Tisodiyotda moliyaviy texnolognyalar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/11
tarix03.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#92761
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ракамли иқт-4-мавзу


12 - MAVZU: Raqamli iqtisodiyotda moliyaviy texnolognyalar.


REJA:
1.Fintex nima? Fintex kompaniyalari.
2.Fintex va kriptovalyutalar sanoati.
3.Raqamli iqtisodiyotda moliyaviy xizmatlarning o‘sishi.

1. Moliyaviy hizmatlarni (Fintech) raqamlashtirish jarayonini amalga oshirish


Fintex moliyaviy texnologiyalar so’zining qisqartmasidan iborat. Ushbu tarmoq to’lovlar, kreditlash va investitsiyalash kontseptsiyalarini zamonaviy raqamli elektron texnologiyalarga mos ravishda o’zgartirish maqsadida yaratilgan. Bular ichida eng perspektiv vat ex rivojlanayotgan yo’nalish to’lovlar va pul jo’natmalari tarmog’i hisoblanadi. Kopchilikka TransferWize (mobil pul o’tkazmalari), Square (mobil to’lovlar), kraudfonding (Kickstarter, Crowdcube, Smart Angels va boshqalar), kreditlash tizimlari (LendingClub, Zopa, Pret d’Union) kabi nomlar va tushunchalar juda yaxshi tanish. U’quvchilarimizdan ba’zi birlari esa bunday tizimlardan faol ravishda foydalanadilar ham. Bunday texnologiyalar moliyaviy taxnologiyalar bo’yicha eng rivojlangan davlatlarda – Britaniya, AQSH, Frantsiya, Gonkong, Singapur ishlab chiqishgan va rivojlantirishmoqda. Bunday texnologiyalarning rivojlanishi an’anaviy moliyaviy texnologiyalarning krizisidan va unga bo’lgan ishonchning yo’qolishi tufayli paydo bo’ldi. Shu tufayli yangi va juda arzon xizmatlar taklif etadigan fintexprovayderlar paydo bo’ldi va bu xizmatlar mobil ilovalar platformalari orqali amalga qulay usulda oshirila boshlandi. Bunday zamonaviy moliyaviy texnologiyalar oddiy interfeysli texnologik servislar taklif qilgan xolda ommaning ishonchini qozondilar. Banklarga bo’lgan ishonchga putur yetishi sharoitida moliyaviy staraplar past narxlardagi shaffof xizmatlar taklif qilish vositasida aholi ishonchiga sazovor bo’ldilar. Moliyaviy texnologiyar – fintex ning mohiyatini

ikkitagina so’z bilan ifodalash mumkin “o’zimboshqaraman”. Masalan, startaplar tomonidan ishlab chiqilgan pul o’tkazish mexanizmini ko’rib chiqamiz. Bunda foydalanuvchi o’z pullari bilan nimalar bo’layotganini ko’rib va kuzatib turadi, vositachi uchun komission to’lov to’lamaydi – ya’ni o’z moliyaviy vositalarini o’zi mustaqil ravishda boshqara oladi va bunga oldingidan ko’ra kam pul sarf qiladi. Xuddi shuning uchun ham fintex juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan innovatsiyadir. Hozirgi davrda chet elda ishlaydigan xodimlarning o’z vatanlariga pul jo’natishlari uchun mo’ljallangan WorldRemit va Remitlyservislari juda ommabop bo;lib ketgani tufayli ular mos ravishda $100 million $12,5 million investitsiyalar yig’a oldilar. Moliyaviy inqiroz davrida banklar nafaqat ishonchni yo’qotdilar, balki kredti olish jarayonini ham ancha murakkablashtirib yubordilar. Teng huquqli kreditlash deb nomlangan yangi moliyaviy texnologiyalar esa kredit olishni oson, shaffof, imkonli va tezkor qilishga muvaffaq bo’ldilar. Kredit olishning bunday usuli dezintermediatsiya printsipi (vositachilardan voz kechich)asosida ishlaydi. Kredit oluvchi va kreditt beruvchi orasidagi moliyaviy kelishuvlar mahsus savdo maydonlarida amalga oshiriladi. Bu yo’nalish bo’yicha eng katta muvaffaqiyatlarga erishga kompaniyalardan biri bo’lgan Lending Club IPO2014 da salkam $900 million yig’a olgan. Fintex investitsion imkoniyatlarni kraudfonding mexanizmi yordamida ancha kengaytirshi mumkin. Bular jumlasiga Kickstarter, Indiegogo, Crowdcube kompaniyalarini misol qilib keltira olamiz.


Robot-maslahatchilar ham investitsiyalar olamida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldilar. Kearney konsalting kompaniyasi hisobotiga ko’ra 2020 yilga kelib, Roboinvestorlar AQSH investitsion aktivlarining 5,6% ni tashkil qiladilar yoki $2 trilloin jalb qila oladilar.Moliyaviy masalalar bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis Djon Chaplinning aytishicha, yaqin ikki yillarda fintex ishlanmalar bo’yicha eng ilg’or hududlarga Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi va Evropa mamlakatlari kirishi kutilayapti. Bu esa an’anaviy moliyaviy infratuzilmalar va qotib qolgan qo’pol bank tizimlari ularda yo’q bo’lgani uchun, rivojlanayotgan mamlakatlarga yangi moliyaviy texnologiyalarni qo’llagan xolda o’z muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishlariga va tez sur’atlar bilan rivojlanishlariga imkon yaratadi. Mamlakatimiz bunday imkoniyatdan foydalana oladimi yoki yo’qmi – bu oliy boshqaruv organlarining irodasida bog’liqdir.
Rivojlangan mamlakatlarda fintex ishlanmalar eng avvalo onlayn servislarni rivojlantirishga qaratilgan, rivojlanayotgan davlarlarda esa bunday startaplar mobil telefonlarning keng bozoriga yo’naltirilgan. Telekommunikatsiyalar xalqaro ittifoqi ma’lumotiga ko’ra, dunyo aholisining 95,5% qismi mobil telefonlardan foydalanadilar – bu ma’noda mobil servislarning internetdan ko’ra samaradorroqligi ma’lum bo’ladi. M-Pesa deb nomlangan mobil pul o’tkazmalari servisi bank tashkilotlari yetishmasligi sharoitida Keniya va Bangladeshdagi iqtisodiy holatni o’zgartirishga ta’sir qildi. Bangladeshda mikromoliyalashtirish (garovsiz kam miqdordagi kredit berish) tarmog’i yaxshi rivojlangani tufayli bKash servisi pullarni oluvchilarga tez va osongina o’tkazishga imkon beradi. Fintexning Afrika qit’asidagi holati tahlil qilinganuda undagi 16 davlatda mobil pul hisob raqamlarining bank xisob raqamlaridan ko’ra ancha ko’pligi ma’lum bo’ldi. Demak, rivojlangan mamlakatlardagi fintex-kompaniyalar nafaqat moliyaviy hizmatlar qulay bo’lishiga intiladilar, balki ular millionlab insonlar real iqtisodiyotning afzalliklaridan foydalanishlariga imkon beradigan yangi raqamli infratuzilmalar yaratadilar. Shuning uchun ham IBM InterConnect 2015 anjumanida Citi kompaniyasining mijozlar bilan ishlash bo’yicha eksperti, raqamli marketing bo’yicha mutaxassis Xizer Koks “Insonlarga banklar emas, balki banking kerakligini unutmang”, - deb aytdi. Bu haqda JP Morgan bankining bosh direktori Djeymi Daymon o’zining hissadorlarga bo’lgan yillik murojaatida quyidagilarni ta’kidladi: “Juda aqlli va katta pullarga ega bo’lgan yuzlab startaplar barcha an’anaviy bank tizimini o’zgartirish va yo’q qilishga qodir bo’lgan texnologiyalar yaratish ustida ishlamoqdalar”. Haqiqatan ham raqobatlashish startaplarning aspsiy xususiyatlaridir va ular bir qancha afzalliklarga ham egalar: aniqlik, texnologik nay-xaylar, kichik o’lchamli va xodimlari juda talantlidir. Huddi shuning uchun ham ko’pchili banklar raqobatlashishni emas, balki hamkorlikni afzal ko’ra boshladilar. Yuqorida aytilganlar tufayli banklarning rivojlanishida ikkita stsenariyni ko’rsatish mumkin:
Birinchi stsenariyda banklar o’z biznes modellarining ajoyibligiga ishongan xolda ishlay beradilar va yangi sharoitlarga moslasha olmay, raqobat kurashiga mag’lub boladilar. Ikkinchi stsenriyda banklar yangi texnologiyalarning juda ham muhimligini anglaydilar va innovatsion texnologiyalarni o'z fao’iyatlarida qo’llab, yangi biznes-modellardan foydalana boshlaydilar. Bu esa jahon miqyosida moliyaviy hizmatlarning osonlashishiga, arzonlashishiga va mijozlar uchun turlituman qulayliklar yaratilishiga olib keladi.
2015 yilda Britaniya davlati ochiq ma’lumotlar va API (amaliy dasturlash interfeysi) ning davlat API-loyihasi dairasida ishlatilishi boshlanayotgaligini ma’lum qildi. Raqobatbardoshlilini foydalanuvchilar manfaatiga o’zgartirish va mijozlarga hizmat ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida moliyaviy tashkilotlar orasida ochiq ma’lumotlar bilan almashinish tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu Britaniya hukumati tomonidan qilingan juda muhim qadamdir, chunki endi ko’pchilik innovatsion kompaniyalar ochiq moliyaviy ma’lumotlardan foydalana oladilar. To’lov hizmatlari haqida Evrova Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan Payment Sersices Directive 2 – PSD II Direktivasi ham moliyaviy hizmatlarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin