Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari


Qishloq xo’jaligi va uning yetakchi tarmoqlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix17.12.2019
ölçüsü0,54 Mb.
#29951
1   2   3   4   5   6   7   8
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


3.Qishloq xo’jaligi va uning yetakchi tarmoqlari. 

Respublika  xo’jaligining  muhim  tarmoІi  bo’lib,  u  aholini  oziq-ovqat  bilan 

taminlaydi,  moddiy  farovonligini  oshirishda  juda  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 

Mamlakat  qishloq  xo’jaligi  intensiv  rivojlangan,  texnikalashgan  dehqonchilik 

madaniyatini  yuksak  darajada  ko’targan  ixtisoslashtirishni  ichki  geografik 

rayonlararo  yo’lga  qo’ygan  va    chuqurlashtirgandi.  Biroq  O’zbekiston  qishloq 

xo’jaligi  “O’zbekiston  mamlakatining  asosiy  paxta  bazasi” shiori  amalda  edi.  Ya'ni 

qishloq xo’jaligida bittagina uzoq soha bor edi. U ham bo’lsa paxta edi.  

Endilikda  mustaqil  O’zbekiston  xalq  xo’jaligining  muhim  sohasi  qishloq 

xo’jaligidagi  bir  tomonlama  ish  tutishning  oІir  asoratini  boshidan  kechirmoqda. 

Ziroatchilik  qilinadigan  yerlar  tuproqning  teng  yarimining  sho’rlanib  ketganligi, 

ziroatchilik qilish madaniyatida, yani paxtadan boshqa soxalar bo’yicha agrotexnika 

tadbirlarining  unum  bo’lganligi  aholini  birlamchi  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari 

(birinchi    navbatda  don  va  un)  bilan  taminlashdagi  qiyinchiliklar  paxta 

yakkahokimligining asoratidir. Zikr qilingan ob'yektiv holatlar Respublika hukumati  

tomonidan  chuqur  tahlil  qilinadi,  qishloq  xo’jaligi,  uning  tarmoq  tuzilishi  qayta 

ko’rib  chiqiladi.  Paxta  yakkohokimchiligiga  nuqta  qo’yildi,  aholini  birlamchi 

ehtiyojini  qondirishga  xizmat  qiladigan  tarmoq  (va  birinchi  navbatda  buІdoy 

yetishtirish)ga asosiy e'tibor qaratildi. 

Ayni paytda O’zbekiston qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli bo’lib, unga paxtachilik 

bilan birga g`allachilik, kanopchilik, mevachilik, uzumchilik, sabzavot va polizchilik, 

qoramolchilik,  qo’ychilik,  parrandachilik,  yilqichilik,  asalarichilik,  pillachilik 

sohalari  kiradi.  Mazkur  tarmoq  ham  bug`doychilik,  arpachilik,  makkajo’xorichilik, 

chorvachilikning qo’ychiligida qoramolchilik, hisori qo’ychilik va ho. 

Respublika  aholisining  60  foizidan  ortig`i  (uning  ayrim  viloyatlarida  esa  80 

foizi)  qishloqlarda  yashaydi.  Mamlakatda  ishlab  chiqariladigan  yalpi  ijtimoiy 

mahsulotni  26-27  foizi  milliy  daromadining  esa  45  foizi  qishloq  xo’jaligida 


 

46 


yaratildi.Qishloq xo’jalik ilmiy ishlab chiqarish markaziga aylantirildi. Yuqorida zikr 

qilingan  holatlar  mamlakat  qishloq  xo’jaligida  boshqaruv  tizimining  murakkab 

ekanligini ko’rsatadi. Biroq respublikaning qishloq xo’jaligi sohasidagi asosiy ishlar 

va umumiy siyosatni faqat qishloq va suv xo’jaligi vazirligi amalga oshiradi. Ayrim 

sohalarda chuqur ixtisoslashuvga ko’ra esa qishloq xo’jaligidagi bir qator korxonalar. 

“O’zmevasabzavotuzumsanoat”,  “Јorako’l”,  “Pilla”,  “O’zparrandasanoat”,  “Asal” 

kabi uyushma va respublika ishlab chiqarish birlashmalariga qaraydi. 

O’zbekiston  qishloq  xo’jaligi  turli  xil  geografik  imkoniyatlarga  ega  bo’lgan 

mintaqalarda  yuritiladi.  Shu  jihatdan  geograf  olimlar  tomonidan  mamlakat  xuddi 

uchta  zonaga  bo’lingan.  Ular:  1.  Tog`  va  Tog`oldi  zonasi.  Zona  respublikaning 

21,5%ini  ishІol  qiladi.  Uning  baland  qismida  archazorlar  va  yoz  yaylovi  uchun 

o’tloqzorlar  bor.  Uning  Tog`oldi  qismi  bahorikor  yerlar  bo’lib,  undag`alla  xashaki 

ekinlar  ekish,  boІdorchilik,  uzumchilikni  rivojlantirish  mumkin.  2.  SuІoriladigan 

zona. U mamlakat hududining 18%ini qamrab oladi. Mazkur zona Farg`ona vodiysi, 

Chirchiq, 

Ohangaron, 

Zarafshon,Qashqadaryo 

vohalari, 

Surxon-Sherobod 

vodiysi,Quyi  Amudaryoni  o’z  ichiga  oladi.  3.  Cho’l-yaylov  zonasi.  Uning  maydoni 

mamlakat hududining 60%idan ko’proqdir. Bu zona mamlakatning qorako’l qo’ylari 

boqiladigan istiqbolli zonasidir. 



O’zbekistonning  Yer  fondi.  U  45  mln.ga  yaqin.  Shundan  28  mln.gektarni 

qishloq  xo’jaligiga  yaroqli bo’lgan  yerlardir.  Yer  fondining  asosiy  qismi  suІorishga 

yaroqli bo’lgan yerlar hisoblanadi va uning umumiy maydoni 5 mln.ga atrofida, ya'ni 

umumiy yer fondining atigi 11,11 foiziga teng. 

 

Mamlakat yer maydoni va uning taqsimoti (ming, ga) 

 

 

Umumiy 



yer 

maydoni 


Barcha  

qishloq xo`jalik 

yerlari 

 

Shundan 



 

 

 



Haydal

magan 


 yer 

Picha


n- 

zorlar 


Yaylov 

yer 


Jami yer 

44797,7 


27987,1 

4474,5 


109,4  2288,6 

Qishloq 


xo`jalik     

korxonalari  

yerlari  

31970,0 


259225,2 

4458,8 


107,4  20824,

            



Shundan: 

Dehqon 


(fermer) 

xo`jaliklari  

yerlari 

 

82,2 



 

76,8 


 

32,9 


 

93 


 

42,1 


Fuqoralar 

yerlari 


571,3 

477,5 


282,5 



 

 

47 


 

 

 



Zahiradagi 

va o`rmon 

xo`jaligi 

yerlari  

10203,9 

1975,3 


9,0 

2,0 


1954,1 

Boshqa 


toifadagi 

yerlar 


2623,8 

86,6 


6,7 

76,9 



 

 Respublika  yer  fondining  62  foizi  qishloq  xo’jaligida  foydalaniladigan  yer 

turlariga  kiradi.Hozirgi  vaqtda  suІorilib  ziroat  qilinadigan  yerlar  9,2  foizga  teng. 

Biroq u qishloq xo’jaligidan yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 90 foizidan ortiІini 

beradi. 

 

Tayanch so’zlar. 

Xalq  xo’jaligi  tushunchasi.  Xalq  xo’jaligining  tarkibiy  qismlari.  O’zbekiston 

xalq  xo’jaligining  yaqin  tarixi  va  uning  muhim  qirralari.  Mamlakat  xalq  xo’jaligini 

isloq qilish va unda bozor munosabatlarining shakllanish jarayoni. 

Sanoatning  mamlakat  xalq  xo’jaligida  ahamiyati.  Uning  tarmoqlar  tizimi. 

Tasniflanishi.  Ishlab  chiqarish  vositalari  ishlab  chiqarish.  Iste'mol  buyumlar 

chiqarish.  Ularning  nisbati  va  mamlakat  iqtisodiyotida  tutgan  o’rni.  O’zbekiston 

sanoatida mustaqillik yillarida yuz bergan muhim o’zgarishlar. 

Јishloq xo’jaligi xalq xo’jaligining muhim tarmoІi.Qishloq xo’jaligining sanoat 

ishlab chiqarishdan farqi jihatlari. 

Mustaqillik yillarida O’zbekiston xalq xo’jaligi boshqaruv tizimining o’zgarishi 

va  uning  muhim  qirraliri.  O’zbekiston  xalq  xo’jaligi  tarmoq  tuzilishida  yuz  bergan 

tub o’zgarishlar. 

 

 

11-MAVZU. O’ZBEKISTONNING MA'MURIY-HUDUDIY BO’LINISHI VA 



IQTISODIY RAYONLARI. 

REJA: 

1. O’zbekistonning ma'muriy- hududiy bo’linishi. 

2. O’zbekistonning iqtisodiy rayonlari. 

1. O’zbekistonning ma'muriy hududiy bo’linishi. 

 

Ko’hna  tarixga  ega  bo’lgan  O’zbekiston  uzoq  va  yaqin  o’tmishda  bir  necha 



marta  qayta  tashkil  qilingan  bo’ldi,  turli  nomlar  bilan  ataldi.Qadimda  u  Turon, 

Turkiston,  Movorounnahr  nomlari  bilan  dunyoga  ma'lum  va  mashhur  edi.  Ayniqsa, 

buyuk  sohibqiron  Amir  Temur  zamonasida  O’zbekistonning,  uning  Samarqand, 

Buxoro, Xiva kabi shaharlarining nomi “ yetti iqlim” ga ketgan edi. 

 

Oktabr to’ntarishidan avval O’zbekistonning hozirgi hududi ma'muriy jihatdan 



Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligiga qarar edi. 

Xiva  xonligi  20  ta  beklik  va  boshqa  ma'muriy  birliklarga,  Buxoro  amirligi  28  ta 

beklik,  Turkiston  general-gubernatorligi    esa  viloyat,  uyezd,  volost  va  qishloq 

jamoalariga bo’lingan  edi.  1918  yil  30  aprelda bo’lib  o’tgan O’lka  Sovetlarining  V  



 

48 


s'yezdi “ RossiyaG`ederasiyasining Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizom” ni 

tasdiqladi. Turkiston Muxtor Sovet Sosialistik Respublikasi 6 ta viloyatga: Sirdaryo, 

Samarqand,Farg`ona,  Zakaspiy,  Yettisuv,  Amudaryo  viloyatlariga  bo’lingan  edi. 

Viloyatlar, o’z navbatida, 30 ta uyezdga va 473 ta volostga ajratilgan edi. 

 

1920  yil  aprelida  Butun  Xorazm  qurultoyi  bo’lib  o’tdi:  unda  Xorazm  Xalq 



Sovet  Respublikasi  tuzilganligi  e'lon  qilinib,  uning  hududi  28  ta  rayonga  ajratildi, 

1924  yilga  kelib  esa  uchta  viloyatgaQozoq-Јoraqalpoq,  Yangi  Urganch,  Toshovuz 

viloyatlariga  va  Xiva  rayoniga  bo’lindi.  Viloyatlar,  o’z  navbatida,  sho’ro  (volost) 

larga ajratildi. 

 

1920 yil oktabrida xalq vakillarining Butun Buxoro qurultoyi bo’lib o’tdi: unda 



Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e'lon qilinib, uning hududi 15 ta viloyat, 

58 ta tuman va 197 ta kentga bo’lindi.  

 

Ma'lumki, 1924 yilda O’rta Osiyoda milliy davlat-chegaralanishlari o’tkazilib, 



O’zbekiston Sovet Sosialistik Respublikasi tashkil qilindi.  

1925  yil  29  yanvarda  Respublikada  yangi  ma'muriy  bo’linish  joriy  etildi.  Bu 

bo’linishga ko’ra Respublika hududi 7 ta viloyatga: Samarqand, Toshkent,Farg`ona, 

Zarafshon,  Surxondaryo,Qashqadaryo  va  Xorazm  viloyatlariga  ajratildi.  Samarqand 

shaxri Respublika markazi etib (poytaxti) tasdiqlandi. 

 

1930  yilda  Respublika  poytaxti  Samarqanddan  Toshkentga  ko’chirildi.  1936 



yildaQoraqalpoІiston  MSSR  O’zbekiston  SSR  tarkibiga  kiritildi.  1937  yilda 

O’zbekiston  SSR  konstitusiyasi  qabul  qilingach,  Respublikaning  ma'muriy-hududiy 

bo’linishi  ma'muriy  birliklarni  yiriklashtirish  va  yangi  viloyatlar  tuzish  yo’lidan 

bordi. 


1938 yilda Respublika tarkibida 5 ta viloyat Buxoro, Samarqand, Toshkent,Farg`ona, 

Xorazm viloyatlari tashkil qilindi; 

1941  yilda  Andijon,  Namangan  va  Surxondaryo  viloyatlari, 1943  yildaQashqadaryo 

viloyati,  1963  yilda  Sirdaryo  viloyati,  1973  yilda  Jizzax  viloyati  va  1982  yilda 

Navoiy viloyati tashkil etildi.  

 

Shunday  qilib  hozirgi  kunda  (2003  yilda)    O’zbekiston  davlati  hududida 



ma'muriy jihatdan bitta respublika 12 ta viloyat, 163 ta rayon mavjud. 

2. O’zbekistonning iqtisodiy rayonlari. 

Mamlakatimizni ma'muriy-hududiy birliklarga ajratish bilan birga uni iqtisodiy 

rayonlarga  ajratish  ham  muhim  ilmiy  va  amaliy  ahamiyatga  egadir.  Odatda, 

respublikaning  ichki  iqtisodiy  rayonlari  (hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari) 

chegarasi  asosan  viloyatlar  chegaralariga  mos  keladi.  Chunki  ishlab  chiqaruvchi 

kuchlarni  majmui,  ya'ni  xo’jalik  tarmoqlari  korxonalarini  bir-biriga  boІliq  xolda 

rejalashtirish,  joylashtirish  va  rivojlantirish  yirik  ma'muriy  birliklar  (respublika, 

viloyatlar) doirasida amalga oshiriladi. 

 

Lekin  ayrim  hollarda  turli  ko’rsatkichlarga,  masalan,  tarixiy  rivojlanish 



hususiyatlari,mustahkam  iqtisodiy  aloqalar,  yagona  resurslar  va  infratuzilma,  ishlab 

chiqarish  aloqalari,  rivojlanish  istiqbollariga  qarab  mamlakat  ichidagi  iqtisodiy 

rayonlar  bitta  emas,  balki  bir  nechta  viloyatni  o’z  ichiga  olishi  xam  mumkin. 

(m:Farg`ona iqtisodiy-geografik rayoni va h.k. ) 

Shuningdek,  bundan  boshqa  sabablar  ham  bo’lishi  mumkin.  Jumladan,  ba'zi 

viloyatlar  sanoat  jixatidan  yuqori  darajada  rivojlanmagan  bo’lsa,  uni  alohida  rayon 

(hududiy  ishlab  chiqarish  majmui)  sifatida  ajratmay,  xo’jalik  ixtisosi  o’xshash 


 

49 


bo’lgan  qo’shni  viloyatlar  bilan  birlashtirish  mumkin  (m:  Mirzacho’l,Qo’yi 

Amudaryo). 

 

Umuman  rejalashtirish,  xususan,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  rejalashtirish, 



ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  joylashtirish  va  rivojlantirishning  samaradorligini 

oshirish  uchun  ma'muriy  birliklar  bilan  hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari 

chegarasining mos kelishi eg maqbul holat hisoblanadi. 

 

O’zbekistonni  rivojlantirish  masalalari  bilan  respublikamiz  olimlaridan  Z.M. 



Akramov,  K.N.  Berdinsev,  N.G.  Sapenko  va  boshqalar  samarali  shuІullanganlar.  Z. 

M.  Akramov  taklif  etgan  bo’linish  bo’yicha  8  ta  iqtisodiy  rayon  (hududiy  ishlab 

chiqarish majmui) ajratiladi. Bular:  

1.  Toshkent iqtisodiy-geografik rayoni (Toshkent viloyati va Toshkent shaxri); 

2.  Mirzacho’l iqtisodiy-geografik rayoni 

(Sirdaryo va Jizzax viloyatlari); 

3. Farg`ona iqtisodiy-geografik rayoni (Farg`ona, Andijon, Namangan viloyatlari); 

4.  Samarqand iqtisodiy-geografik rayoni (Samarqand viloyati); 

5.  Buxoro-Navoiy iqtisodiy-geografik rayoni  

 (Buxoro, Navoiy viloyatlari); 

6. Qashqadaryo iqtisodiy-geografik rayoni (Јashqadaryo viloyati).; 

7. Surxondaryo iqtisodiy-geografik rayoni (Surxondaryo viloyati); 

8.  Quyi  Amudaryo  iqtisodiy-geografik  rayoni  (Xorazm  viloyati  va  QoraqalpoІiston 

respublikasi). 

quyida 

ana 


shu 

iqtisodiy-geografik 

rayonlar 

(hududiy 

ishlab 

chiqarish 



majmualari)ning iqtisodiy-geografik o’rni, tabiiy va mehnat resurslari hamda xo’jalik 

xususiyatlari bilan qisqacha tanishamiz. 

Toshkent iqtisodiy-geografik rayoni. 

Toshkent  iqtisodiy-geografik  rayoni  ma'muriy  jihatdan  Toshkent  viloyatidan  iborat 

bo’lib,  uning  maydoni  15,6  ming  km2,  aholisi  4  mln.  482  ming  kishi  (1999  y.). 

Toshkent  iqtisodiy-geografik  rayoni  O’zbekistonimizning  eng  taraqqiy  etgan  sanoat 

rayoni hisoblanadi. O’zbekiston sanoati asosiy ishlab chiqarish fondlarining va sanoat 

ishlab  chiqarishida  band  bo’lgan  aholining  deyarli  yarmisi,  yalpi  sanoat 

mahsulotining  40%  idan  ortiІi,  keyingi  yillarda  tez  rivojlanayotgan  kooperativ, 

hamkorlikdagi  korxonalarning  40%iga  yaqini  Toshkent  iqtisodiy  rayoniga  to’Іri 

keladi.  Sanoatning  negizini  oІir  sanoat  tarmoqlari  (mashinasozlik,  elektroenergiya, 

metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari) sanoati tashkil qiladi, yengil va oziq-ovqat 

sanoatlari ham ancha yaxshi taraqqiy etgan. 

Toshkent iqtisodiy rayonida qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlangan. Respublika qishloq 

xo’jaligi  yalpi  mahsulotining  11,3%  ini  shu  iqtisodiy  rayon  beradi.  Ayrim  qishloq 

xo’jalik  mahsulotlari  (kartoshka,  sabzavot,  kanop)  yetishtirishda  iqtisodiy  rayon 

respublikada birinchi o’rinni egallaydi. 

Mirzacho’l  iqtisodiy-geografik rayoni. 

Mirzacho’l iqtisodiy rayoni ma'muriy jihatdan ikkita viloyat - Jizzax va Sirdaryo 

viloyatlaridan iborat bo’lib, maydoni 25,6 ming km2, aholisi 1 mln 591,6 ming kishi 

(1999y.).  Mirzacho’l  iqtisodiy  rayoni  yangi  yerlarni  o’zlashtirish  asosida  tarkib 

topgan bo’lib, respublika maydonining 5,7% ini va aholisining 6,5% ini tashkil qiladi. 

U  asosan  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarish  ixtisosiga  ega,  sanoat  jihatdan  ham  tez 

rivojlanayotgan iqtisodiy rayondir. 


 

50 


Bu  iqtisodiy rayon xo’jaligining negizini gidromeliorativ  -industrial-agrar sikl 

tarkibiga  kiruvchi  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  tashkil  etadi.  Mirzacho’l  yaxshi 

tarmoqlangan  irrigasiya-suІorish  tizimiga  ega.  SuІoriladigan  yerlar  va  kelajakda 

suІorish  mumkin  bo’lgan  maydonlar  ham  ko’p.  Iqtisodiy  rayon  hozirning  o’zida 

respublikamizda  yetishtiriladigan  paxtaning  14,2%ini,g`allaning  17,5  %ini  beradi. 

Ayrim  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda  ham  uning  salmoІi  oshib  bormoqda. 

Jumladan, respublikada hosil qilinadigan elektr quvvatining 30,8%i, tayyorlanadigan 

paxta  tolasining  13,2%ini  Mirzacho’l  iqtisodiy  rayoni  bermoqda.  Kelajakda  yangi 

yerlarni o’zlashtirish, boy tabiiy resurslarni ishga solish natijasida iqtisodiy rayonning 

qishloq xo’jalik va sanoat mahsulotlaridagi salmoІi yana ortadi. 



Fargona iqtisodiy-geografik rayoni. 

Farg`ona  iqtisodiy  rayoni  ma'muriy  jihatdan  Andijon,  Namangan,Farg`ona 

viloyatlarini birlashtiradi, maydoni 19,2 ming km2, aholisi 6 mln. 641,3 ming kishi. 

(1999y.). 

Respublika  hududining  atigi  4,3%ini  egallagan  bu  iqtisodiy  rayonda 

O’zbekiston  aholisining  26,9%i  yashaydi.  U  xo’jalik  jihatdan  respublikaning  eng 

rivojlangan  hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari  qatoriga  kiradi.  O’zbekistonda 

ishlab  chiqariladigan  yalpi  sanoat  mahsulotining  4G'1  qismi,  qishloq  xo’jalik 

mahsulotining 24,9%, shu jumladan, paxtaning 27,0%, xom ipakning 44,5%, ana shu 

rayon hissasiga to’Іri keladi. 

Fargona  iqtisodiy  rayonining  xo’jiligi,  transport  va  infratuzilma  tarmoqlari 

Tojikiston  (Xo’jand  viloyati)  va  Qirg`iziston  (O’sh  viloyati)  respublikalari  bilan 

boІliqdir.Farg`ona  iqtisodiy  rayonining  bu  respublikalarga  tutashgan  qismini  bir-

biridan  ajralgan  holda  tasavvur  qilib  va  rivojlantirib  bo’lmaydi.  Iqtisodiy  rayon 

hissasiga  respublikada  hosil  qilingan  elektr  quvvatining  atigi  5%  i  to’Іri  keladi. 

Iqtisodiy rayon zarur elektr quvvatini qo’shni respublikalardan oladi. 



Samarqand iqtisodiy-geografik rayoni. 

Samarqand  iqtisodiy  rayoni  shu  nomli  viloyatni  o’z  ichiga  olgan  bo’lib, 

maydoni 13,9 ming km2, ya'ni jumhuriyat hududining 3% ga yaqinini tashkil qiladi. 

U  kattaligi  jihatidanQo’yi  Amudaryo,  Buxoro-Navoiy  va  Mirzacho’l  iqtisodiy 

rayonlaridan keyin to’rtinchi o’rinda turadi. Aholisi 2 mln. 615,3 ming kishini tashkil 

qiladi (1999 y), respublika aholisining 11,6% ini tashkil qiladi. Aholisi soniga ko’ra 

F`arg`ona va Toshkent iqtisodiy rayonlaridan keyin turadi.  

Bu  iqtisodiy  rayon  respublikaning  yirik  sanoat-agrar  hududiy  ishlab  chiqarish 

majmualaridan  biridir.  U  respublika  yalpi  sanoat  mahsulotining  9%  ini  yetkazib 

beradi.  Bu  jihatdan  u  Toshkent  va  Farg`ona  iqtisodiy  rayonlaridan  keyin  uchinchi 

o’rinda turadi. Iqtisodiy rayon respublika konserva mahsulotlarining 30% ga yaqinini, 

shoyi  gazlamaning  11,7%  ini,  paxtaning  8%  dan  ortiqroІini,  pillaning  10%  ini, 

g`allaning  12%  ga  yaqinini,  kartoshkaning  20%  ini,  uzumning  30%  ini,  tamakining 

96% ini yetkazib beradi. 



 

Navoiy-Buxoro iqtisodiy-geografik rayoni. 

Bu  iqtisodiy  rayonga  Buxoro  va  Navoiy  viloyatlari  kiradi.  Uning  maydoni 

153,8  ming  km2  bo’lib,  respublika  hududining  34%  ini  tashkil  qiladi.  Kattaligi 

jihatidan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan keyin turadi. 



 

51 


Aholisi  2  mln.  169,4  ming  kishi  (1999  y),  respublika  aholisining  8,1%  ini  tashkil 

qiladi. 


 

Buxoro-Navoiy  hududiy  ishlab  chiqarish  majmui  respublika  mehnat 

taqsimotida  sanoat-agrar  iqtisodiy  rayonlardan  biri  bo’lib,  O’zbekiston  yalpi  sanoat 

mahsulotining 8%  ini, paxtasining 12%  ini, pillasining 15%  ini, qorakul terilarining 

44,5%  ini  yetkazib  beradi.Hududining  90%  tekislikdan  iborat.  Iqtisodiy  rayon 

respublika  elektr  quvvatining  17,7%  ini  ishlab  chiqaradi. (asosan  Navoiy  G.R.E.S.I. 

da).Qorako’lchilik  yildan-yilga  rivojlanib  bormoqda.  M:  2000  yilda  660  mingdan 

ziyod qorako’l terilari tayyorlandi. 



Qashqadaryo iqtisodiy-geografik rayoni. 

 

Bu iqtisodiy rayon faqatQashqadaryo viloyatidan iborat bo’lib, respublikaning 



janubida joylashgan, maydoni 28,4 ming km2, respublika hududining 6,3% ini tashkil 

qiladi.  Aholisi  2  mln.  100,4  ming  kishi.  Iqtisodiy  rayon  respublika  yalpi  sanoat 

mahsulotining  14,2%  ini,  paxtasining  11,1%  ini,  pillasining  7%  ini,  qorako’lining 

27,5% ini,g`allasining 14,3% ini yetkazib beradi. 

Sanoat tuzulmasida yengil sanoat yetakchi bo’lib, sanoat yalpi mahsulotining 51% ini 

beradi.  

 

Iqtisodiy  rayon  respublikada  tayyorlanadigan  qorako’l  terilarining  27,5%  ini, 



junning  16,3%  ini  yetkazib  beradi.  Bu  sohada  u  respublikada  Buxoro-Navoiy 

iqtisodiy rayonidan keyin, ikkinchi o’rinda turadi. 

 

Surxondaryo iqtisodiy-geografik rayoni. 

 

Bu iqtisodiy rayon Surxondaryo viloyatidan iborat bo’lib, O’zbekistonning eng 



janubida  joylashgan,  shimoli-sharqda  Tojikiston  respublikasi,  shimoli-Іarbda 

Qashqadaryo  iqtisodiy  rayoni,g`arbda  Turkmaniston  davlati,  janubda  Amudaryo 

orqali  Afg`oniston  Islom  respublikasi  bilan  chegaralanadi.  Iqtisodiy  rayon  maydoni 

20,8 ming km2 bo’lib, respublika hududining 4,7% ini tashkil qiladi. Aholisi 1 mln. 

687,9 ming kishi (1999 y). 

 

Iqtisodiy  rayon  ingichka  tolali  paxta,  subtropik  mevalar,  erta  pishadigan 



sabzavot  yetishtirish,  ko’mir,  neft,  osh  tuzi,  qurilish  materiallari,  yod  ishlab 

chiqarishga ixtisoslashgan. 

 

Respublika mehnat taqsimotida Surxondaryo iqtisodiy rayoni o’zining intensiv  



qishloq  xo’jaligi  bilan  ajralib  turadi.  Iqtisodiy  rayon  xissasiga  respublika    qishloq 

xo’jaligida  foydalaniladigan  yerlarning  4,5%  i,  haydaladigan  yerlarning  7%  i, 

yaylovlarning 3,9% i to’Іri keladi. 

Respublika  paxtasining  10%  ini,  shu  jumladan  ingichka  tolali  paxtaning  75%  ga 

yaqinini, pillasining 3% ini beradi; qo’y-echkilarning 10,5 % i, qoramollarning 8,9% 

i shu iqtisodiy rayondadir. 

 

Quyi Amudaryo iqtisodiy-geografik rayoni. 

 

Bu  iqtisodiy  rayon  Qoraqalpogiston  respublikasi  va  Xorazm  viloyatini  o’z 



ichiga oladi. Maydoni 170,1 ming km2. Iqtisodiy rayon respublikaning shimoli-Іarbiy 

chekkasida  joylashgan.  U  o’z  maydoni  jihatidan  eng  katta  bo’lib,  respublika 

hududining 38% ini tashkil qiladi.Aholisi 2 mln. 561,8 ming kishi (1999 y). 

 

Qoraqalpogiston  respublikasi  va  Xorazm  viloyatlarining  bir  iqtisodiy  rayonga 



birlashishiga ularning umumiy iqtisodiy-geografik o’rni, xo’jalik ixtisosi, rivojlanish 

 

52 


istiqbollari  kabi  omillar  sabab  bo’lgan.Bu  iqtisodiy  rayon  O’zbekistonning 

shimolidagi  paxtachilik,  sholikorlik va  chorvachilikka  ixtisoslashgan  mintaqadir.  Bu 

iqtisodiy  rayon  O’zbekiston  paxtasining  14%  ini,  pillasining  11%  ini,  sholisining 

72%  ini,  qoramollarining  15%  ini,  qo’y-echkilarining  10%  iga  yaqinini,  sanoat 

mahsulotining 5,9% ini yetkazib beradi. 

 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin