor vazifalarni belgilan bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi.
Ushbu tizimga muvofiq, jumladan:
- “Mehribonlik uylari”dagi 1,5 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar oilalarga olindi, 116 ta oilaviy uy tashkil qilinib, 700 ga yaqin farzandlar ota-ona bag‘rida voyaga еtishi uchun sharoit yaratildi.
Buning hisobiga, 10 ta “Mehribonlik uyi”, 4 ta “Bolalar shaharchasi” va 2 ta “Bolalar uylari” yopildi;
- o‘tgan yili 757 nafar bola uy-joy bilan ta’minlandi, 2022 yil yakuniga qadar yana 350 ta ajratiladi;
- davlat hisobidan 4 mingdan ziyod bolalarda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi;
- o‘tgan yili 42 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarga olib berildi;
- o‘tgan yili eshitish qobiliyati zaif 555 nafar bola koxlear implant bilan ta’minlandi, joriy yilda yana 250 nafar bolaga shunday yordam ko‘rsatiladi;
- 4 ming nafar ko‘zi ojiz bolalarga Brayl alifbosi tarqatildi.
Shuningdek:
- 35 mingga yaqin parvarishga muhtoj bolalarning onalariga 500 ming so‘m nafaqa to‘lash joriy etildi;
- ishga qabul qilingan bolalikdan nogiron hamda birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar oyligining 2,5 million so‘mgacha qismi daromad solig‘idan ozod qilindi;
- ish beruvchilarga ular tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi byudjetdan to‘liq qaytarib berilmoqda;
- 900 mingga yaqin aholiga to‘lanadigan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori bir yo‘la 40 foizga yoki 300 ming so‘mdan 440 ming so‘mgacha oshirildi;
- nafaqa oluvchi oilalar soni 2016 yilgi 466 mingdan 2022 yilda 1 million 860 mingtaga еtkazildi yoki 4 baravarga oshdi;
- joriy yilning o‘tgan davrida “temir daftar”, “yoshlar” va “ayollar” daftarlari, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga ko‘mak berildi.
Mamlakatimizda 3 milliondan ortiq yoki aholining qariyb 9 foizini nuroniylar tashkil etadi.
Keksalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olib, har kuni g‘amxo‘rlik qilish, e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha mahalla darajasida tizim yaratiladi. Jumladan:
- 16 mingdan ziyod o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz yashovchi keksalarning har yili sanatoriylarda davolanishi tashkil etiladi;
- 25 ming nafar sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarning dori-darmonlari, protez-ortopediya moslamalari davlat tomonidan olib beriladi, jarrohlik amaliyotlariga xarajatlari ham byudjetdan qoplab beriladi;
- nuroniylar uchun stadion, tennis-kort, sport zallari, basseyn kabi sport inshootlariga oylik abonementining 540 ming so‘mgacha qismi qoplab beriladi;
- keksalarning teatr va muzeylarga chipta olish xarajatlari ham to‘liq qoplab beriladi.
Turizm vaziriga viloyat hokimlari bilan birga 1 maydan boshlab keksa avlod vakillarini ziyoratgohlar, yangi barpo etilgan bog‘lar, madaniyat majmualari va markazlariga sayohatlarini boshlash topshirildi.
Yig‘ilishda keksa yoshdagi hamda ehtiyojmand aholini moddiy qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.65
Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «nafaqa to‘g‘risida»gi, «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar ularning haq-huquqlarini qonun yo‘li bilan himoya qilishga qaratilgandir. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularga davlat tomonidan madad berish tizimi muttasil takomillashtirib borilmoqda.
Kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatiladigan yordamni taqsimlash fuqarolarning mahalliy o‘zni-o‘zi boshqarish organlari - mahallalar zimmasiga yuklatilgan.
Bugungi kunda aholiga ijtimoiy hizmatlar ko‘rsatish sohasida ijtimoiy himoyaning quyidagi yo‘nalishlari ustuvor hisoblanadi:
- islohotlarning birinchi bosqichida sog‘liqni saqlash, maorif va madaniyat sohasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish;
- davlat tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarini dori-darmonlar, vaksinalar va boshqa tibbiy ashyolar bilan ta’minlash, kasallanish, o‘lim va bolalar o‘limi ko‘payishining oldini olish;
- ijtimoiy sohani davrlat tomonidan pul bilan ta’minlashning kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik, uni byudjetdan tashqari mablag‘lar bilan ta’minlashning bozor mexanizmini yaratish;
- maorif va sog‘liqni saqlash tizimida bozor o‘zgarishlarini jadallashtirish va xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan moddiy manfaatdorligini yuksaltirish choralarini amalga oshirish.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ijtimoiy soha - sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va san’at, shuningdek, ilm-fan, ayniqsa, mushkul ahvolga tushib qoladi. Shu sababli mamlakatimizda aynan shu sohalarni ustivor darajada rivojlantirish, ularda ishlovchilarning mehnatiga munosib baho berish va ularni kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati amalga oshirilmoqda.
Bugun bir fikrni hech ikkilanmasdan, to‘la ishonch bilan aytishimiz mumkin: O‘zbekiston tarixan qisqa muddatda iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, asosan paxta xomashyosi etkazib berishga moslashgan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan qoloq respublikadan tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan zamonaviy sanoat tarmoqiga ega bo‘lgan, jadal taraqqiy etayotgan mamlakatga aylandi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin