Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari


-MAVZU. MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI AHOLISI VA



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix17.12.2019
ölçüsü0,54 Mb.
#29951
1   2   3   4   5   6   7   8
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


5-MAVZU. MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI AHOLISI VA 

TRANSPORT GEOGRAFIYASI. 

REJA. 

1. MOD aholisining tabiiy o’sishi va zichligi. 

2. MOD aholisining etnik kelib chiqishi va joylashishi. 

3. MOD transport geografiyasiga umumiy ta'rif. 



1. MOD aholisining tabiiy o’sishi va zichligi. 

Iqtisodiy  va  sosial  yoki  umumjahon  an'analariga  mos  ravishda  ijtimoiy 

geografiya  fani  tizimida  aholi  nihoyatda  muhim  va  markaziy  o’rinni  egallaydi.  U 

ba'zi  olimlar  ta'biri  bilan  aytganda, ijtimoiy  geografiya  fanining  ichki  o’zak  bo’lagi, 

qanoti sifatida xizmat qiladi. Shu bois iqtisodiy va sosial geografiyada aholiga e'tibor 

doimo kuchli bo’lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, geografiyada bajarilayotgan jamiki 

ilmiy ishlarning choragidan ko’proІi aynan ana shu aholi muammolariga to’Іri keladi. 

Chunki, mamlakat, uning iqtisodiy rayonlari, xalq xo’jaligini hududiy tashkil etish va 

rivojlantirishda  aholining  soni, tarkibi, takror  barpo qilinishi  rejimi, ishlab  chiqarish 

malakalari,  migrasion  harakati,  hududiy  joylanishi  xususiyatlari  kabi  ko’rsatkichlar 

katta ahamiyat kasb etadi. 

1996  yil  ma'lumotiga  ko’ra  Markaziy  Osiyo  hududida  55  million  kishi 

yashaydi.  Aholi  soni  davlatlararo  bir-biridan  keskin  farq  qiladi  (buni  quyidagi  1-

jadvaldan ko’rishimiz mumkin) 

 

 

 



 

№ 

 



D

av

la



tl

ar

 



 

May


-d

o

n



i (m

in

g



 

k

v



.k

m.

 



Jam

i aµ


ol

(m



ln

k



is

h

i 1



9

9

6



y

.)

 



Sh

u

n



d

an

 fo



iz 

b

il



an

 

2



0

0

2



5

 y

il



d

k



u

ti

la



y

o

tg



an

 ah


o

li

 



so

n

in



in

g

 t



ax

mi

n



(ml


n.k

is

hi



 µ

is

.)



 

 

 



 

 

Shaharda  Qishloqda 



 

Tojikiston 



143,1 

5,8 


33 

67 


13,1 

Turkmaniston 



488,1 

4,5 


45 

55 


7,9 

O`zbekiston 



448,9 

22,7 


41 

59 


42,3 

Qirg`iziston 



198,5 

4,4 


38 

62 


7,0 

Qozog`iston 



2717,3 

16,9 


57 

43 


20,5 

MOD bo`yicha 



3994,4 

54,3 


45,5 

54,5 


90,8 

  

Aholining  son  jihatidan  o’sishi  (dinamikasi)  uning  takror  barpo  qilinishi 



jarayoni  (tuІilish, o’lim  va  tabiiy  o’sish), hamda  mexanik harakati  (migrasiya)  bilan 

chambarchas  boІliqdir.  Bu  jarayonlarning  kechishiga  aholi  o’rtasida  shakllangan 

murakkab  tarixiy-an'anaviy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  xususiyatlar  ham  katta  ta'sir 

ko’rsatadi. 



 

18 


Markaziy Osiyo davlatlarida yashovchi tub aholi ko’p jihatdan musulmonchilik 

udumlari  (ya'ni  ko’p  bola  ko’rish  aqidalari)ga  amal  qiladi.  Bu  aqidalarning  amal 

qilishida  islom  dinining  ham  ta'siri  bor,  albatta.  Markaziy  Osiyo  tub  aholisidagi 

farzandsevarlik  “O’nta  bo’lsa  o’rni  boshqa,  qirqta  bo’lsa  qilig`i”  maqolini  keltirib 

chiqargan.  Bu  maqol  shubhasiz  turkiy  xalqlar  tomonidan  asrlar  osha  to’qib 

chiqarilgan haqiqatdir. 

Aholining  tabiiy  o’sishi  bo’yicha  Markaziy  Osiyo  davlatlari  MDHga  a'zo 

bo’lgan  davlatlar  ichida  eng  yuqori  o’rinda  turadi.Har  ming  kishiga  hisoblanganda 

tabiiy  o’sish  va  o’lim  koeffisiyentiQirg`izistonda  26:8  kishini,Qozog`istonda  19:9, 

O’zbekistonda  31:7,  Tojikistonda  33:9  va  Turmanistonda  33:8  kishini  tashkil  etadi. 

Aholining bu xil ko’payishi ko’rsatkichi Rossiya va Ukrainaday yirik davlatlarda esa 

salbiydir,  ya'ni  har  ming  kishiga  aholining  o’sish  koeffisiyenti  esa  ularda  16  va  14 

kishiga to’Іri keladi. 

Rossiya fanlar Akademiyasi Demografik Markazining bashorat qilishicha 2025 

yilga  borib  MOD  aholisi  keskin  ko’payadi  va  91  mln.  kishiga  yetadi.  Jumladan, 

O’zbekistonning  aholisi  42,3  mln.kishiga,Qozog`istonniki-20,5;  Tojikistonniki-13,1; 

Turkmanistonniki-7,9;  Qirg`izistonniki  -  7  mln.  kishidan  ortib  ketadi.  Aholining 

tabiiy  o’sishi  yuqori bo’lganligi uchun ham  mazkur  davlatlarda  aholi soni  tez o’sib 

bormoqda. 

MOD  aholisining  ko’payishi  1995-2000  yillarda  quyidagicha  bo’lgan, 

O’zbekistonda  2561  ming  kishiga  ko’paygani  holatda,  Tojikistonda  -  645, 

Turkmansitonda  -  944,Qirg`izistonda  -  160  ming  kishiga  vaQozog`istonda  esa  atigi 

69 ming kishiga ko’paygan. 

Markaziy  Osiyoda  aholi  tabiiy  ko’payishi  ko’rsatkichlarining  yuqori  holda 

saqlanishi  bir  qator  ijtimoiy-iqtisodiy  sabablar  bilan  boІliqdir.  Ularning  asosiylari 

quyidagilardir: 

1. Musulmonlar va boshqa mahalliy millatlar vakillari orasidagi an'anaviy ko’p 

bolalikning barqaror holdaligi; 

2.  Rivojlangan  mamlakatlarga  xos  hozirgi  zamon  ilmiy  va  industrial  ishlab 

chiqarish madaniyatining nisbatan pastligi; 

3.  Urbanizasiya  darajasining  pastligi  tufayli  aholi  asosiy  qismining  qishloq 

xo’jaligi va u bilan boІliq ishlab chiqarish sohalarida bandligi

4.  Oilada  bolalar  sonini  oldindan  belgilash  va  tuІilishni  cheklash  choralarini 

qo’llashning keng tarqalmaganligi; 

5.  Mahalliy  millat  ayollari  orasida  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  ishtirok 

etmaydiganlar salmoІining anchagina ekanligi va boshqalar. 

Markaziy  Osiyo  davlatlari  aholisining  bandlik  darajasida  kattagina 

o’xshashliklar  bor,  masalan,  O’zbekiston  aholisining  45,8  foizi  qishloq  xo’jaligida, 

18,4  foizi  sanoatda,  35,8  foizi  xizmat  ko’rsatish  sohasida  band  bo’lgani  holda,  bu 

ko’rsatkichlar  Tojikistonda  54,5;  1,8;  28,7;Turkmanistonda  44,2;  19,2; 

36,6;Qirg`izistonda  42;  19,2;  38,7  foizni  tashkil  qiladi.  Regionlar  aholi  soniga 

nisbatan mehnat qilish yoshidagi aholi MODning barcha davlatlari uchun deyarli bir 

xil (50% atrofida) ko’rsatkichga ega. 

MOD  hududidagi  demogrfik  vaziyat  bir  tomondan  aholi  tabiiy  o’sishining 

yuqoriligi, 

ikkinchidan 

esa 

urbanizasiya 



darajasining 

pastligi 

bilan 

belgilanadi.Hanuzgacha  Markaziy  Osiyoning  ko’pgina  davlatlarida  aksariyat  aholi 



 

19 


qishloqlarda  yashaydi.  Masalan,  Turkmaniston  davlatida  aholining  55  foizi, 

O’zbekistonda-59  foiz,Qirg`izistonda  -  62  foiz,  Tojikistonda  67  foiz  qishloqlarda 

yashaydi. 

Markaziy Osiyoda aholi zichligi o’rtacha 1 kv.km.ga 13,8 kishini tashkil qiladi, 

bu  ko’rsatkich  davlatlararo  keskin  farq  qiladi.  Masalan,Qozog`istonda  -  6  kishini, 

Turkmanistonda - 7,2 kishini,Qirg`izistonda - 21,5 kishini, Tojikistonda  - 33 kishini 

va O’zbekistonda - 50,5 kishini tashkil qiladi. Aholi zichligidagi davlatlararo keskin 

farq aholining milliy tarkibi, hududlarning kattaligi, tabiiy o’sish darajasi va boshqa 

omillar bilan bog`langan. 

2. MOD aholisining etnik kelib chiqishi va joylashishi. 

Hozirgi  vaqtda  planetamiz  aholisining  miloddan  oldingi  davrdagi  etnik  holati 

haqidagi ma'lumotlarni faqat demograflar, arxeologlar, tarixchilar va fanning boshqa 

sohasidagi  mutaxassislar  tomonidan  o’tkazilgan  tadqiqotlar  natijalariga  tayangan 

holda haqiqatga ancha yaqin bo’lgan taxminlar bilan belgilanadi. Eramiz boshlariga 

kelib yer kurrasi aholisi taxminan 150-200 mln.kishiga, eramizning 1000 yiliga kelib 

qariyb  300  mln.ga  yetdi.  Bu  davrda  dunyoning  ko’p  joyida  odamlar  butunlay 

bo’lmagan yoki juda siyrak bo’lgan. Shu paytlarda planetamiz aholisining 2\3 qismi 

Osiyoda yashar edi. 

Boysun  tumanidagi  “Teshik  tosh”g`oridan  topilgan  Neolit  davrida  yashagan 

odam  suyaklarining  topilishi  va  boshqa  ko’plab  etnografik,  arxeologik  qazilmalar 

Markaziy Osiyo hududida qadimdan odamlar yashaganlgini isbotlamoqda. 

Markaziy Osiyoda hozirgi davrda yashovchi o’zbek, qoraqalpoq, qirІiz, qozoq, 

turkman, tojik xalqlarining tarixi bir-biri bilan uzviy bog`langan. Ularning ajdodlari - 

baqtriyaliklar, sogdiylar, saklar, massagetlar Turkiston va qisman Eronning bir qismi 

bo’lgan  Xuroson  hamda  Afg`onistonninnHindiqush  rayoni  hududida  istiqomat 

qilishgan.  Bu  hududdagi  Baqtriya  o’rnida  keyinchalik  Toxariston  davlati  vujudga 

kelgan.  Tez  orada  Toxariston  Sogdiana  davlati  bilan  qo’shilib,  Turkiston  hududida 

yirik Kushan imperiyasiga birlashadi. 

VII-VIII asrlarda Turkistonga arblar bostirib kiradi df erli xalqqa islom dinini 

zo`rlab qabul qildiradi.  

IX  asrning  oxiri  (874yil)da  BaІdod  xalifaligi  yemiriladi.  Samonidlar  davlati 

barpo  qilinadi.  Samanidlar  davlati  hukmronligi  davrida  Turkiston  hududida  100 

yilcha  tinchlik  hukmron  bo’ladi.  O’sha  davrning  alloma  olimlari  Abu  Rayhon 

Beruniy,  fors-tojik  poeziyasining  asoschisi  Rudakiy,  o’lmas  “Shohnoma” 

poemasining  muallifiG`irdavsiy,  tibbiyot  ilmining  darІasi  Abu  Ali  ibn  Sino  kabi 

o’nlab  mutafakkirlar  yetishib  chiqadi  va  jahon  fani  taraqqiyotiga  salmoqli  hissa 

qo’shadi. 

XII  asrning  o’rtalarida  Markaziy  Osiyo  hududida  Saljuqiylar  davlati  tarkib 

topadi.  XIII  asrning  boshi  (1219-1221  yillar)da  Turkistonni  Chingizxon  boshliq 

muІullar  ishІol  qildi.  1370  yilda  Turkiston  davlatining  tepasiga  Amir  Temurning 

kelishi feodal urushlarga chek qo’ydi.G`an va madanyat ravnaq topdi, ijodiy kuchlar 

birlashtirildi,  fan  olamida  dunyoga  donІi  ketgan  buyuk  siymolar  yetishib  chiqdi. 

Astranomiya,  geografiya,  tarix,  matematika,  adabiyot,  san'at  nihoyat  darajada 

rivojlandi. 

Mirzo  UluІbek,  Mir  Alisher  Navoiy,  Zahriddin  Bobur  o’sha  davrning  buyuk 

siymolari edi. 


 

20 


Amir  Temur  hukmronligidan  keyin  Turkiston  zaminida  ko’chmanchi  xalqlar 

o’rtasida  tez-tezg`alayonlar  bo’ldi.  1500-1507  yillarda  ko’chmanchi  qabilalarning 

dohiysi  Muhammad  Shaybonihon  butun  Turkistonni  o’z  qo’li  ostiga  oldi. 

Shaybonixon avlodlari 1598 yilgacha davlatni boshqardi. So’nra bu hududda Buxoro, 

Xiva vaQo’qon xonliklari vujudga keldi. 

XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olindi 

va bu zaminda Turkiston general-gubernatorligi joriy qilindi. 

1917-1924 yillarda Turkiston Rossiya tomonidan qayta ishІol qilindi va “O’rta 

Osiyo” va “ЈozoІizston” deb atala boshlandi. 

Bugungi  Markaziy  Osiyoning  aholisi  etnik  kelib  chiqishi  jihatidan  bir  xil 

bo’lgan, asrlar osha (va tinimsiz janglar) mobaynida shakllangan turkiy zabon tilida 

va unga yaqin bo’lgan tilda gaplashuvchi xalqlardir. 

Joylashishi. Markaziy Osiyoning mahalliy aholisi qadim-qadimdan daryo, soy 

bo’ylarida, Tog` yon baІirlarida va vodiylarda yashashadi. Ular faqat so’nggi yillarda 

cho’llarni  o’zlashtirish  bilan,  yangi-yangi  shaharlar  barpo  qilish  bilan  yashash 

geografiyasini  kengaytirishdi.  Markaziy  Osiyoning  xo’jalik  jihatidan  yaxshi 

o’zlashtirilgan  zonalarida,  vodiylarida  har  bir  kv.km.ga  aholining  zichligi  400-500 

kishini tashkil qiladi. Dengiz sathidan 1500 metr balandlikkacha bo’lgan zonada ham 

aholi manzilgohlari ko’p va aholi lalmikor dehqonchilik, meva va uzumchilik bilan 

shuІullanadi.  Undan  baland  yerlarda  aholi  manzilgohlari  siyrak  uchraydi  va  yaylov 

chorvachiligi, o’rmon xo’jaligi bilan shuІullanadi. 

3. MOD transport geografiyasiga umumiy ta'rif. 

Transport  Markaziy  Osiyo  davlatlari  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarining 

rivojlanishi va joylanishiga muhim ta'sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyoda hozirgi zamon 

transportining  deyarli  barcha  turlari  -  temir  yo’l,  avtomobil,  havo,  daryo,  quvur  va 

elektron transporti mavjuddir. 

Yaqin  o’tmishda  (sobiq  Ittifoq  davrida)  Markaziy  Osiyoda  yagona  transport 

tizimi  vujudga  keltirilmagan  edi.  Bu  esa  hududlari  yaxlit  bo’lgan,  xalq  xo’jalik 

tarmoqlari bir-biri bilan uziy bog`lanib ketgan region uchun o’ta zarur edi. 

Markaziy  Osiyoning  transport  tarixiga  bir  nazar  tashlaylik.Qadimda  u  Buyuk 

ipak  yo’li  (karvon  yo’li)da  bo’lgan.  ўarbiy  Yevropaning  Janubiy  va  Sharqiy  Osiyo 

bilan  iqtisodiy  aloqasi  karvon  yo’li  orqali  bo’lgan.  Bu  hududdan  o’tgan  karvon 

yo’lining  shaxobchalari  esa  qadimiy  Turkistondagi  hozirgi  mustaqil  davlatlarni  bir-

biri  bilan  bog`lagan.  Biroq  yaqin  o’tmishda  bu  yo’l  unut  bo’lgan.  Markaziy  Osiyo 

o’zining  chegaradosh,  qondosh,  jondosh,  yaqin  qo’shnilari  Turkiya,  Eron, 

Afg`oniston,  Pokiston,  Xitoy  davlatlari  bilan  ham  faqat  markaz  (Moskva)  orqali 

aloqa qilar edi xolos. 

Endilikda  Markaziy  Osiyoda  yagona  transport  tizimini  vujudga  keltirish 

tadbirlari  amalga  oshirilmoqda.Qadimgi  Buyuk  ipak  yo’lini  tiklashg`oyasi 

O’zbekiston  hukumatining  MOD  transport  kommunikasiyasini  vujudga  keltirish 

sohasida  amalga  oshirilayotgan  qutluІ  ishidir.  Ushbu  turkiy  zamin  uzra  o’tgan 

mazkur  yo’lning  (Buyuk  ipak  yo’li)  tiklanishi  MODning  transport  tizimida  buyuk 

o’zgarishlar qiladi. 

Hozirgi  vaqtda  Markaziy  Osiyo  davlatlari  temir  yo’l,  avtomobil,  suv  yo’li, 

havo va quvur transportlari orqali bir-birlari bilan bog`langan. Bu narsa MOD yagona 



 

21 


transport tizimini barpo qilish uchun muhim asos. Ushbu omiliy asosdan regiondagi 

barcha davlatlar keng va unumli foydalanishmoqda. 

Shuningdek,  Markaziy  Osiyoning  har  bir  davlati  xorijiy  davlatlarga 

chiqishning  o’ziga  xos  imkonyatlariga  egaki,  bu  imkoniyatlardan  ham  endilikda 

hamkorlikda  foydalanishga  kirishilmoqda.  Masalan,  Turkmanistondan  Eronga, 

“Oadjan-Saraxs-Mashhad”  temir  yo’l  magistrali  1996  yil  14  may  kuni  ishga 

tushirildi,  uzunligi  305  km.  yoki  “Toshkent-Osh-Urumchi”  marshruti  bo’yicha 

xalqaro avtomagistral  ishga  tushirildi; shuningdek,  “Turkmanboshi  (Krasnovodsk)  - 

Baku  -Poti  -  Bolgariya”  orqali  va  Dunay  daryosi  orqali  ўarbiy  Yevropa 

mamlakatlariga  chiqadigan”Transkavkaz”  kommunikasiyasi  ishga  tushirildi.  Bu 

yo’llardan 

hozirgi 


paytda 

Markaziy 

Osiyodagi 

davlatlar 

birgalikda 

foydalanishmoqda. 

1995  yilda  rejalashtirilgan  “Termiz-Hirot-Јobul-Karachi”  avtomobil  yo’lining 

qurilishi 2003 yilda boshlandi. 

Markaziy Osiyo davlatlari o’z transportini takomillashtirish va rivojlantirishda, 

ichki va tashqi aloqalarni kuchaytirishda yaratuvchanlik ishlarini amalga oshirmoqda. 

Yaqin kelajakda Markaziy Osiyo  yagona temir  yo’l, avtomobil yo’li, quvur, suv va 

havo transportining bir butun tizimi vujudga keladi. Bu narsa o’z-o’zidan Markaziy 

Osiyo  davlatlarining  tashqi  iqtisodiy  va  madaniy  aloqasini  kuchaytirib  regondagi 

ishlab  chiqarish  kuchlarini  jadal  rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  Keyingi  paytlarda 

Markaziy Osiyodagi elektr stansiyalarining yagona tizimiga ulanishi bilan regiondagi 

transportning  yangi  turi  -  elektron  transport  vujudga  keldi.  MODning  xalq  xo’jaligi 

tarmoqlarini rivojlantirishda bu transportning salmog`i tobora ortib boraveradi. 

 

Tayanch so’zlar. 

Aholining tabiiy o’sishi, aholi zichligi, shahar va qishloq  aholisi. Regionning 

tub  aholisi,  etnik  kelib  chiqishi.  Urbanizasiya  darajasi.  Aholi  joylashuvi. 

Turkistondan  yetishib  chiqqan  buyuk  allomalar.  Saljuqlar  davlati.  Baqtriya. 

Toxariston.  Arablarning  kelishi.  Chingizxon  davlati.  Amir  Temur  hukmronligi. 

Buxoro amirligi.Qo’qon va Xiva xonliklari. Sobiq Ittifoqning tarkib topishi. Yagona 

transport  tizimi.  Temir  yo’l,  avtomobil  yo’li,  quvur  va  daryo  transporti,  havo  va 

elektron  transport.  Buyuk  ipak  yo’li.  Xalqaro  ahamiyatga  ega  bo’lgan  transport 

kommunikasiyalari. 

 

 

6-MAVZU. IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI, 



REGIONLARNING RIVOJLANISHDAGI FARQLARI. XALQ 

XO’JALIGINING YETAKCHI MAJMUALARI. 

REJA: 

1. MOD xalq xo’jaligining tarkib topishi. 

2. MOD sanoati va qishloq xo’jaligi. 

3. MOD xalq xo’jaligining yetakchi majmualari. 

 

1. MOD xalq xo’jaligining tarkib topishi. 

Markaziy  Osiyo  davlatlarining  xalq  xo’jaligi  yaqin  yaqinlargacha  “SSSR 

iqtisodiyoti  -  yagona  xalq  xo’jalik  tizimi”ga  moslashtirilgan  edi.  U  har  jihatdan 


 

22 


Markazga  tobe  edi  va  shu  “tizim”ga  bog`lab  tashlangan  edi.  Buning  ma'nosi  shu 

ediki, ular yuqori (markaz)ning ko’rsatmasi bilan o’zlarida xalq xo’jaligining ayrim 

turlarinigina  rivojlantirish,  ayrim  turlarini  esa  har  qancha  qulay  shart-sharoit  bo’lsa 

ham  rivojlantirmasliklari  shart  edi.  Markaz  bu  borada  aniq  gektarni,  aniq  miqdorni 

ham  belgilab  berardi.  Sotsializm  va  kommunizm  quramiz  shiori  bilan  o’tgan  o’sha 

(1924-1991)  yillarda  Markaziy  Osiyo  hududidagi  bugungi  mustaqil  davlatlar 

mamlakatning xom ashyo rayoniga aylantirilgan edi. Markaziy Osiyo xalq xo’jaligi 

bir tomonlma (faqat xom ashyo yetkazib beradigan tarzda) rivojlangan edi. U Sovet 

Ittifoqining yoqilІi (ko’mir, neft, gaz) va metallurgiya sanoati (rangli metall rudalari, 

noyob  va  nodir  metallar),  qurilish  materiallari  (tabiiy  tosh,  marmar)  va  oziq-ovqat 

hamda  yengil  sanoat  xomashyolari  (paxta  tolasi,  tabiiy  ipak  tolasi,  jun  tolasi,  teri, 

don, meva, vino materiallar) yetkazib beruvchi asosiy rayonga aylangan edi. 

Markaziy  Osiyodagi  barcha  davlatlar  o’z  iqtisodiyotini  rivojlantirishning 

o’ziga  xos  markazga  tobelik  xususiyatlariga  ega  edi.  Bu  xususiyat  “Rossiya 

imperiyasi”ning olib borgan siyosati natijasi edi. Markaziy Osiyoda xalq xo’jaligini 

rivojlantirish,  yurgizish,  uning  asosiy  sohalarida  bir  tomonlamalikka  tayangan  edi. 

Bugungi  Markaziy  Osiyo,  ya'ni  SSSR  parchalanib  ketgan,  uning  o’rnida  mustaqil 

davlatlar vujudga kelgan bir palladagi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti yaqin o’tmishning 

ushbu asoratidan kutilgan emas va bu asorat uning iqtisodiyotini rivojlantirishda uzoq 

vaqtlargacha o’z ta'sirini ko’rsatib turadi. 



2.  MOD  sanoati.  Markaziy  Osiyo  iqtisodiyotida  sanoatning  ulushi  katta.  Bu 

yerda  yoqilg`i-energetika,  rangli  va  qora  metallurgiya  sanoati,  qishloq  xo’jaligi 

mashinasozligi,  qurilish  materiallari  sanoati,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati  tarkib 

topgan  va  ularning  o’nlarcha  yo’nalishlari  rivojlantirilgan.  O’lka  sanoat  ishlab 

chiqarishda  kattagina  regional  farqlar  bor.  Masalan,  Markaziy  Osiyoning  hududiy 

jihatdan  yirik  bo’lmish  va  sanoati  ancha  rivojlangan  regioniQozog`izston  davlatida 

neft  va  ko’mir,  har  xil  mashinasozlik,  qurilish  materiallari  sanoati,  oziq-ovqat  va 

yengil  sanoat  rivojlangan.  MODning  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  regioni  - 

O’zbekistonda yoqilІi-energetika va rangli metallurgiya sanoati, qishloq xo’jaligi va 

transport  mashinasozligi,  kimyo  va  neftokimyo  sanoati,  qurilish  materiallari  va 

farfor-oayns  sanoati,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati  tarmoqlari.Qirg`izistonda  ko’mir 

sanoati  tarmoqlari,  energetika  sanoati,  avtomobilsozlik,  priborsozlik,  oziq-ovqat 

sanoati  tarmoqlari,  Turkmanistonda  neft  qazib  olish  va  neftni  qayta  ishlash  hamda 

gaz sanoati, ximiya sanoati, neft sanoati mashinasozligi ayniqsa rivjlangan. 

Markaziy Osiyo davlatlari o’z siyosiy mustaqilliklarini qo’lga kiritishlari bilan 

sanoat  ishab  chiqarishdagi  qoloqliklarini  bartaraf  qilish  yo’lini  izlamoqda  va  bu 

borada  salmoqli  ishlar  qilmoqda.  Mazkur  davlatlar  oldidagi  birinchi  galdagi  vazifa 

iqtisodiy qoloqlikdan chiqish yo’llarini izlab topish, azalda bo’lganidek, o’lkani xom-

ashyo  rayonidan  sanoatning  barcha  tur  mahsulotlarini  murakkab  vazifani  bajarish 

Markaziy Osiyo davlatlaridan oqilona ish yuritishni, MODaro iqtisodiy integratsiyani 

rivojlantirib  yaxlit  iqtisodiyotni  barpo  qilishni,  ilmiy  va  o’zaro  (davlatlararo) 

ishonchga tayangan siyosat olib borishni taqozo qiladi. 

Endilikda MOD rivojlanishning yangicha poydevorini quymoqdalar. Jumladan, 

birinchidan  xalq  xo’jaligining ko’p  sohalarini  rivojlantirishda  umumiylik  (bir-biriga 

bog`liqlik)  asos  qilib  olinmoqda.  Sanoatni,  agrosanoat  majmuini,  xalqaro  transport 

kommunikatsiyasini  yaratish  va  transport  aloqalarini  rivojlantirishda  rejalashtirish 



 

23 


ishlari umumiy asosda tashkil qilinmoqda. Orol dengizining taqdiri regionda vujudga 

kelgan  keskin  vaziyatni  barqarorlashtirish  ham  MODda  umumiylik  asosida  o’z 

yechimini  topmoqda.  MODning  bir-birlari  bilan  yaqin  qo’shnichilik,  qon-

qarindoshlikka  tayangan  diplomatik  munosabatlar  o’rnatish,  iqtisodiy,  savdo-sotiq, 

texnikaviy,  madaniy  aloqalarni  yo’lga  qo’yish,  yirik  sanoat  va  yo’l  qurilishlarini 

amalga  oshirishdagi  hamkorligi  davrimiz  taqozosiga  aylangan.  Ikkinchidan  esa, 

Markaziy  Osiyo  davlatlarining  jahonning  rivojlangan  mamlakatlari  bilan  bevosita 

aloqa  o’rnatish,  ularning  texnika  vositalaridan,  ishbilarmon  mutaxassis  kadrlaridan 

foydalanish  MODda iqtisodiyotni  rivojlantirishning  yangi asoslarga  qurilgan  muhim 

poydevordir. 



MOD qishloq xo’jaligi. MOD xalq xo’jaligida qishloq xo’jaligi muhim o’rin 

tutadi.  Uning  yetakchi  tarmoqlari  o’simlikshunoslikda:  paxtachilik  va  paxta 

kompleksi,  donchilik  (ayniqsa,  buІdoy  va  sholi  yetishtirish),  mevachilik  va 

uzumchilik,  polizchilik  va  sabzavotchilik;  chorvachilikda:  qoramolchilik  va 

qo’ychilik, yilqichilik va tuyachilik, parrandachilik va baliqchilik.Qishloq xo’jaligida 

regional  farqlar  ham  borligi  ko’zga  tashlanadi.  O’zbekiston  paxtachilik  va 

donchilikda,Qozog`izston 

dehqonchilikka, 

Turkmaniston 

va 


Tojikiston 

paxtachilikka,Qirg`iziston  davlati  esa  mayin  tolali  jun  yetishtirishga  o’ta  darajada 

ixtisoslashgan. 

Markaziy  Osiyo  qishloq  xo’jaligi  ham  bir  tomondan  tarmoq  tuzilishini 

o’zgartirmoqda, ikkinchi tomondan esa agrosanoat integrasiyasi negizida rivojlanish 

yo’liga  o’tmoqda.  Endilikda  Markaziy  Osiyoning  ko’pgina  davlatlarga  xos  bo’lgan 

jarayon paxta “yakkahokimligi”ga barham berish, paxtadan bo’shagan yerlarga donli 

ekinlar ekish va shu bilan birga mahalliy xalqning don va don mahsulotlariga bo’lgan 

ehtiyojini  qondirishdan  iborat.  Meva  va  uzum  yetishtirish  doirasi  ham 

kengaytirilmoqda.  Chorvachilik  ham  turk  xalqlari  ehtiyojidan  kelib  chiqib  jiddiy 

o’zgarishlar qilinmoqda. Jumladan, barcha davlatlarda cho’chqachilik tugatilib, uning 

o’rniga qo’ychilik rivojlantirilmoqda. Yaylov chorvachiligining doirasi toraymoqda, 

chorva mollarini qo’lda boqishga e'tibor qaratilmoqda. 

Јishloq xo’jaligi xom ashyosi rayoni bo’lmagan ushbu region qishloq xo’jalik 

mahsulotlarining xomashyo tarzida boshqa regionlarga chiqarishga chek qo’yilmoqda 

va  ularni  joy-joyida  sanoat  usulida  qayta  ishlash  avj  olmoqda.  Shu  asosda  MOD 

agrosanoat majmui izchillik bilan rivojlanib boryapti. Iqtisodiyotda bunday ish tizimi 

ham  region  xalq  xo’jaligida  umumiylikni  ta'minlamoqda.  Markaziy  Osiyoning 

alohida  olingan  davlatlari  agrosanoat  majmui  mahsulotlari  yetishtirish,  ishlab 

chiqarish  va  xarid  qilish  bo’yicha  keng  hamkorlik  qilmoqda.  Masalan,  yaqin 

kelajakda  Qozog`izston  davlati  MOD  xalqlarining  don  va  don  mahsulotlariga, 

O’zbekiston  va  Tojikiston  qozoq  xalqining  ho’l  meva  va  uzum  mahsulotlariga 

bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Turkmaniston turkiy  xalqlarning sitrus 

mevalariga,Qirg`iziston  shakar-qand  va  mayin  tolali  jun  mahsulotlariga  bo’lgan 

ehtiyojini  qondirishga  xizmat  qiladi.  Shu  tarzda  Markaziy  Osiyo  iqtisodiyotida 

umumiylik  boshlanadi,  aste-sekin  yagona  xalq  xo’jalik  tizimi  -  MODaro  yaxlit 

iqtisodiyoti qaror topadi. Iqtisodiy taraqqiyotdagi bu tizimning bosh yo’nalishi biron 

bir  markazning,  biron-bir  alohida  olingan  xalqning  manfaatiga  emas,  balki  turkiy 

xalqlarning mushtarak manfaatlariga xizmat qiladi. 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin