Tisodiyotda moliyaviy texnolognyalar


Smart soatlar, valyuta almashinuv servislari, bitkoin va blokcheynlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/11
tarix03.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#92761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ракамли иқт-4-мавзу

Smart soatlar, valyuta almashinuv servislari, bitkoin va blokcheynlar
Endi Fintexning eng muhim uskunalari bilan tanishib chiqamiz. Valyuta bozorida WeSwap deb nomlangan servis yaqin yillarda paydo bo’lganiga qaramay, u an’anaviy valyuta bozorida ham faol ishlatilina boshladi. WeSwap servisi turli mamlakatlardagi foydalanuvchlarga o’zaro muloqot qilish va an’anaviy onlayn almashtiruv puktlridan ko’ra foydaliroq kursda valyuta almashtirish uchun imkoniyat yaratadi, chunki bu tizimda hech qanday komission to’lovlar mavjud emas. Bu servis MasterCard tizimi tomonidan quvvatlanib turiladi va uning ommaviyligi exponent bo’yicha o’sishi kutilmoqda. Aqlli soatlar ham asta-sekin inson kundalik faoliyatiga kirib kelmoqda, ammo uning paydo bo’lishi bank sohasida ham inqilob ro’y berishiga olib kelishi kutilmoqda. Masalan, Apple Watch uning egasi bank xisobi balansini tekshirishga, tranzaktsiyalar tarixini kuzatishga va bankning eng yaqin filialini topishga imkon beradi. Mobil to’lov tizimlarining rivojlanishi bilan bunday soatlarning funktsional imkoniyatlari ham tobora osha boradi. Yana bir Spendific deb nomlangan mibil ilova foydalanuvchining bank hisob raqamiga ulanib, barcha sarf-harajatlarni analiz qiladi va shundan so’ng, qancha pulni sarf qilish mumkinligini chamalab beradi. Ilova real vaqt rejimida to’lovlarni hisobga olgan holda yangilanib turadi. MoneyHub deb nomlangan ilova esa yuqoridagi barcha imkoniyatlarga ega bo’lgan holda, uy yoki mashina sotib olish uchun pul yig’ish yoki pensiya jamg’armasi qilish kabi uzoq muddati rejalashtirish amallarini ham bajara oladi. Dastur turli hildagi stsenariylarni hisobab chiqadi va ular foydalanuvchining moliyaviy holatida qanday ta’siq qilishini tahlil qiladi. Ko’pchilik fintexprovayderlar hozirgi kunda internetni o’z servislarini rivojlantirish uchun maqsadli platforma sifatida ishlatadilar. Zamonaviy iste’molchilarni smart soatlar, eng ilg’or moliyaviy texnologiyalar va mobil to’lovlarning kengaytirilgan imkoniyatlari o’ziga jalb qiladi. Uzoq muddat davomida ko’pchilik tomonidan tan olinmaganiga qaramay, kriptovlyutalar ham asta-sekin kelajak valyutasi sifatida bir qancha mamlakatlarda tan olinayapti. Masalan, Evrova, AQSH, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarda bitkoin barter operatsiyalarida faol qo’llanilaypti. Ammo uning yanada rivojlanishiga administrativ-xuquqiy bazaning yo’qligi va bir qancha administrativ to’siqlar borligi imkon bermayapti. Nazariy jihatda bitkoin yoki qandaydir boshqa kriptovalyuta universal valyuta bo’lib qolishi mumkin, ammo ko\pchilik
davlatlarning ichki qoidalari va siyosati hozircha bunga yo’l bermayapti. Yana bir moliyaviy texnologiya turi kriptovalyutalarning asosi bo’lgan blokcheyn deb nomlanadi. Bu bilan bog’liq masalalar risolamizning alohida bo’limlarida batafsil ko’rib chiqiladi. Xulosa qilib aytganda, biz bank sektorining keng ko’lamli raqamli transformatsiyasi davrida yashayapmiz. Ehtimol, yaqin o’n yillarda bank tizimi oxirgi yuz yillardagiga nisbatan kattaroq miqyosda o’zgarishi mumkin.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin