Texnikaviy chizmachilik cdr



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə28/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

Tayanch bilimlarini faollashtirish: O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollari

1.Aksonometriya qaysi so`zdan olingan va u nima ma`moni bildiradi? 2.Aksonometrik proyeksiyalash deganda nimani tushunasiz?


(1-ilova)


3 Aksonometrik proyeksiyadagi tasvirlarida to‘g‘ri burchakli proyeksiyasidagi tasvirlaridagidek o‘ziga xos xususuyatlari aytib bering


(2-ilova)




Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.



Dastlab doskaga bugungi kun sanasini yozib qo’yiladi


Yangi mavzu nomini doskaga yoziladi


Yangi mavzuni o’zlashtirish bo’yicha rejalarini ham doskaga yoziladi




Tayanch so’z va iboralar:


Yangi mavzuga doir o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlar, atama va kattaliklarni aniqlab olinadi va dars jarayonida ularning har biri bo’yicha tushunchalar berib boriladi
.
Nazariy ma`lumotlar.



Mavzu: DETАLGА ODDIY QIRQIM BERIB TАSVIRLАSH

Reja:


1.Qirqimlar 2.Oddiy qirqimlar
3. Detаlgа oddiy qirqim berib tаsvirlаsh

Qirqimlar.


Buyumning ko‘zga ko‘rinmaydigan ichki tuzulishini aniqlash uchun qirqimlar qo‘llaniladi. Qirqimlar ham standartlashtirilgan bo‘lib, qirqim hosil qilish uchun chizmada buyumning ichki tuzilishi bitta yoki bir nechta tekislik bilan fikran kesib ko‘rsatiladi. Qirqim shartli tasvir hisoblanib, unda buyumning tekislik bilan kesilgan joyi va kesuvchi tekislik orqasida joylashgan va ko‘rinadigan qisimlari tasvirlanadi (10-shakl, a, b, c).
Bu yerda detal Ptekislik bilan qirqilib, ikkiga ajraladi va uning oldingi bo‘lagi olib qo‘yilgandan keyin, o‘rnida qolgan yarmining kesilgan joyi shtrixlanadi. Detalning chizmasida ham o‘sha qirqimga tushgan joy shtixlangan holda tasvirlanadi.





  1. shakl

Qirqimlarda kesuvchi tekislik detalni teng ikkiga uning simmetriya o‘qi orqali ajratsa, kesuvchi tekislik izlari ko‘rsatilmaydi (10-shakl, c), boshqa hollarda, ya’ni kesuvchi tekislik detalning simmetriya o‘qidan boshqa joydan o‘tsa, qirqim hosil qiluvchi tekislik izi uzuq chiziq bilan ko‘rsatiladi va qirqim A-A kabi belgilanadi (11-shakl). Uzuq chiziqlarni tasvirlash 4.22-shaklda ko‘rsatiladi. Aharf yo‘nalish (ko‘rsatgich)larning detal konturiga nisbatan tashqi tomonlarida yoziladi (11-shakl, a). Yo‘nalishning shakli va o‘lchamlari 11-shakl, b da ko‘rsatildi.


  1. shakl

Kesuvchi tekisliklarning proyeksiyalari tekisliklariga nisbatan egallagan vaziyatiga qarab qirqimlar uch hil: frontal, profil va gorizantal bo‘ladi. Bulardan tashqari qo‘shimcha tekisliklarda qiya qirqimlar ham bajariladi. Qirqimlarning turidan qat’iy nazar ular oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy qirqim.Detalning ichki tuzilishini bitta tekislik orqali ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, bunday qirqim oddiy hisoblanadi. 10-shaklda oddiy qirqim hosil qilish ko‘rsatilgan bo‘lib, P||V bo‘lgani uchun u frontal qirqim deyiladi.

  1. shakl 13-shakl

Qirqim detalning chapdan ko‘rinishida bajarilsa, profil qirqimdeyiladi (12- shakl). Kesuvchi tekislik H proyeksiyalar tekisligi ga parallel o‘tkazilsa, gorizantal qirqimhosil bo‘ladi (13-shakl). Kesivchi tekislik proyeksiyalar tekisliklaridan biriga, masalan, H ga qiya o‘tkazilsa, qiya qirqim hosil bo‘ladi (14-shakl).
Simmitriya o‘qiga ega bo‘lgan detallarning chizmalarida qirqim ta’svirlanmoqchi bo‘lsa, ko‘rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirib tasvirlash mumkin (15-shakl). Ularni chizmada shtrix-punktir chiziq ajratib turadi. Shuningdek , detalning ko‘rinishi bilan qirqimni, butun detalni emas, balki uning bir qismini, agar bu qism aylanish sirti bo‘lsa, simmitrya o‘qi orqali ajratishga ruxsat etiladi (16-shakl).



paytlarda


14-shakl
Asosiy k o‘rinishda detal ko‘rinishining yarmi bilan qirqimning yarmi qo‘shib tasvirlangan bo‘lsa, chapdan ko‘rinishda ikkita qirqim A-Ava B-Blarning yarmini birlashtirib tasvirlash ham mumkin (17-shakl). Bunday hollarda ham ikkala qirqimni simmetriya o‘q chiziq – shtrix-punktir chiziq ajratadi.


Detalning ba’zi elementlari ko‘rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini qo‘shib tasvirlashga imkon bermaydi yoki halaqit qiladi. Bunday


15-shakl 16-shakl
ko‘rinishning qismini qirqimning qismi bilan birlashtirib tasvirlashga to‘g‘ri keladi va ular to‘lqinsimon chiziq bilan ajratib ko‘rsatiladi (18-shakl, ava b).

17-shakl



18-shakl 19-shakl
Bu yerda birinchi holatda tashqi qirra saqlangan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda ichki qirra ochib ko‘rsatildi. Har ikkala holda ham ko‘rinish yoki qirqimning qisimlari qanchaligiga ahamiyat berilmaydi.
Bunday qirqimlar ko‘rinishning qismini qirqimning qismi bilan birlashtirib tasvirlangan deyiladi (18-shakl). Ba’zi hollarda ko‘rinishning qismi bilan qirqimning qismini 19-shakldagi kabi tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Detalning biror qismidagi o‘yiq, teshik kabi joylarni aniqlash maqsadida mahalliy qirqim qo‘llaniladi (20-shakl). Mahalliy qirqim ingichka tutash to‘lqinsimon chiziq bilan chegaralanib, tasvirning biror chizig‘i bilan qo‘shilib qolmasligi zarur ( 19, 20- shakllar ).
19-shakl 20-shakl

Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin