(1-ilova)
1.Qirqim deganda nimani tushunasiz? 2.Oddiy qirqim nima?
3.Murakkab qirqim nima?
(2-ilova)
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
Dastlab doskaga bugungi kun sanasini yozib qo’yiladi
Yangi mavzu nomini
doskaga yoziladi
Yangi mavzuni o’zlashtirish bo’yicha rejalarini ham doskaga yoziladi
Tayanch so’z va
iboralar:
Yangi mavzuga doir o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlar, atama va kattaliklarni aniqlab olinadi va dars jarayonida ularning har biri bo’yicha tushunchalar berib boriladi
.
Nazariy ma`lumotlar.
Mavzu: REZBАLI VА PАRCHINLI BIRIKMALARNI TASVIRLASH Reja:
Rezbalarni tasvirlash va ularni chizmalarda belgilash.
Rezba turlari. Silindrik metrik(GOST 8724 va GOST 9150-81) rezba Rezbalarni tasvirlash va ularni chizmalarda belgilash.
Mashinasozlikda rezbali birikmalar keng tarqalgan bo‘lib, o‘zining universalligi, yuqori mustahkamligi, katta yuklanishlarga chidamliligi bilan munosib o‘rin olgan.
Rezbalar yordamida detallar bir-biri bilan mustahkam biriktiriladi va osongina ajraydi. Yoki maxsus detallar yordamida (bolt, vint, shpilka kabilar) biriktiriladi va ajratiladi. Barcha birikmalar rezbalar yordamida amalga oshiriladi. Rezbalar tasnifi:
rezbalarni profiliga qarab ular uchburchakli, trapetsiyasimon, yumaloq, to‘g‘ri burchakli va boshqacha profillarga ajratiladi;
rezba o‘yilgan sirtiga qarab ular silindrik va konussimon rezbalarga ajratiladi;
rezbalarning sirtiga nisbatan joylashishiga qarab ular tashqi va ichki rezbalarga ajratiladi;
rezbalardan foydalanishga qarab ular biriktiruvchi (metrik), zichlab biriktiruvchi (konussimon), trubasimon, suriluvchi (tirakli trapetsiyasimon), maxsus va boshqalarga ajratiladi;
rezbaning vintli sirtining yo‘nalishiga qarab ular o‘ng va chap yo‘lli rezbalarga ajratiladi;
rezbalarning kirimi soniga qarab ular 1 kirimli yoki ko‘p kirimli (ikki kirimli, uch kirimli va hokazo) guruhlarga ajratiladi.
Asosiy termin va aniqlashlar.Standartlar tomonidan rezbalarning profiliga qarab ularning har biri uchun alohida standartlar mavjud:
rezbaning vint chizig‘i– silindr yoki konus sirtida nuqtaning aylanma va ilgarilama harakati natijasida chizilgan chiziq hisoblanadi
rezbaning vint sirti– vint chizig‘i bo‘yicha silindr yoki konus sirtida qirqilgan rezbaning sirti hisoblanadi;
silindrik va konussimon rezba – to‘g‘ri doirviy silindr va konus sirtlariga o‘yilgan rezbalari kiradi;
rezbaning o‘rami– nuqtaning sirt yuzasida bir marta aylanib chiqqan geometrik yo‘li hisoblanadi;
o‘ng va chap yo‘lli rezba– silindr yoki konus sirtida soat millari yo‘nalishi bo‘yicha qirqib hosil qilingan rezba o‘ng, soat yo‘nalishiga teskari harakat bo‘yicha o‘yilgan rezba chap yo‘lli rezba deyiladi;
bir kirimli va ko‘p kirimli rezba– bitta nuqta orqali chizilgan vint chizig‘i orqali qirqilgan rezba (Pn) ko‘p kirimli rezba deyiladi .
Rezbaning asosiy elementlari va parametrlari:
rezbaning o‘qi– vint hosil bo‘lgan sirtning o‘qi;
rezbaning profili– rezbaning o‘qi orqali o‘tgan kesuvchi tekislikda bo‘lgan kesimdagi tishning chiqqan qismi ;
rezbaning yuqori va ostki qismi– vintli rezba sirtining yuqori qismi va ichki, ya’ni rezba ariqchasining tubi qismi;
rezbaning tashqi diametri(d) – sirtiga o‘yilgan rezbaning tashqi (nominal) diametri (1-shakl, a), teshikka o‘yilgan rezbaning katta yuqori qismi sirti (2-shakl, b);
shakl 2-shakl
rezbaning ichki diametri(d 1) – sirtga o‘yilgan rezbaning ichki diametri (2-shakl, a), teshikka o‘yilgan rezbaning ustki ya’ni, tashqi deametri qismi sirti ((2-shakl, b).
rezbaning nominal diametri– rezba o‘lchamini shartli belgilashda qo‘llaniladigan diametr;
rezbaning qadami(P) – rezbaning bir o‘rami, ya’ni silindr yoki konus sirtida nuqtaning bir marta aylanib chiqqandagi chizgan vint chizig‘iga teng masofa;
rezbaning sbegi– detalning silliq qismidan rezbaning to‘liq o‘yilgan joygacha bo‘lgan masofa (2-shakl).
konus rezbaning keltirilgan o‘rtacha diametri– tashqi yoki ichki konus rezbaning profilini chiziqli va burchak elementlarining o‘lchami bilan aniqlangan o‘rtacha nominal diametri.
Rezba turlari. Silindrik metrik(GOST 8724 va GOST 9150-81) rezba
(3-shakl). O‘zining burchak profili Į=600 bilan (profil-teng tomonli uchburchak) xarakterlanadi. Profilning nazariy balandligi +§0,86602P, xizmat balandligi H1§0,54126 P ga teng. 1 mmdan 600 mm gacha bo‘lgan silindrik metrik rezbalar ko‘proq qo‘llaniladi. Metrik rezbalarni shartli ravishda belgilashda M harfi, nominal diametri, mayda yoki yirik qadamliligi, chap yo‘lli rezbalar uchun LH lar qatnashadi. Masalan, nominal diametri 24 mm, yirik qadamli metrik rezba – M24 deb belgilanadi. Shu o‘lchamdagi mayda P=1,5 mm qadamli rezba M24 u 1,5 ko‘rinishda, shu o‘lchamdagi yirik qadamli chap yo‘lli metrik rezba – M24 LH, mayda qadamli (P=1,5) rezba chap yo‘lli bo‘lsa, M24 u 1,5 LH deb belgilanadi. Agar metrik rezba ko‘p kirimli bo‘lsa, qavs ichida P ning qiymati beriladi. M24u3(P1)– metrik rezbaning nominal diametri 24 mm, kirimi 3 mm, qadami 1 mm deb o‘qiladi. Shu o‘lchamdagi rezba chap yo‘lli bo‘lsa – 24u3(P1) LH ko‘rinishida yoziladi.
shakl
Konussimon metrik(GOST 25229-82) rezba(4-shakl). Konussimon metrik rezbalar 1:16 nisbatdagi konus sirtiga o‘yiladi. Ularning nominal diametri 6 mm dan 60 mmgacha bo‘lishi mumkin. Konussimon rezbalarni belgilashda MKharflar, nominal diametri o‘lchami, qadamining o‘lchami bo‘lishi lozim. MK 24u1,5 o‘ng yo‘lli, MK 24u1,5 LH– chap yo‘lli.
shakl
Silindrik quvurli(GOST 6357-81) rezba(5-shakl). Quvurlarni bir-biri bilan ulashda qo‘llaniladi. Quvurli rezbalar dyumlarda Gharfi qo‘shib belgilanadi (1dyuym=25,4 mmga teng). Asinf aniqlikdagi 1½so‘lchamdagi silindrik quvurli rezbani belgilashga misol: G1 ½ -A. Shu o‘lchamdagi, B sinf aniqlikdagi, chap yo‘lli quvurli rezba –G1 ½ LH-B deb belgilanadi. Tashqi va ichki rezbalarni biriktirishda ularning aniq sinflari bir xil bo‘lsa G1 ½ –A/A, har xil bo‘lsa – G1 ½- A/B ko‘rinishda belgilanadi.
shakl
|