Mavzu: O’zbekistondagi ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalari. Reja



Yüklə 386,89 Kb.
səhifə1/2
tarix22.10.2023
ölçüsü386,89 Kb.
#159638
  1   2
O\'zbekitondagi Ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalari


Mavzu:O’zbekistondagi ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalari.
Reja:

  1. Ko’riklar haqida ma’lumot.

  2. Ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalari.

  3. Ko’rik va yo’l o’tkazgichlar konstruksiyalariga oid qonun xujjatlari.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

O‘zbekistondagi 14 446 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichning 5 476 tasi ta’mirtalab ahvolda. Bu haqda AOKA o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Ko‘prikqurilishfoydalanish” unitar korxonasi rahbari Anorboy Annaqulov ma’lum qildi.



Unitar korxona faoliyati davomida umumiy uzunligi 140 kilometrdan ziyod 1424 ta ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va tunnel qurib bitkazilgan. Umumiy uzunligi 13 kilometrli 270 ta sun’iy inshoot barpo etilgan.
Xatlov natijalariga ko‘ra respublika hududidagi mavjud ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning umumiy soni 14 446 donani tashkil etadi. Ushbu ko‘priklarning texnik holati vizual o‘rganilganda 5 476 tasi ta’mirtalab ekanligi aniqlandi.
Ta’kidlanishicha, aksariyat ta’mirtalab ko‘priklar ancha oldin qurilgan bo‘lib, ushbu ko‘priklarning bugungi kunda yuk transport vositalarini ko‘tarish qobiliyatiga mos kelmaydi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan 2020-yilda 100 dan ortiq ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarni ta’mirlash ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi.
Qayd etilishicha, 2021-yilda ushbu ko‘rsatkichlarni bir baravarga ko‘tarish rejalashtirilgan bo‘lib, 200 dan ortiq ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur ta’mirtalab va yaroqsiz ko‘priklarni ta’mirlash ishlari uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jami 16 trillion so‘m miqdorda mablag‘ talab etiladi.
Koʻprik — 1) toʻsiq (daryo, kanal, jar yoki boshqa joylar) dan yoʻl oʻtkazish uchun quriladigan muhandislik inshooti. Vazifasiga koʻra, Koʻprikning avtomobil, temir yoʻl va piyodalarga moʻljallangan Koʻprik, yoʻl oʻtkazgich; joylashish oʻrniga koʻra, shahar Koʻpriklari va shahardan tashqaridagi yoʻllarga quriladigan; birlashtirilgan (avtomobil va temir yoʻllar uchun birga qurilgan), akveduk, viaduk xillarga; ishlatiladigan materialiga koʻra, yogʻoch, tosh, metall, temir-beton Koʻprikga, prolyot tizimlariga qarab, balkali, arkli va osma, konsol; prolyotlar soniga koʻra, bir prolyotli va koʻp prolyotli; yuk koʻtaruvchi konstruksiyasiga nisbatan joylashishiga koʻra, ustidan, pastdan, oʻrtasidan harakatlanadigan xillarga; qatnovning uzluksiz va oʻzlukli boʻlishiga qarab, Koʻprik doimiy va harakatlanuvchi (ochiladigan, koʻtariladigan, soʻzadigan) xillarga; yigʻma va qismlarga ajraladigan xillarga boʻlinadi. Koʻprik-kanal va Koʻprik-uylar ham boʻladi. Boʻlar koʻprik vazifasini oʻtash bilan birga uy va kanal vazifasini ham oʻtaydi. Ilgari Koʻpriklar, koʻpincha, yogʻoch va harsang toshlardan qurilgan. Qad. yogʻoch Koʻpriklar saqlanib qolmagan. Oʻrta asrlarda arkli harsang Koʻpriklar (Rim, Ispan, Xitoyda) koʻproq qurilgan. Oʻrta Osiyo va Rossiyada yogʻoch va tosh Koʻpriklar boʻlgan. Katta daryolardan oʻtishda soʻzuvchi Koʻprikdan foydalanilgan. Choʻyan Koʻpriklar Angliyada (1779), soʻngra Rossiyada (1784); osma (zanjirli) Koʻprik Amerikada (1796), keyin Angliya va Rossiyada qurilgan. 20-asr boshlariga kelib Koʻprik qurishda temir-betondan asosiy material sifatida foydalanila boshlandi, chunki pishiq, arzon, uni yigʻish oson va boshqa Uncha uzun boʻlmagan Koʻprik qurishda temir-beton prolyot tayanchlarga butunicha kranlar yordamida qoʻyiladi. Undan ravoqli, balkali va ramali Koʻpriklar qurila boshladi. Hozirgi zamon ravoqli temir-beton Koʻpriklarning prolyotlari oʻz. 300 m ga yetadi. Oʻzbekistonda Chirchiq, Sirdaryo va Amudaryodan oʻtkazilgan Koʻpriklar, asosan temir-betondan arkli va ramali qilib qurilgan. Koʻprik, asosan, tayanch va prolyotdan iborat boʻladi. Tayanchlar qirgʻoq va oraliq tayanchlarga boʻlinadi. Temir-beton va harsang toshdan yasalgan Koʻprikda, koʻpincha, prolyot va tayanchlar yaxlit qurilmani hosil qiladi. Aralash konstruksiyalar (mas, temir-betonli poʻlat balkalar yoki poʻlat shprengelli temir-beton balkalar va boshqalar) keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon Koʻprik qurilishida yigʻma Koʻprik konstruksiyalaridan, yigʻma elementlarini unifikatsiyalash va bir xillashtirish usullaridan, Koʻprik konstruktiv tizimlarini rivojlantirish, prolyotlarni oʻzaytirish, mustahkamligi yuqori boʻlgan poʻlat, yengil qotishmalar va betonlardan, parchin mixli birikmalar oʻrnida payvand birikmalardan, tutash temir-beton Koʻprik qurishda qismlarga ajratiladigan opalubkalardan va montaj agregatlardan foydalanilmokda; 2) avtomobil, traktorlar yurish qismining elementa. Gʻildiraklarga taʼsir qiladigan kuchlarni rama yoki koʻzovga oʻzatadi. Oʻrnatilgan gʻildiraqlarning vazifasiga qarab, yetakchi, boshqariladigan va murakkab (yetakchi va ayni vaqtda boshqariladigan) Koʻpriklar boʻladi. Bundan tashqari, oldingi, ketingi va oʻrta (uch oʻqli avtomobillarda) Koʻpriklar bor.[1]
Koʻprik jarliksuv havzasiyoʻl yoki boshqa toʻsiq ustidan oʻtish uchun qurilgan inshootdir. Koʻprik uning funksiyasi va joylashadigan yeriga koʻra turlicha loyihalanadi.
Avtomobil yo’llari davlat iqtisodiyotini muvoffaqiyatli rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning say-harakatlari bilan mamlakatimizda yangilanish, modernizatsiya qilish jarayonlari jadal rivojlanib bormoqda. Yangi vazirlik, qo‘mitalar, davlat korxonalari bilan bir qatorda yangi turkumdagi nodavlat tashkilotlari, yangi aksionerlik kompaniyalari tashkil etilib, yo‘l sohasini va undagi sun’iy inshootlarni qurishni jadal rivojlantirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan yo‘l sohasini
boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4545 -sonli farmoniga muvofiq, shuningdek, respublika yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va uning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga qilgan murojjatida 2021-yilda xorijiy tilni o’rganishni kuchaytirib hamma sohaga chet el tajribalarini tadbiq etishni ustuvor yo’nalish qilib belgiladi. Ushbu ko’rsatmalardan kelib chiqib yo‘l sohasini va undagi sun’iy inshootlarni qurishni
jadal rivojlantirish uchun ushbu sohada avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish dolzarb bo’lgan ushbu darslik ruschadan o’zbek tiliga O`zbekiston hududiga oid ma`lumotlar “Shaharsozlik me`yorlari va qoidalari” 2.05.03-12 ga “O’zavtoyo’l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasining izohli lug’atiga muvofiq tarjima qilindi.
Sun’iy inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish murakkab va bir–biriga aloqador jarayonki, ularni amalga oshirish uchun “Ko‘priklar va transport tonnellari“ sohasini egallagan yuqori malakali mutaxassislar boshqarishi kerak. Bu sohadagi ishlarni rivojlantirish uchun muhandis yo‘lchilar ham ko‘priklar, quvurlar, tonnellarni qurish va ekspulatatsiya qilish ishlarini amalga
oshirishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda sun’iy inshootlarni loyihalash uchun ularni konstruktiv shakllarini har xil ashyolardan eng maqbullarini ishlab chiqish yo‘li bilan takomillashtirishni hisobini va konstruksiyalarni yaratish hamda ishchi chizmalarni tayyorlash uchun maxsus kompyuter dasturlaridan foydalanishni taqazo etadi.
Hozirgi zamon avtomobil yo‘lidagi sun’iy inshootlarni qurish uchun kompleks mexanizatsiyalashgan inshoot qismlarini ishlab chiqarishni uzluksizligini tashkil qilish va ularni bir maromda yig‘ishdan iborat. Keyingi yillarda yig‘ma temirbeton konstruksiyalar bilan bir qatorda yaxlit temirbetondan foydalanilmoqda, bu esa katta ishonchli konstruksiyani ta’minlamoqda.
Yo‘l muhandisi uchun bu inshootlarni saqlash talab etiladi. Vaqtinchalik yuklarni katta miqdorda ko‘payishi, harakat jadalligini ortishi, ba’zi bir inshootlarni sifatini pastligi va qoniqarsiz ishlari ularni xizmat qilish muddatlarini kamayishiga olib keladi.
Bu inshootlarni qoniqarli holatda ushlab turish va katta hajmdagi
inshootlarni saqlashda yo‘lchi muhandislar ham o‘z hissalarini qo‘shishlariga to‘g‘ri keladi.
Avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarni ko‘pi 1950-60-yillarda qurilgan. Hozirgi vaqtda ularni ko‘pchiligi ko‘tarish qobiliyati va kengligi bo‘yicha QMQ qoidalariga javob bermaydi, ularni kuchaytirish va kengaytirish talab etiladi. Bu ishlarni eng kam avtomobil yo‘l harakati jadalligini cheklab va uni xavfsizligini ta’minlagan holda yangi usul va materiallarni yuqori sifatni tadbiq etgan holda bajarilishi kerak, yo‘l xo‘jaligi davlat xizmati sun’iy inshootlar tuzatish va
rekonstruksiyaga ketadigan mablag‘larni yangi 1- darajali inshootlar qurilishiga yo‘naltirdi. Inshootlarni uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash uchun yo‘l xizmati korxonalarini 2010-yilgacha bo‘lgan vaqtdagi bosh yo‘nalishi inshootlarni ekspluatatsiya qilishga avtomobillarni belgilangan tezlikda uzluksiz harakati va
xavfsiz harakatini ta’minlash muhimligi, har xil og‘ir transportlarni o’tkazishini ta’minlashga yo’naltirildi. Ko‘prikni haqiqiy holatini hisobga olgan holda inshootlarni ko‘rikdan o‘tkazish va sinash yuk ko‘tarish qobiliyatiga baho berish ishonchliligi va inshootlarni hozirgi zamon texnik tizimlar nazaryasi asosida diagnostika qilish muammolarni maxsus kompuyuterlar yordamida o‘lchash va o‘rganishni taqazo etadi.
Hozirgi davrda quruq issiq iqlim sharoitida bino va inshootlar qurishda yig'ma va monolit temirbeton konstruksiyalaridan keng foydalanilmoqda.
Loyihalash va qurilish ishlari me'yorida olib borilishi uchun konstruksiya elementlariga salbiy ta’sir etadigan issiq harorat, quruq havo hamda kuchli quyosh radiasiyasi ta'sirini e'tiborga olish lozim.
Loyihalash va qurilish ishlarining sifati ko‘p jihatdan ushbu muammoning qay darajada hal etilishiga bog'liq. Temirbeton konstruksiyalarining ishiga quruq issiq iqlim sharoitining ta'sirini hisobga olish masalasi maxsus tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq b o ‘lib, qo‘shimcha sarf xarajatlarni talab etadi.
Temirbeton konstruksiyalarining bexavotir va uzoq muddat xizmat qilishi loyiha jarayonidagi hisoblarning to'g'ri bajarilishiga bog'liqdir.
Qurilish me'yorlarini QMQ 2.01.01- 94 [9] da MDH hududining iqlim bo'yicha hududlarga (rayonlarga) ajratilgan xarita beriigan. O'sha xaritada quruq issiq iqlim sharoitiga ega bo'lgan manzillar III va IV iqlimiy tumanlarga kiritilgan. Bundan tashqari havoning kunlik, haftalik, oylik va yillik haroratiga doir raqamlar beriigan. Jazirama issiq oyining o'rtacha maksimal harorati, kundalik haroratning o'rtacha davomiyligi, quyosh radiasiyasi, shuningdek havoning o'rtacha oylik
namligi ham mazkur me'yorda o‘z askini topgan.


Markaziy Osiyo quruq issiq iqlimining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu yerda havo harorati va namligining kundalik, oylik va yillik o'zgarishi juda katta bo'ladi. Bu hududlarda yozda — iyun, iyul, avgust oylarida temirbeton konstruktsiyalarning kungay sirtlari kunduzi 70°C ga qadar qiziydi, tunda 20°C qadar pasayadi. Havoning nisbiy namligi yoz oylarida o ‘rtacha 20—40 foiz oralig'ida, kunduzi 10 foiz ga qadar pasayishi mumkin. Markaziy Osiyo sharoitida yil davomida yog'ingarchilik ham bir maromda bo'lmaydi. Yog'ingarchilik miqdori bir yilda 250—300 mm ni tashkil etadi, ba'zi yillari 450—480 mm gacha etadi. Yog‘ingarchilikning asosiy qismi qish va bahor fasliga to'g'ri keladi, yozda esa juda kam bo'ladi. Ba’zan yozda umuman yomg'ir yog'maydi. Bu havodagi namlikning yanada kamayishiga olib keladi. Havo haroratining yuqoriligi va atrof muhit nisbiy namligining kamligi temirbeton elementlarda sezilarli darajada harorat, kirishish, ichki kuchlanish va deformasiyalarni vujudga keltiradi.


Markaziy Osiyo iqlim sharoitida temirbeton konstruksiyalari davriy o‘zgaruvchan harorat va namlik ta'sirida boMadi. Sutka davomida kunduzi haroratning ko‘tarilishi, namlikning kamayishi, kechasi esa aksincha, haroratning pasayishi va namlikning ortib borishi kuzatiladi. Harorat va quyosh radiasiyasining o‘zgarishi natijasida betondagi temperatura maydoni elementning kesim yuzasi bo‘ylab uzluksiz ravishda o‘zgarib boradi.

Prezidentning 4 oktabrdagi “Avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlari va boshqa sun'iy inshootlarni qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.


Hujjat bilan “Trest “Ko‘prikqo‘rilish” UK (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimi korxonasi) avtoyo‘l ko‘priklari, uzunligi 500 metrdan ortiq yo‘l o‘tkazgichlari va boshqa sun'iy inshootlardan foydalanish bo‘yicha vakolatli tashkilot etib belgilandi.

Yüklə 386,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin