Tezkorlik harakat sifati va unga oid qobiliyatlarni tarbiyalash metodikasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#130365
1   2   3   4   5   6
tezkorlik-harakat-sifati-va-unga-oid-qobiliyatlarni-tarbiyalash-metodikasi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
23 
Tezkorlikni rivojlantirish yoki bu qobiliyatni individdagi mavjud holati 
(dasturi)ni bir ma’romda ushlash qarishni oldini oladi. Organizm-dagi mavjud 
tezkorlikni darajasini ushlash yoki rivojlantirish keskin harakatlar, “portlash kuchi” 
namoyon qiladigan, mashqlarni tez va harakat sur’atini susayishi sodir bo‘lgungacha 
bajarish bilan mashq qilish orqali rivojlantiriladi. Tezkorlik sifati uchun mashqlarni 
bajarishdan so‘ng takrorlashning samarasi bo‘lmaydi. Mashg‘ulotlarni tayyorlov 
qismidan so‘ng tezlik talab qiladigan mashqlar bajariladi, mashq qilinadi. Bu harakat 
sifatini rivojlantirish mashqlarini mashg‘ulotlar oxirida bajarishni foydasi yo‘q. 
XULOSA 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir shug‘ulla nuvchi harakatning o‘zi 
uchun mos bo‘lgan r a t s i o n a l texnikasini axtarishi, topish va uni egallashida 
faqat mexanika qonunlariga tayanish bilan cheklanmay, harakatning, materiyaning 
eng yuqori shakllariga, ulardan biri bo‘lmish biologik qonuniyatlarga tayanishiga 
to‘g‘ri keladi.
Maktab o‘quvchilarining jis-moniy tarbiyasi va uni tarkibida amalga 
oshiriladigan jismoniy tayyorgarlik jarayoni inson organizmidagi zaruriy harakat 
sifatlari haqidagi boshlang‘ich bilimlar STT jismoniy madaniyatining amaliy 
malakalari va nazariy bilimlarining asosi hisoblanadi. Har bir shaxsning jismoniy 
qobiliyatlari darajasi haqida aniq belgilangan bilimga ega bo‘lishi jismoniy 
madaniyat sohibligiga zamin tayyorlaydi. 
Maktab yoshidagilar uchun tezkor kuch harakat sifatini rivojlantirish, 
tarbiyalash uchun mashg‘ulotlarga tizimli qatnashishga ruxsat 14 yoshga to‘lgandan 
so‘ng beriladi. Odatda tanasi ko‘rinishi, qaddi-qomatini chiroyli bo‘lishini orzu 
qilgan o‘smirlar, yoshlar, boshqachasiga aytganda kuch talab qiladigan mashqlar 
bilan shug‘ullanishni xush ko‘radiganlar - yoqtiradiganlar “atletlar gimnastikasi”, 
“shtanga ko‘taruvchilar klublari”, “armreysling klubi”, “atletizm” sport seksiyalari 
yoki sport klublariga a’zo bo‘ladilar. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin