Turgunboev abdusamat farxodovich


Jamoatchilik fikrini o‘rganishning



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə5/20
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Turg\'unboyev Abdusamat

1.2. Jamoatchilik fikrini o‘rganishning metod va usullari

Jamoatchilik fikrining ko‘pchilikka tayanishi uning ta’sir kuchini belgilab beradi. Muayyan haqiqatni turlicha izohlash va talqin etishga asoslanuvchi plyuralizmning mavjudligi jamiyatda jamoatchilik fikrining rang-barangligidan dalolat beradi. Bunda ba’zi kishilar orasida keng tarqalgan va muayyon ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlar boshqarlar uchun e’tiborga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Hozirgi davrda jamiyat a’zolarining barcha qatlamlarini birlashtiruvchi jamoatchilik fikrini shakllantirish va muttasil saqlab qolish muhim ahamiyat kasb etadi. Keng xalq ommasining ijobiy munosabatini maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, doimiy o‘rganish va hisobga olish taraqqiyotni ta’minlash va oqilona qadam qo‘yishda kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi.22


(plyuralizm (lot. pluralis — ko‘plik) — 1) borliqning bir necha (yoki ko‘plab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, manfaatlar, g‘oyalar, qarashlarning ham ko‘pligini bildiradi. «Plyuralizm» terminini nemis faylasufi X. Volf (16791754) kiritgan (1712). Plyuralizmning aksi — monizm. G‘arb falsafasida juda ko‘p oqim bo‘lib, ular hoz. falsafaning plyuralistik xarakteridan dalolat be-radi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va b.);
2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruxlar o‘z manfaatlarini o‘z vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va b. tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tar-tib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega buladilar. Jamiyatni demokra-tiyalash jarayonida (q. Demokratiya) P. shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruxlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fiqolar mavjudligini anglatadi.)23
Kuchli islohotlar davrida jamoatchilik fikrining eski tuzum muammolaridan yangi tuzum masalalarga ko‘chishi yuz beromoqda. Ammo jamoatchilik fikrining qayta yo‘nalishi murakkab jarayon bo‘lib, u oldin shakllangan hulq-atvor jabhalarining tafakkur va xatti-xarakat qoliplarining (stereotiplarning), ba’zi an’analarining o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Gap shundaki, aytib o‘tilgan ko‘pgina elementlar (eskicha tafakkur qoliplari, odatlar va h.k.)ni jamoatchilik fikri o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, bu uning konservativ tomonidir. Shuning uchun jamoatchilik fikrining jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan, ammo kishilar ongida chuqur o‘rnashgan aynan qaysi jihatini o‘zgartirish mumkinligini aniq tasavvur eta bilish zarur24. Ammo, odamlar fikrini o‘zgartirishdan ko‘ra, ularda yangi muammolarga nisbatan munosabat fikr mulohazani shakllantirish osonroq. Demak, masala jamoatchilik fikrining kuchini oshirish, uni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish omiliga aylantirish uchun tabiiy tarzda, ammo zarur yo‘nalishda ongli ravishda shakllantirib bilishda ekan.
Bu jamoatchilik fikrining jamiyat hayotidagi ahamiyatining oshib borishi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi shart - sharoitlarni talab etadi:
a) davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ilmiy markazlar tomonidan jamoatchilik fikrining muntazam o‘rganib turilishi;
b) barcha fuqorolarning turli shakllarda (referendumlar, so‘rovlar va h.k.) jamiyat hayotining har xil muammolari yuzasidan o‘z fikrlari, baholari, nuqtai nazarini erkin bildirishlari;
v) fuqarolarning jamoaviy (jamoa) fikrlarini bildirishlari vositalari va shakllarini kengaytirish, oshkoralik;
g) davlat organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik fikridan doimiy foydalanish.
Jamoatchilik fikriga maqsadli ta’sir qilish ikki xil yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin:
- xaspushlash (manipulyatsiya qilish);
- ilmiy shakllantirish.
Jamoatchilik fikrini xaspushlash – bu dolzarb muammollar bo‘yicha aholi ongiga nisbatan biror-bir fikrni zo‘rlab singdirish. Xaspushlash yolg‘iz xukumron siyosiy guruh, toifa, elitaning manfaatlarini ifodalaydi va uning iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy xukmronligini saqlab qolishiga qaratilgan bo‘ladi. Xaspushlashning asosiy vositasi dezinformatsiya (soxta axborot) hisoblanadi. Xaspushlash asosan totalitar jamiyatga xosdir25.
Jamoatchilik fikrini erkin shakllantirish – jamoatchilik fikrining shakllantirish jarayoniga maqsadli ta’sir ko‘rsatishdir. Bunda ko‘rsatilgan asosiy maqsad jamiyatda axborot maydonini tabiiy ravishda xosil qilish bo‘ladi. Jamoatchilik fikrini shakllantirishda stixiyali va ongli omillar, uning shakllanishining obyektiv jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ichki va boshqaruv organlari tomonidan kishilar ongiga chetdan ongli ravishda ta’sir qilishda ifodalanadigan tashqi mexanizmlar birligini ham ta’minlash zarur. Jamoatchilik fikri muhim institut bo‘lib, faol amal qilish uning funksiyalari (vazifalari) bilan bog‘liq. Bu funksiyaldar jamoatchilik fikrning jamiyat hayotining turli sohalarida (aytaylik, taqsimot munosabatlarida) "qo‘llanishiga" qarab turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Jamoatchilik fikrining funksiyalari uning u yoki bu ijtimoiy institutlarga ta’siriga qarab, bildirilayotgan fikrning mazmuniga ko‘ra va bu fikrning shakliga qarab belgilanadi.
Mazkur dissertatsiya mavzusini o‘rganish davomida jamoatchilik fikri tushunchasi hamda uning ilmiy ahamiyatiga baho berishda ko‘plab manbalarga murojaat qildik. Tadqiqotchi U.T.Yazdanovning “Fuqarolik jamiyati rivojida jamoatchilik fikrining roli”26 mavzusidagi monografiya ishida mavzuga doir bo‘lgan ilmiy asoslar bilan tanishdik. Jamoatchilik fikrini o‘rganishning metod va usullari bo‘yicha monografiyada keltirib o‘tilgan nazariy asoslar mavzuni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Ushbu nazariy asoslar quyidagilardan iborat.
Jamoatchilik fikri o‘z mazmun-mohiyatidan kelib chiqib boshqariladi yoki boshqaruvchi vazifasini o‘taydi. Ammo har ikki holatda ham uning metodologiyasi pedagogik nazariya o‘lchovida belgilanadi. Aniqroq aytganda, “jamoatchilik fikri” namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra amaliy faoliyat natijasi bo‘lib, uning shakllanishi, rivojlanishi, o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zgarib borishi nazariy bilimlar ta’sirida aks etadi. Shu sababli, jamoatchilik fikrining shakllanish jarayonini nazorat qilishda pedagogik-didaktik usullardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Jamoatchilik fikri faoliyatini o‘rganish, shakllantirish va nazorat qilishda segmentlash tamoyiliga amal qilish muhim jarayondir. Ya’ni jamoat auditoriyasini segmentlash (turkumlarga ajratpsh) uni boshqarish, nazorat qilish yoki shakllantirishning eng samarali tulidir. Bu jarayonni amalga oshirishda pedagogik bilim, didaktik usullar muhim ahamiyatga ega. Inson ongi va qalbi uchun kurash davri sifatida e’tirof etilayotgan hozirgi davrda maqsad va manfaatlar o‘rtasidagi kurash obyekti sifatida jamoatchilik fikrini ko‘rsatish mumkin. Chunki, «ong» va «qalb» haqida fikr yuritilganda jamoatchilik fikri e’tiborga olinishi shart. Demak, bugungi zamon va makon jamoatchilik fikrini shakllantirish, boshqarish va nazorat qilishni talab etmoqda. Ayni shu davrda jamoatchilik fikrini segmentlash pedagogik-didaktik usullar orqali amalga oshiriladi.
Pedagogika “kishi tarbiyasi to‘g‘risidagi fan bo‘lib, tarbiya mohiyati, maqsadlari, vazifalari va qonuniyatlarini, uning jamiyat xayoti va shaxs taraqqiyotidagi rolini, ta’lim jarayonini aniqlab bersa”27, didaktika ta’lim nazariyasidir. Nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) atama sifatida fanga kiritgan28 didaktika ma’lumot va ta’lim-tarbiya berish, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va e’tiqodlarni shakllantirish, ta’lim metodlari va tashkiliy strukturasini ochib beruvchi pedagogikaning maxsus yo‘nalishi hisoblanadi.29
Didaktika pedagogikaning tarmog‘i hisoblanib, ta’lim nazariyasi bilan shug‘ullanadi. “Didaktika” atamasi ilk bor Yevropada XVII asrda o‘qitish va ta’lim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qo‘llanila boshlangan. Chex pedagogi Ya.Komenskiy (1592-1670) o‘zining “Buyuk didaktika”30 asarida (1657) bolalar va o‘smirlarni ma’lumotli qilish va ularga ta’lim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi A.Disterveg “Nemis o‘qituvchilarini ma’lumotli qilishga rahbarlik”31 (1834-1835) asarida didaktikaning pedagogikada ta’lim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini ta’kidlagan. Shundan keyin didaktika ta’lim nazariyasi haqidagi fan sifatida tan olindi. Hozirgi zamon pedagogikasida didaktikaga ta’lim va ma’rifat berish nazariyasi bilan shug‘ullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Agar bu tushunchaga jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi metodlar majmui sifatida qaralsa, didaktikaning jamoatchilik fikrida shakllangan biror muammoga nisbatan qarash yoki nuqtai nazar mazmunini aniqlash, uning obyektivlik konuniyatlarini ochish hamda shakllantirishning eng samarador usul va yo‘llarini topish imkonini beruvchi metod ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Jamoatchilik fikrini shakllantirishda didaktikaning mohiyatini belgilash, yo‘nalishini aniqlashda falsafiy nazariyaning o‘rni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm qarashlarida jamoatchilik fikrini shakllantirishda didaktika va uning asosiy yo‘nalishlari metodologik asos sifatida qaraldi. Lekin mazkur ta’limotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini to‘g‘ri anglash hamda jamoatchilik fikrida sog‘lom qarashlarni shakllantirishda xolislikning mavjud emasligi uning tarafkash (tendensioz) qarash ekanligini ko‘rsatib berdi. Buning oqibatida, marksizm-leninizm ta’limotiga bo‘lgan munosabatlar tubdan o‘zgardi. Ammo jamoatchilik fikrini pedagogik-didaktik usullari orqali shakllantirish, boshqarish, nazorat qilish, kerak bo‘lsa, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida o‘zgartirish kuchaymoqda. Chunki, jamoatchilik fikri jamiyatda hayot mavjudligini bildiruvchi tushunchadir. Pedagogik-didaktik usullar esa insonning ijtimoiy faolligini, munosabatlar shaklida mavjudligini ko‘rsatuvchi, belgilovchi kuchdir.
Jamoatchplik fikrini shakllantirishda pedagogik-didaktik usullardan foydalanishning samaradorligini aniqlashda bir qator usullarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, nemis faylasufi, pedagog va psixologi P.F.Gerbart (1776-1841) ilgari surgan didaktik metodlar e’tiborga molik. U o‘quvchilar aqliy rivojlanishi va ularning intellektual ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ta’lim nazariyasini ishlab chiqishga kirishdi. Uning fikricha, ta’limda asosiy rolni o‘qituvchi o‘ynab, uzluksiz ravishda o‘quvchilarga bilim beradi. O‘quvchilar faoliyati o‘qituvchidan chuqur va ongli ravishda bilim olishdan iborat. P.Gerbart o‘quvchilarga berilayotgan bilim ularning sezgi va irodasini rivojlantirishi va ta’limning tarbiyaviy xarakteriga ta’sir etishiga alohida e’tibor bergan. Uning bu metodi jamoatchilik fikrida shakllanayotgan qarash yoki nuqtai nazarning obyektivlik asosida shakllanishini ta’minlashga qaratilgan. P.Gerbart metodida jamoatchilik fikrida shakllanayotgan qarashlarning mohiyatini ochish, o‘rganish va ta’sir doirasini ko‘rsatish to‘rt bosqichda amalga oshirilgan:
1. Aniqlik (jamoatchilik fikriga ta’sir etuvchi materiallar bilan tanishtirish).
2. Assotsiatsiya (jamoatchilik o‘rtasida shakllanayotgan fikrlarni yangi tasavvurlar bilan bog‘lab o‘zlashtirish).
3. Tizim (jamoatchilik o‘rtasida mavjud materiallarni ma’lum tartibda tushuntirish).
4. Metod (jamoatchilik fikrida shakllanayotgan qarashlarni chuqur mushohada etish va xosil bo‘lgan yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llash)32. Uning bu usulidan foydalangan holda jamoatchilik fikrini shakllantirish qanday natija berishi mumkin?
Birinchidan, jamoatchilik fikri shakllanish xususiyaglariga ko‘ra pozitiv yoki negativ xarakterga ega bo‘ladi. Shunday ekan jamiyatdagi mavjud masala yuzasidan paydo bo‘layotgan ijtimoiy fikr sabablarini aniqlash, uning global tus olib ketishi, ya’ni jamoatchilik fikriga aylanishidan oldin qanday manfaatlar yoki maqsadlar ostida shakllanayotganligini aniqlash imkonini beradi. Bu holatni amalga oshirish mavjud qarashlarni pozitiv shakllantirish, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida nazorat qilib borish imkonini beradi.
Ikkinchidan, jamoatchilik fikrining shakllanish jarayonida turlicha qarashlar, nuqtai nazarlar, omillar yoki vositalar ta’siri doimiy sezilib turadi. Demak, jamoatchilik fikriga ta’sir etuvchi omillarni yangicha shakl-shamoyilda o‘zgarib borishini hisobga olgan holda chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu yo‘lda ikki bosqichli usuldan foydalanish samarali kechadi. Ularning birinchisida jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi sabablar o‘rganiladi, ikkinchi bosqichda esa, shakllangan jamoatchilik fikri maqsadli o‘zgartiriladi yoki nazorat qilish uchun real jarayonlar uyg‘unlashtiriladi. Bu esa mavjud qarashlar tizimini boshqarish imkonini beradi.
Uchinchidan, jamoatchilik fikriga doimiy o‘zgarib turuvchi jarayon sifatida baho berish mumkin. Shu sababli, ko‘p hollarda jamoatchilik fikri jamiyatdagi mavjud reallik asosida emas, balki mish-mish, ya’ni uydirmali shov-shuvlar ta’sirida shakllanadi. Bu holatni oldini olishda birinchi qoida jamoatchilik o‘rtasida real xolatni oddiy, lekin samarali tushuntirish kerakligidir.
To‘rtinchidan, jamoatchilik fikri doimiy yangi qarashlar, muammolar tizimida o‘zgarib boruvchi jarayondir. Shu sababli, bu tushunchani tadqiq etish jarayonida sotsiologik analiz va sintez orqali mavjud masala yuzasidan yangicha yondashuvlarni joriy etish maqsadga muvofiq.
Umuman, pedagogik-didaktika usullari orqali jamoatchilik fikrini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning o‘rni bir qator omillar bilan belgilanadi. Bularga bilim, ko‘nikma va malaka kiradi. Bunday kategoriyalar majmuiga ega bo‘lish uchun, aqliy va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, ilmiy dunyoqarash va ahloqiy jihatlarni yuksaltirish, ta’lim jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘zlashtirish kerak bo‘ladi. Ularga quyidagilar kiradi: birinchidan, ta’limning ilmiylik va dunyoqarashni yuksaltirishga yo‘naltirilganligi; ikkinchidan, ta’limning muammoliligi; uchinchidan, ta’limning ko‘rgazmaliligi; to‘rtinchidan, ta’lim jarayonining ongliligi va faolligi; beshinchidan, ta’limning maqbulligi; oltinchidan, ta’limning uzviyligi va izchilligi; еttinchidan, ta’limning mustaxkamligi va davriyligi; sakkizinchidan, ta’limning tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va o‘quv uslubiy funksiyalari birligidir. Bu kategoriyalar umumlashmasi bir butunlikda inson ongida jamlansagina, bunday insonlar jamoasida har qanday fikr shakllanish bosqichida o‘zining haqqoniyligi, realligi va izchilligini namoyon etadi.
Bundan tashqari, ta’lim texnologiyalarida pedagogik-didaktik uyinlar jamoatchilik fikrida sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlarga nisbatan qarashlarni obyektivlikka asoslanib shakllanishini yuzaga keltiruvchi omillardir. Umuman olganda, "uyin ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga va yaratishga qaratilgan vaziyatlar sharoitidagi faoliyat turi bo‘lib, xatti-xarakat ustidan o‘zini o‘zi boshqarish yuzaga keladi va takomillashadi".33
O‘yin – insonni jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirib borishga chorlovchi bir vosita. Ya’ni kengroq ma’noda jamoatchilik fikrida shakllanadigan har qanday muammoning boshlanish nuqtasi o‘yindir. Chunki ta’lim sohasi ham iqtisodiy munosabatlar tizimi, ham siyosiy jarayonlar
boshqaruvida birdek qo‘llaniladigan tushunchadir. Shu sabab, didaktik o‘yinlarning harakatlanish mexanizimi uning ahamiyatliligi bilan, ya’ni ob’ektning darajasiga qarab belgilanadi. Masalan, "Ishbilarmonlik o‘yini" jamoatchilik fikriga ta’sir etishning namunasi sifatida e’tirof etiladi.
Ushbu o‘yin orqali jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga bo‘lgan jamoatchilik fikrida shakllanayotgan qarashlarni o‘zgartirish yoki ma’lum maqsad sari harakatlantirish imkoni yaratiladi. Ushbu o‘yindagi boshqaruvchilik faoliyatini olib boruvchi shaxs o‘zining jamoasini boshqarishda, avvalo, amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishining maqsadi rejasini tuzib olishi kerak. Bunda didaktik o‘yinning maqsadi bilan boshqaruvchining amalga oshirishi kerak bo‘lgan rejasi o‘rtasidagi uzviylik saqlanishi muhim.
Didaktik o‘yin davomida jamoa oldiga qo‘yiladigan vazifalar bilan natijaga qaratilgan muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo‘llarini aniqlik asosida loyihalash ham zarur bo‘lib, erishish kerak bo‘lgan natija boshqariluvchi jamoaga umumiy tariqasida ma’lum bo‘lishi va har bir jamoa a’zosining vazifasi tushuntirilishi lozim. Ko‘zlangan natija jamoa manfaatlariga mos ravishda shakllantirilgandagina, bosh maqsad negizida amalga oshiriladigan ishlar va boshqariladigan jamoatchilik fikridagi o‘zgarish va fikrlar qay tarzda shakllanayotganini kuzatish mumkin. Shu asosda bu holat doimiy nazorat, ya’ni analiz-sintez qilib borilishi kerak. Har bir ishtirokchi natijadan manfaatdor ekanini his etishi uchun unga erishilayotgan yutuqlar va olinayotgan natijalar to‘g‘risida axborot berib borish ham muhim hisoblanadi. O‘yin oxirida yakuniy xulosa berish boshqaruvchida kolishi zarur.
Xullas, didaktik o‘yinlar kishilarni jamoaviy bo‘lib ishlash, paydo bo‘lgan muammo yuzasidan uyushqoqlik asosida birlashish, har bir vaziyatda mavjud holatga obyektivlik asosida yondashishni talab etadi. Shu sabab jamoatchilik fikrini shakllantirish, boshqarish, nazorat qilish yoki o‘zgartirish, kerak bo‘lgan vaziyatlarda, ushbu o‘yinga reallik asnosida yondashish maqsadga muvofiq. Zero, insonning qisqa, lekin serqirra xayotining o‘zi bir o‘yindir.
Yuqoridagi fikrlar asosida quyidagilarni xulosa qilish mumkin:
Birinchidan, pedagogik bilim jamoatchilik fikri shakllanishida muhim manbaviy asos vazifasini o‘taydi. Shunday ekan, pedagogika kishida jamoani boshqarish, unga ta’sir etish orqali maqsadli shakllantirish hamda nazorat qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, didaktik usullar, xususan, o‘yin shaklidagi metodlardan foydalangan holda jamoatchilik fikrini boshqarish, jamiyatga ijtimoiy taraqqiyot olib kelsa, davlat uchun barqaror rivojlanish konsepsiyasini yaratadi.
Uchinchidan, jamoatchilik doimo jozibador, o‘z shakli-shamoyili bilan boshqalarda qiziqish uyg‘otadigan jarayonlarga ko‘proq e’tibor bergan. Shunday ekan, jamoatchilik fikrini ijtimoiy taraqqiyot sari pedagogik-didaktik usullardan foydalangan holda shakllantirish barqarorlikning tadrijiy kechishini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, pedagogik-didaktik o‘yinlar jamoatchilik fikrida shakllanayotgan muammoning еchimini topip, ularga bir odatiy hol sifatida munosabat bildirish, eshitish asnosida emas, balki ko‘rish va ishtirok etish orqali baho berish imkonini beradi.
Beshinchidan, jamoatchilik fikrining biror masala yuzasidan mulohaza yuritishi ko‘proq stixiyali kechadi. Shu sabab, unga tez va oson ta’sir etib, shakllanayotgan masalaning muammoga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun didaktik usullardan foydalanish muhim hisoblanadi.
Mustaqil O‘zbekistonning demokratik, huquqiy davlatchiligi yangi jamiyat demokratik tomon intilishda milliy va umuminson qadriyatlarni yanada boyitishda katta zafarlarga erishmoqda.
O‘zbekistonning o‘ziga xos va milliy xususiyatlarida sivalizatsiya darajasi konsepsiyani ishlab chiqilishida jamiyatmizni barcha tarmoqlarida tub o‘zgarishlar va islohotlarini joriy ettirishda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan jarayonlar va voqealar amalga oshmoqda. Qisqa davr davomida Respublikamizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ta’minlashda aholini ijtimoiy aktivligini oshirishda barcha sohalarda ijtimoiy fikrni amaliy asosda shakllanib borishida ijobiy siljishlar ro‘y beradi. Sobik SSSR davrida aholini fikri va g‘oyalari asosan yutuqlardan pasiga qarab ya’ni bir tomondan rivojlangan edi. Ijtimoiy gumanitar shu jumladan amaliy sotsiologiya fanining roli kamsitilib kelindi. Mehnat jamoalaridan barcha masalalar yuzasidan asosan rahbarlarni fikri inobatga olinar edi. Mustaqillik davrida Respublika aholisi uchun beqiyos imkoniyatlar ochildi.
Yangi tarixiy sharoitida ijtimoiy ongni barcha qirralari va ko‘rinishlari nomoyon bo‘lmoqda. Aholini ko‘p qirrali faoliyatlarida, ijodiy xarakatlar o‘rni egallab bormoqda. Ularning manfaatlari, g‘oyalari va bilimlarini har tomonlama boyib borishi, yuqori darajada ko‘tarilishi ijtimoiy ongni shakllanishiga, istiqbolni esa ilmiy asosda boshqarishda zamin yaratib bermoqda. Hozirgi davrida davlat, avvalo o‘z ijtimoiy ongi, milliy va umumiinsoniy qadriyatlari nuqtai nazarida rivojlanib borishga manfaatdorlik bildirmoqda. Ma’lumki iqtisodiy islohotlarni joriy etishning 5 ta tamoillari va shu jumladan, davlat islohotchi sifatida funksiyani bajarish barcha toifadagi aholini birlashtirishga o‘zaro bir-birini tushunishga, mehnat va ijtimoiy faollikni o‘sib borishida ko‘rinadi. Xalqimizning sarchashmalari ko‘zlari qaytadan ochilganligi jahon madaniyat yutuqlariga zo‘r hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va manaviy merosi, teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har bir avlodning o‘z o‘tmishiga oliyjanob milliy va diniy a’analariga hurmat bilan qarash, ularni asrab avaylash ruhida tarbiyalanayotganligini xalqning ongida, fikrida keyin ko‘p qirrali faoliyatida o‘z ifodasini topmoqda.
Ijtimoiy fikrini nomoyon bo‘lishi bevosita ijtimoiy ongli faoliyatdan kelib chiqadi. Ijtimoiy ong aniq bir jamiyatni real modelini ifodalaydi. Demak jamiyat rivojlanishini, muamolarini, manfatlari va g‘oyalarini yig‘indisi, ijtimoiy fikr yoki ma’naviy hayot tashkil etadi. Ijtimoiy ong falsafa, sotsiologiya, psixologiya fanlarining kategoriyasi sifatida o‘ziga xos bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan elementlardan iborat. Uning elementi shartli ravishda nazariy jihatida alohida o‘rganilib boriladi. Ularni belgilarini, vazifalarini rivojlanishdagi shart-sharoitlarini aniqlagan holda bir sistema sifatida boshqariladi.
Har bir kolektivning muhim masalalaridan biri, bu muammolarni demokratik tushunchalar asosida muhokama orqali olib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Kunlik sharoitlar ta’sirida har-xil muddat turli shakldagi qarashlar, fikrlar va kayfiyatlarni vujudga kelganini bildiradi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, nazariy va kundalik ong bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ularni alohida ma’noda o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad ijtimoiy fikrini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarini yaratish ya’ni:
- korxonada sog‘lom muhitni tashkil etish;
- har bir xodim va rahbarlar faoliyatlarini matbuot yordamida barcha shaxslar oldida tushuntirib berish va muhokama qilish;
- turli shov-shuv gaplarni tarqatadigan xodimlarga ma’muriy yo‘l bilan choralar ko‘rish.
Jamoaning manfaatlarini inobatga olib o‘zi bajarayotgan ishiga ma’suliyat bilan yondoshgan xodimlarni faoliyatini targ‘ibot qilib borilsa, juda yaxshi bo‘lardi. Ijtimoiy ong kateroriya sifatida oila, tarbiya, jamoa, madaniyat kabi ketegoriyalar bilan birgalikda rivojlanib boradi. Sotsiologik tadqiqotlarni olib borish jarayonida ijtimoiy va siyosiy hayotimizga xos bo‘lgan kategoriyalarni nomoyon bo‘lishiga e’tibor beriladi va bir necha bosqichlarga rejalashtirilgan dastur tayyorlanadi. Dastur bajarishni strategiya vazifasini qo‘yilishiga ham bog‘liq.
Ijtimoiy fikr jamiyatimizni barcha tarmoqlarida, shu jumladan mehnat jamoalarida hamda xalq fikrlarida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy fikrni roli o‘sib bormoqda. Uning mohiyati va asosiy belgilari mehnat jamoalari va xalq ommasining ichki va tashqi hayotida kelib chiqadi. Ishtimoiy fikr jamiyatimizdagi barcha sinf, sotsial guruhlar va qatlamlarni manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va xodisalarga munosabatlarini bildirishini ifoda etib, bu ijtimoiy ongni nomoyon bo‘lishidagi uslublardan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy fikrni shakllanishi mehnat jamoalari va xalq ommasi fikrining rivojlanish jarayonida tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
Masalan: Farg‘ona to‘qimachilik kombinati, Farg‘ona ip-yigiruv fabrikasi amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy fikrni darajasi korxonaning ishlab chiqarish jarayonga nisbatan bir necha xodimlardan iborat.
a) jamoaning g‘oyalari va qarashlari mehnat jarayoniga nisbatan oqsaydi.
b) jamoa g‘oyalari va qarashlari mehnat jarayoni darajasi bilan teng rivojlayotganligida ko‘rinadi.
Mehnat boshqarmasi olib borilgan suhbatlardan ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy fikrni rivojlanish va jangovorligi sub’ektiv omillar bevosita bog‘liqligi aniqlandi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin