Tezkorlik harakat sifati va unga oid qobiliyatlarni tarbiyalash metodikasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#130365
1   2   3   4   5   6
tezkorlik-harakat-sifati-va-unga-oid-qobiliyatlarni-tarbiyalash-metodikasi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
21 
Tezlik - namoyon qilish yoki unga oid faoliyatlaringiz tanangiz a’zolari yoki 
uning ayrim bo‘laklarini chegaralangan vaqt ichida tez harakatlantira olishngiz bilan 
bog‘liq qobiliyatidir. Masalan, son, tizza bo‘g‘imingiz, boldir, oyoq kafti 
qismlaringizni tez harakatlantira olish- yurish va yugurish tezligini yuzaga keltiradi. 
Albatta a’zolarimizni shu qismidagi mushaklarning kuchi, tez qisqarib, tez 
bo‘shashishi ham tezkorlik namoyon qilishda muhim ahamiyatga ega. Qayd qilingan 
sifatlar, qobiliyatlarning avlodimizdan – ota-onalar, bobolar, momolardan biz uchun 
qoldirgan “genetik merosi” ham bundan mustasno emas. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Tezkorlik – umumiy va maxsus yo‘nalitirilgan deb ikkiga ajratiladi. Maxsus 
tezkorlik tanlangan ixtiyoriy harakat, gimnastika mashq, sport turi uchun zarur deb 
sanalgan tezkorlikdir. Sprint masofasi yoki qisqa masofaga - 30 m., 60 m., 200 m., 
400 m.gacha tez yugurish va 110 m.ga, 200 m.ga, 400 m.ga to‘siqlar osha yugurishlar 
kiradi. Bu masofani yuguruvchilarni sprinterlar deb ataladi. Bu sifatni rivojlantirish 
uchun takroriy yugurishlardan foydalaniladi. Avvaliga kichik masofaga (masofani 
25% ni) bir necha bor takrorlash bilan rivojlantiriladi. Masofani, bo‘laklarni tez 
yugurib mashq qilish yaxshi samara berishi hozirgi kun amaliyotida isbotlangan. 
Sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati mashg‘ulotlari chidamlilik va 
tezkorlikni meyorini yoshiga munosib holda rivojlanganligini uzoq vaqt ushlab 
turishga xizmat qiladi. Tezlikni rivojlantirishni eng sinalgan usuliyoti “o‘zgaruvchan 
tezlik” bilan bajariladigan mashqlardan foydalanish bo‘lib, odatda masofani 25, 50% 
ni qayta yugurib o‘tib, mashq qilish bilan rivojlantirish yaxshi samara beradi. 
Balandga – adirlar, do‘ngliklarga yugurish chidamlilik kuchini rivoj-lantiradi. 
Pastga tomon yugurishda esa tezlik hosil bo‘ladi va “baryer” (to‘siqlar)ni 
buzishda qo‘llaniladi. Tezlik “baryeri” bu shug‘ullanuvchida ma’lum darajadagi 
tezlikga o‘rganib qolishga aytiladi. Shug‘ullanuvchi startdan chiqib faqat o‘sha 
o‘rganilgan tezlikda harakatlanadi. Oqibati qa-tor yillar tezlikni oshirish uchun 
qilingan mashqlar besamar ketadi. Undan farq bo‘lishining yagona usuli do‘nglikdan 
pastga qarab qiyalikda, ayrim holatlarda yelkaga yuk ko‘tarib yugurish tezlik 
to‘sig‘ini yo‘q qiladi. O‘rganib qolgan yugurish tezligini namoyon qiladigan 
mushaklar faoliyatida o‘zgarish yasashda ularni tezlik namoyon qiladigan 
organlarning ishlashiga majburlash, qiyaliklarda o‘zini inersiyasiga qo‘shimcha 
inersiya qo‘shib tezlanishni yuzaga keltirishni amaliyotda samarasi yuqori. 
Tezlik sifati inson harakat qobiliyatlarining zaruriylaridan biridir. Uni namoyon 
bo‘lishi mushaklaringizni zo‘riqa olish tezligi bilan bog‘liq va zo‘riqa olish, 
zo‘riqtirish darajamiz ham har birimizda turlicha. Oxir oqibat tezlik namoyon qila 
olishimiz nerv jarayonlarini tezligi, mushak tolalarida kechadigan biokimyoviy 
reaksiyalarga borib taqaladi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi davringizdanoq 
o‘zingizni jismingizga oid bilimlar zahirasini boyitishga urinishingiz lozim. Bu 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin