Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix17.12.2019
ölçüsü0,54 Mb.
#29951
  1   2   3   4   5   6   7   8
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 



MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 

 

 



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 



GEOGRAFIYA KAFEDRASI 

 

 



 

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI 

GEOGRAFIYASI 

(ma'ruzalar matni) 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Termiz


 

 

 



 

 

Ma'ruzalar matnida Markaziy Osiyo davlatlarining chegaralari, geografik o’rni, 



xududiga  umumiy  ta'rif  berilgan.  Markaziy  Osiyo  xududining  geologik  tuzilishi, 

rel`yefi atroflicha yoritilgan  hamda tabiiy boyliklari, ularning tarqalish geografiyasi 

haqida  batafsil  so’z  yuritilgan.  Shuningdek,  iqlimi  va  unga  ta'sir  qiluvchi  omillar, 

ichki  suvlariga  ham  ta'rif  berilgan.  Markaziy  Osiyo  hududining  tuproq,  o’simlik  va 

hayvonot dunyosi haqida ham atroflicha mulohazalar yuritilgan. 

Ma`ruza  matnida  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarining  “Iqtisodiy  va  ijtimoiy 

geografiyasi”ga  xam  8  soatlik  ma'ruzalar  tayyorlangan  va  bunda  aholisi,  transporti, 

xalq ho’jaligining yetakchi majmualari atroflicha yoritilgan. Markaziy Osiyodagi har 

bir mamlakatga iqtisodiy-geografik nuqtai nazardan ta'rif berilgan. 

Ma'ruza  matnining  oxirgi  qismida  O’zbekiston  Respublikasiga  tabiiy  va 

iqtisodiy  geografik  ta'rif  berilgan,  unda  geografik  o’rni,  iqtisodiy  rivojlanish 

xususiyatlari, ma'muriy hududiy bo’linishi va iqtisodiy rayonlariga ta'rif berilgan. 

 

 

 



 

 

Mualliflar: g.f.n., dos. Allanov Q.,. 



 

 

Mas`ul muharrir: k.o`q., g.f.n. Abdunazarov X. 



 

 

Taqrizchilar: o’qit. Choriyev A., k.o’qit. Umarova M. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



1-mavzu. 

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING TARKIB TOPISHI

HUDUDI, CHEGARALARI VA GEOGRAFIK O’RNI  

REJA: 

1. MOD ning tarkib topishi. 

2. Hududi va chegaralari. 

 

3. Geografik o’rni. 



1.  Markaziy Osiyo davlatlarining tarkib topishi. 

1990 yillarning boshidan xorijiy mamlakatlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy 

hayotida tub o’zgarishlar ro’y berdi. Ayniqsa, NSSRning parchalanib ketishi va uning 

o’rnida  mustaqil  davlatlarning  vujudga  kelishi  kishilarning  xorijiy  mamlakatlar 

haqidagi  tasavvurini  yana  ham  kengaytirdi  va  ayni  paytda  o’zgartirib  ham  yubordi. 

Eski  imperiya  -  Sovet  Ittifoqining  yemirilishi  bilan  Markaziy  Osiyo  zaminida 

Tojikiston,  O’zbekiston,Qirg`iziston,Qozog`iston  va  Turkmaniston  davlatlari  tarkib 

topdi.  Ularni  mustaqil  davlat  sifatida  jahondagi  ko’plab  mamlakatlar  tan  olishdi  va 

mazkur  davlatlarning  barchasi  bilan  diplomatik  munosabatlar  o’rnatishdi.  Markaziy 

Osiyo davlatlarining barchasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo qilib olindi. 

Markaziy Osiyo Yevroosiyo materigining o’ziga xos yirik geografik rayoni. Bu 

regiondagi  mustaqil  davlatlar  uzoq  va  yaqin  o’tmishda  yaxlit  bo’lgan,  bir  bo’lgan. 

Amir Temur ta'kidlaganidek, ularning “ mulki turon, millati turk” bo’lgan 

Zamini  bir  bo’lgan  turkiy  xalqlarning  tili,  dini  bir,  urf-odati,  madaniyati, 

maorifi, mashІuloti bir bo’lgan. 

O’z  davrida  Markaziy  Osiyo  xalqlari  jahon  fani  va  madaniyatining 

rivojlanishiga beqiyos katta xissa qo’shgan. Turkistonlik allomalar, tabiyot va diniy 

ilmning  siymolari,  jaxongashta  sarkardalar,  o’z  davrining  atoqli  arboblari  butun 

dunyoga ma'lum va mashxur bo’lgan. “Sovet Ittifoqi” deb atalmish eski tuzum hukm 

surgan (1917-1991) yillarda Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlar  taxqirlandi, ularning 

madaniy  boyliklari  toptaldi,  yaxlit  hududlari  parcha-parcha  qilib  tashlandi.  Shu 

davrgacha  kishilar  parchalangan  Markaziy  Osiyo  davlatlarini  “O’rta  Osiyo”  (yoki 

“O’rta Osiyo Res. Va Qozog`iston) timsolida o’qib o’rganishdi. “O’rta Osiyo” degani 

Osiyoning  geografik  markazi,  o’rta  qismi  degani  emasmi?!  Holbuki  Osiyoning 

geografik  markazi  bizning  hududimizdan  ancha  yiroqda  -  Sharqiy  Sibirdagi  Tuva 

Respublikasining poytaxti -Qizil shahridir. 

Endilikda  vaziyat  o’zgardi.  Markaziy  Osiyoning  siyosiy  kartasida  yuqorida 

zikr  qilingan  mustaqil  davlatlar  tashkil  topdi.  Bu  davlatlar  kelajakda  o’zaro 

birlashish, bir-biriga yaqinlashishni parchalanishga qarshi qo’yadilar. Ular bir-birlari 

bilan  hududiy  yaxliolik,  yaqinlik  (bog`langanlik)ni,  xalqlarning  etnik  kelib  chiqishi 

va  qon-qardoshlikka  tayangan  tarixiy  birligini  inobatga  olib  yaqin  kelajakda  tenglik 

asosiga  qurilgan  iqtisodiy,  texnikaviy,  madaniy  aloqalarini  qayta  tiklashlari, 

rivojlantirishlari shak-shubhasizdir. 

2. Hududi va chegaralari. 


 

Markaziy  Osiyo  (Turkiston)  davlatlari  asosan  Osiyo  qit'asining  Markaziy 



qismida  joylashgan.  Shuningdek,  uning  hududi  Yevropa  qit'asiga  ham  daxldor. 

Chunki  Markaziy  Osiyo  hududining  bir  qismi  Ural  daryosidan  tokiQozog`iston 

davlatining ўarbiy chegaralarigacha Yevropa qit'asidadir. 

Markaziy Osiyo davlatlarining  maydoni 3.994,4 kvG'km yoki uning maydoni 

Yevropa  qit'asi  maydonining  44%ga  teng.  Bu  hududga  7  ta,G`ransiya,  10,5, 

Yaponiya yoki Buyuk Britaniyaday davlatdan 16 tasini joylashtirish mumkin. 

MOD  shimol,  shimoli-sharq  va  shimoli-Іarbdan  Rossiya,  g`arbdan  Kaspiy 

dengizi  orqali  Shimoliy  Kavkaz  va  Kavkaz  orti  davlatlar  bilan,  janubdan  Eron  va 

Afg`oniston  hamda  janub  va  janubi-sharqdan  Xitoy  bilan  chegaradosh.  MODning 

shimoliy  chegaralari  nisbatan  tekislikdan,  janubiy  chegaralari  esa  baland  toІ 

sistemalari Tyan-Shan, Pomir, Oloy, KopetdoІ orqali o’tadi. 

MODning  joylashgan  o’rni  uning  ichki  taraqqiyotida  muhim  omil  bo’lib 

maydonga chiqadi. 

1-misol. Uning Rossiya bilan chegarasini olaylik, Markaziy Osiyo Rossiyaning 

iqtisodiy  jihatdan  ancha  rivojlangan  Volgabo’yi,  Ural,  Shimoliy  Kavkaz  va  ўarbiy 

Sibir  yirik  iqtisodiy  rayonlari  bilan  katta  masofada  chegaralangan.  Bu  iqtisodiy 

rayonlar  hududiga  MODning  ko’pgina  temir  yo’l  va  avtomobil  magistrallari 

o’tkazilgan  hamda  chegaradosh  davlatlararo  iqtisodiy  va  texnikaviy  aloqalar  yaxshi 

yo’lga qo’yilgan. Mazkur chegara ayniqsa, MODning yirik davlati -Qozog`istonning 

iqtisodiy taraqqiyotida muhim omildir. 

2-misol.  MOD,  G`arbda  Kaspiy  dengizi  orqali  o’tgan  chegaraga  ega.  Bu 

chegara  orqali  MOD  birinchidan  dengiz  baliqchiligining  va  suv  transportini 

rivojlantirish, ikkinchidan Kaspiy dengizi orqali Rossiya va Ukrainaning ichki daryo 

va dengizlari  (binobarin ichki iqtisodiy rayonlari)ga chiqish imkoniyatiga ega. 

3-misol.  Janubda  Eron,  Afg`oniston  va  Xitoy  bilan  o’tgan  chegara  Markaziy 

Osiyoning mazkur davlatlar va Osiyoning boshqa janubiy mamlakatlari bilan savdo-

sotiq  aloqalarini  olib  borish  imkoniyatlarini  beradi.  Bir  yarim  asr  mobaynida  uning 

Osiyo  davlatlariga  nisbatan  qulay  bo’lgan  geografik  o’rni  o’lka  taraqqiyotidagi 

muhim  omil  sifatida  foydalanilmadi.  Markaziy  Osiyo  davlatlari  qo’shni  davlatlar 

bilan  har  tomonlama  diplomatik  munosabatlar  o’rnatish  bilan  o’zaro  transport 

aloqalarini  rivojlantirishga  ham  kirishdi.Qozog`iston  va  Qirg`iziston,  Xitoy  bilan, 

O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Afg`oniston va Eron hamda Turkiya bilan 

avtomobil, temir yo’l va suv yo’li orqali ko’p tomonlama hamkorlik (borish-kelish) 

qiladigan, savdo-sotiq ishlarini amalga oshiradigan bo’ldi. Shubhasiz, qo’shnichilikka 

tayangan  Osiyo  mamlakatlari  bilan  boshlangan  bu  xil  munosabatlar  samarali 

natijalarga olib keldi. 



3. Geografik o’rni. 

Markaziy  Osiyo  Yevroosiyoning  markazidagi  juda  katta  ichki  o’lkadir. 

Markaziy  Osiyo  joylashgan  geografik  kengliklarda  Yevropadagi  O’rta  yer  dengizi 

mamlakatlari  -  Ispaniya,  Portugaliya,  Italiya,  Gresiya,  Bolgariya,  Albaniya  hamda 

qisman  Afrikadagi  Marokash,  Tunis  kabi  mamlakatlar  ham  xuddi  shu  kenliklar 

orasida joylashgan. Ularning hammasi tipik subtropik mamlakatlar hisoblanadi. Biroq 

Markaziy  Osiyo  ma'lum  geografik  omillar  ta'sirida  vujudga  kelgan  o’ziga  xos 

kompleks  tabiiy  sharoiti  tufayli  O’rta  yer  dengizi  subtropik  mamlakatlaridan  farq 

qiladi. Chunki Markaziy Osiyo iliq okean va dengizlardan juda uzoqda, buning ustiga 


 

u Hind okeanidan baland toІlar bilan to’silib qolgan materik ichidagi berk havzadir. 



Aksincha,  Markaziy  Osiyo  hududining  shimol  tomoni  ochiq  bo’lganidan  unga 

Shimoliy  muz okean tomonidan sovuq havo massalari bemalol kirib kela  oladi. Shu 

sababli Markaziy Osiyoga (Turkistonga) iliq okeanlardan nam va iliq havo massalari 

kamdan-kam  yetib  keladi.  Shuning  uchun  uning  ko’p  yerlari  quruq  cho’llardan 

iboratdi. 

Demak,  O’rta  yer  dengizi  mamlakatlari  tipik  subtropik  o’lkalar  bo’lsa, 

Markaziy  Osiyoning  ayrim  mintaqalaridagina  (janubiy  qismlari)  subtropik 

xususiyatlar, shakllangan va bu o’lka asosan quruq cho’l zonasiga kiradi, unda chala 

cho’l va toІ landshaftlari mavjud. 

Markaziy  Osiyo  o’lkasining  asosiy  tabiiy-geografik  xususiyatlariga 

quyidagilarni kiritish mumkin: 

1. Okeanlardan uzoqda va berk havzada joylashgan. 

2. Iqlimi keskin kontinental. 

3.  Sharq  va  janub  tomonlari  toІlar  bilan  o’ralgan  bo’lsa,  shimoli  vag`arbi 

ochiqdir. 

4. Tekisliklarida kenglik, toІlarida balandlik mintaqalari xosdir. 

 

Tayanch so’zlar. 

“Mulki  turon,  millati  turk”.  Turkiy  xalqlar.  Parchalangan  Turkiston.  Jahon 

siyosiy  xaritasi.  Xalqlarning  ytnik  kelib  chiqishi.  Yevroosiyo  qit'asi.  Rossiya 

G`ederasiyasi.  Eron  va  Afg`oniston  Islom  Respublikalari.  Xitoy  xalq  respublikasi. 

Magistral  yo’llar.  Keskin  kontinental.  Iqlim.  Subtropik  o’lka.  O’rta  yer  dengezi 

mamlakatlari. Berk havza. Iliq okeanlar. Shimoliy muz okeani. 

 

 

2-MAVZU. MARKAZIY OSIYO HUDUDINING GEOGRAFIK 

TUZILISHI, REL`YEFI VA FOYDALI QAZILMALARI 

REJA: 

1. Geologik tuzilishi. 

2. Markaziy Osiyo hududining rel`yefi. 

3.Foydali qazilmalari. 



1. Geologik tuzilishi. 

Tog`  jinslari  qatlamlaridan  topiladigan  qadimgi  hayvon  va  o’simliklarning 

qoldiqlarini  o’rganish  Yer  taraqqiyotining  geologik  bosqichlarini  aniqlashga  imkon 

beradi.  Ana  shunday  uzoq  davom  etgan  bosqichlar  eralar  deyiladi.  Yer  po’sti 

taraqqiyotidagi  geologik  davr  besh  eraga:  Arxey,  Proterozoy  (eng  qadimgi  hayot), 

Paleozoy (qadimgi hayot), Mezozoy  (o’rta hayot), kaynozey (yangi hayot) eralariga 

bo’linadi. Bu eralarning har biri o’n va yuzlarcha million yil davom etgan. Eralar o’z 

navbatida  davrlarga  bo’linadi.Har  bir  davr  bir  necha  o’n  million  yil  davom  etgan. 

Inson  paydo  bo’lgan  eng  oxirgi  -  antropogen  davri  2  million  yilni  o’z  ichiga  oladi. 

Paleozoy, Mezozoy, kaynazoy eralarida 12 ta davr mavjud. 

Tog` jinslarining mutlaq yoshi uranning parchalanishiga qarab aniqlanadi. 100 

gr.  uran    74  mln.yil  davomida  parchalanib  1  gr.  qo’rІoshinni  hosil  qilar  ekan.  Shu 

usulga asoslanib Tog` jinslarining yoshi 3,5-4 mlrd.yil ekanligi isbotlangan. 


 

Markaziy  Osiyo  hududidagi  tekisliklar,  qirlar,  Tog`lar  birdaniga  hozirgi 



ko’rinishiga ega bo’lmagan. Markaziy Osiyoning juda katta qismi Paleozoy erasidan 

to kaynazoygacha (neogen davri) iliq Tetis dengizi bilan qoplangan. Okean suvi goh 

quruqlikka  bostirib  kelgan,  goh  chekinib  turgan.Hozirgi  Oloy,  Pomir,  KopetdoІ 

Tog`larining o’rni uzoq vaqt dengiz ostida bo’lgan. 

Tetis dengizi O’rta Yer dengizi va Shimoliy muz okeani bilan tutashib turgan. 

Mezozoy  erasida  dengiz  biroz  chekinib,  Pomir,  Kopetdog`,  Mang`ishloq  va 

Qizilqumning  ichki  qismlarida  orollar  paydo  bo’lgan.  Turon  pasttekisligi  Gertsen 

tektonik zonasida yotgan plitadir. U Mezozoy-kaynazoy yotqiziqlari bilan qoplangan. 

Turkiston  shimolidagi  Qozog`iston  past  tog`larining  g`arbiy  qismi  Kaledon, 

sharqiy  qismi  esa  Gertsen  burmash  strukturalariga  ega  bo’lgan  va  juda 

peneplenlashgan o’lkadir. 

Paleozoy boshida ro’y bergan kaledon burmalanishida Talas Olatovi, Qoratov, 

Chotqol,  Piskom,  Ugom,  Qirg`iziston,  Suvsaamir,  Kungay  olatovi,  Orqaiee,  Iee, 

Markaziy Tyanshan tizmalari ko’tarilgan. Paleozoy erasining ikkinchi yarmida, ya'ni 

yuqori  Paleozoyda  Gertsen  burmalanishi  davrida  Farg`ona,  Oloy,  Turkiston, 

Zarafshon, 

Hisor 

tizmalari 



ko’tarilgan.Qizilqumdagi 

Nurota, 


Bo’kanTog`,QuljuqTog`,  TomdidoІ,  Sulton  Uvays  kabi  yemirilib  qolgan  Tog`lar 

Gertsen  burmalanishida  paydo  bo’lgan.  Gertsen  burmalanishida  shuningdek, 

Issiqko’l, Farg`ona, Ketmontepa, Norin, Zarafshonbotiqlari ham vujudga kelgan. 

Markaziy  Osiyo  hududida  Mezozoy  burmalanishi  kuchsiz  bo’lib,  Kaspiy 

dengizi  bo’yidagi  Tog`  va  qirlar,  Mang`ishloq  yarim  orolidagi  Tog`lar  aynan  shu 

burmalanish davrida paydo bo’lgan. 

Mezozoy  erasida  Gertsen  burmalanishida  paydo  bo’lgan  Tog`lar  yemirilgan, 

pasaygan, ularning ko’pchiligi baland tekislik, plato va tepaliklarga aylangan. 

MOD  hududida  kaynazoy  erasida  (neogen  davrida)g`oyat  kuchli  alp 

burmalanishi  sodir  bo’lgan.  Alp  tektonik  jarayonlari  tufayli  KapetdoІ,  Xuroson, 

Hindiqush, Pomir, Tibet Tog`larining paydo bo’lishi Turkiston o’lkasining o’rnidagi 

dengiz havzasini janubdagiHind okeani havzasidan ajratib qo’ysa, shimolda To’rІay 

supasimon o’lkasining ko’tarilishi esa uni Shimoliy  muz okeanidan ajratib qo’ydi. 

Markaziy  Osiyoning  barcha  Tog`  burmalari  hozirgi  qiyofalariga  alp 

burmalanishida ega bo’lgan. To’rtlamchi davrda Tog`  hosil bo’lish jarayoni davom 

etgan, muz bosishlar bo’lib turgan. Tog`larda to’plangan ana shu muz va qorlardan 

juda  ko’p  daryolar  hosil  bo’lgan.  Sirdaryo,  Amudaryo,  Chu,  Iee,  Sarisuv,  Talas, 

Zarafshon, Murg`ob, Tajan daryolari shu davrda vujudga kelgan va to’rtlamchi davr 

allyuvial  yotqiziqlarini  olib  kelib  yotqizgan.  Daryolar  olib  kelgan  yotqiziqlar  va 

shamol  faoliyati  tufayliQoraqum,Qizilqum,  Mo’yinqum  kabi  ko’plab  qumlar  paydo 

bo’lgan. 

Turkiston  hududi  rel`yefi  shakillanishi  hozir  ham  davom  etmoqda,  chunki 

Amudaryo, Sirdaryo va boshqa o’nlab daryolar o’z havzalarini cho’kindi jinslar bilan 

to’ldirishda  davom  etmoqda.  Turkiston  hududi  rel`yefining  hozirgi  qiyofasi  asosan 

neogen va to’rtlamchi davrda vujudga kelgan. 

Markaziy  Osiyoda  tez-tez  zilzila  bo’lib  turishi  bu o’lkada  Tog`  paydo  bo’lish 

va  o’sish  jarayonlari  hozir  ham  davom  etayotganligini  bildiradi.  Masalan,  kuchli 

zilzilalar:  1716  yilda  Oqsuvda  (Chu  vodiysida),  1803  yilda  Urgutda,  1822  y. 

Samarqandda, 1902 y. Andijonda, 1911 y. Sarezda (Pomir), 1946 y. Chotqolda, 1948 


 

y.  6  oktabrda  Ashgabadda,  1911  y.  Olma-Ota  yaqinida,  1966  y.  26  aprelda 



Toshkentda, 1992 y. Garmda va h.k. 

 

 

 

2. Markaziy Osiyo hududining rel`yefi. 

Markaziy Osiyo releyefida tekislik va pasttekisliklar, qirla?e va platilar, adirlar 

va  baland  Tog`lar  mavjud.  Markaziy  Osiyo  hududining  markaziy  va  ўarbiy  qismini 

Turon  pasttekisligi  shimoliy-Іarbiy  qismini  Ustyurt  platisi,  chekka  shimoliy 

qismlarini  qir  va  platalar,  janubiy  va  sharqiy  qismlarini  esa  Tog`lar  egallagan. 

Markaziy  Osiyo  hududining  2\'3  qismini  tekislik  va  pasttekisliklar,  1\'3  qismini  esa 

Tog`lar  ishgol  etgan.  Markaziy  Osiyoda  quyidagi  yirik  tekislik  va  pasttekiliklar 

mavjud: Kaspiy bo’yi sohili (pasttekisligi),Qoraqum,Qizilqum, Mo’yinqum,Farg`ona, 

Zarafshon,  Surxon-Sherobod,Qashqadaryo,  Murg`ob,  Tajan  vodiylari,  Ustyurt, 

Orqaunguz  va  Betpaqdala  platosi.  Markaziy  Osiyodagi  eng  past  nuqta  (dengiz 

sathidan  132  metr  past)  Mang`ishloq  yarim  orolidagiQoragiyo  (Botir)  botigidir. 

Tekisliklarda o’rtacha balandlik dengiz sathidan 55 metrdan 350 metrgacha boradi. 

Markaziy  Osiyoning  janubi,  janubi-sharqiy  va  sharqiy  qismlarini  Tog`  oldi 

qiyaliklari  va  adirlar  egallagan  bo’lib,  ular  dengiz  sathidan  400-1000  metr 

balandlikda  joylashgan.  Shimolda  joylashganQozog`iston  past  Tog`lari  dengiz 

sathidan 800-12000 metr balandlikda joylashgan. 

Markaziy  Osiyoning  sharqiy  va  janubiy  qismlarini  Tyan-Shan,  Oloy,  Pomir, 

Oltoy,  KopetdoІ  Tog`  tizimlari  (sistemalari)  egallagan.  Tyan-Shan  Tog` 

tizimiQozog`iston,Qirg`iziston  va  O’zbekiston,  Oloy  va  Pomir  Tog`  tizimlari 

Tojikiston,Qirg`iziston  va  O’zbekiston,  KopetdoІ  Tog`  tizimi  esaTurkmaniston  va 

Eron davlatlari hududida joylashgan. 

Tyan-Shan  Tog`  tizimi  tarkibigaFarg`ona,  Ko’kshagaltov,  Markaziy  Tyan-

Shan,Qirg`iziston, Talas, Chotqol, Piskom, Ugom,Qurama, Ketmon, Kungay olatovi, 

Jungoriya,  Orqaili,  va  boshqa  ko’pgina  Tog`  tizmalari  kiradi.  Tyan-Shanning  eng 

baland  cho’qqilari  galaba  (7439  m)  va  Xontangri  (6995  m)dir.  Tyan-Shanda  sirtlar 

ko’p. Sirtlar Tog` oraligidagi baland tekis yerlar, platalar yoki baland va keng yassi 

Tog`liklardir. Tyan-Shanda bir qancha vodiylar ham bor, bularga Chu, Talas, Ugom, 

Piskom,  Ko’ksuv,  Chotqol,  Chirchiq,  Ohangaron  kabi  vodiylarni  misol  qilish 

mumkin. Vodiy va Tog` oraliІi botiqlarida aholi zich yashaydi, shahar va qishloqlar 

ko’p. Tyan-Shan Tog`lari Paleozoyda hosil bo’lgan. 

Markaziy  Osiyoning  ikkinchi  Tog`  tizimi  Oloy  Tog`  tizimlaridir.  Bu  Tog` 

tizimiga  Oloy,  Turkiston,  Zarafshin,Hisor,  Morguzar,  Nurota,  Boysun,  Ko’hitang 

Tog`lari tegishli. Oloy tizimidagi Tog`lar Gertsen burmalanishida paydo bo’lgan va 

xuddi Tyan-Shan kabi Alp burmalanishida qayta ko’tarilgan. Shuningdek, Oloy Tog` 

tizimigaQizilqumdagi  past  qoldiq  Tog`larQuljuqTog`,  OvminzaTog`,  Bo’kanTog`, 

Sulton-Uvays, TomdiTog` va boshqalar kiradi. 

Pomir Tog` tizimi Markaziy Osiyodagi eng murakkab Tog` tizimlaridandir. Bu 

Tog`  tizimiga  Oloy  orti,  Pyotr-1,  Darvoz,  Vanch,  YazІulom,  ShuІnon,  Shohdara, 

Shimoliy  Alichur,  Janubiy  Alichur,  Muzko’l,Qorategin,  BoboTog`,  Zulmat, 

Sariko’l,fanlar  Akademiyasi  kabi  Tog`  burmalari  kiradi.  Pomirning  eng  baland 

cho’qqisi - 7495 m. Pomir Markaziy Osiyoda eng baland Tog` tuguni hisoblanadi va 


 

baland Tog`lardan iborat bo’lgani uchun uni “Dunyoning tomi” ham deydilar. Pomir 



Alp  Tog` burmalanishida hosil bo’lgan  eng  yosh  Tog`  tizimlaridan hisoblanadi.  Bu 

yerda  kuchli  zilzilalar  bo’lib  turadi,  sababi  hali  ham  Tog`  hosil  bo’lish  jarayoni 

davom etmoqda. 

Markaziy Osiyoning janubi-garbida Turkmaniston va Eron davlatlari o’rtasida 

Turkman-Xuroson  Tog`  tizimi  joylashgan.  Uning  asosiy  qismi  Eronda  bo’lib,  faqat 

KopetdoІ  tizmasi  Markaziy  Osiyo  o’lkasida  joylashgan.  Kopetdogning  o’rtacha 

balandligi  1000-2000  m.bo’lib,  eng  baland  nuqtasi  Rizo  cho’qqisi  (2942m.) 

Kopetdogda nurash va eroziya jarayonlari natijasida paydo bo’lgan rel`yef shakllari 

ko’p uchraydi. Turkman-Xuroson Tog` tizimida asosan KopetdoІ, Nishopur, Bandi-

Turkiston, Safedko’h va Paropamiz Tog`lari mavjud. 



3. Foydali qazilmalari. 

Umuman  olganda  foydali  qazilmalarni  kelib  chiqishiga  ko’ra  3  ta  guruhga 

bo’linadi:  magmatik;  matamorfik;  cho’kindi.  Magmatik  foydali  qazilmalar  bevosita 

magma faoliyati tufayli paydo bo’lib, asosan vulqon oblastlarida ko’p uchraydi. Bu 

guruhga rudali va shunga o’xshash foydali qazilmalar mansub. 

Matamorfik  foydali  qazilmalarda  kuchli  bosim  va  harorat  ta'sirida  Yer 

qobiІining  turli  xil  chuqurliklarida  Tog`  jinslarining  fizik  va  kimyoviy  tarkibi 

murakkab  o’zgarishga  uchraydi  va  rudali,  noruda  metomorfik  qazilmalar  paydo 

bo’ladi. M: temir kvarsitlar, slaneslar, marmar va hokazolar. 

Cho’kindi  foydali  qazilmalar  Yer  po’stining  ustki  qismida  dengiz,  ko’l, 

botqoqliklarni  cho’kindi  jinslar qoplashi tufayli vujudga  keladi.  Bu guruhga noruda 

foydali qazilmalar (neft, gaz, ko’mir, slanes, torf) kiradi. 

Markaziy  Osiyo  hududi  foydali  qazilmalarga  juda  boy.  Ular  asosan  rudali  va 

noruda konlardan iborat. 

Markaziy  Osiyodagi  barcha  davlatlar  u  yoki  bu  turdagi  foydali  qazilmalarga 

boy.  Xususan,Qozog`istonda  Mendeleyev  davriy  tizimidagi  elementlarning  barcha 

turi  uchraydi.Qozog`iston  qora  rangli  metallarga  boy.Qozog`iston  past  Tog`larida 

oltin,  mis,  polimetall  ruda  konlariningg`oyat  katta  zahiralari  aniqlangan. 

Toshko’mirning  yirik  konlariQaraganda,  Ekibastuz  va  Ubagan  ko’mir  havzalarida 

mavjud. 


Neftning  yirik  konlari  ўarbiyQozog`istondagi  Tengiz  konida  (Emba  rayoni). 

Mang`ishloq  yarim  orolida  nihoyatda  ko’p.  Ayniqsa,  Tengiz  neft  havzasining 

zahiralari bir necha milliard tonna deb baholanmoqda. Bu jahondagi eng yirik neftga 

boy  rayonlardan  biri  hisoblanadi.  Gazning  Mang`ishloq  yarim  orolida  kattagina 

zahiralari mavjud. SharqiyQozog`iston ayniqsa rangli va nodir metallarga boy. Yirik 

temir  ruda  konlariQozog`istonda  ochilgan  va  ishga  tushirilgan.  Ulardan  eng  yirigi 

To’rІay  supasimon  o’lkasida  joylashgan  Sokolov-Sarbay  konidir.  (Qozoq 

magnitkasi).  O’zbekiston  va  Qirg`izistonda  ham  temir  ruda  konlari  bor,  ammo  ular 

hali ishga tushirilganicha yo’q. 

O’zbekistonning  Farg`ona vodiysida neft, tabiiy gaz, oltingugurt, har xil tuzlar 

juda  ko’p.  Surxondaryo  vodiysida  ham  talaygina  neft  konlari  mavjud.  (Tolli, 

Lalmikor, Kakaydi va boshqalar). 

Gazning  yirik  konlari  O’zbekistonningQashqadaryo,  Buxoro  viloyatlari 

hududida, 

shuningdek 

Turkmanistonda, 

Ustyurtda 

aniqlangan. 

Ayniqsa, 

Gazachakdan,  Turkmanistonning  Amudaryo  sohili  qismlaridan  yirik  gaz  konlari 



 

topilgan.Qoraqum  markazidagi  Gugurtdosh,  Sho’rsuv  oltingugurt  konlari  bilan 



mashhur.  Markaziy  Osiyo  bitmas-tuganmas  tuz  konlariga  boy,  bu  yerda  faqat  osh 

tuzining  300  dan  ortiq  konlari  mavjud.  Bu  konlar  Turon  pasttekisligidagi  sayoz 

ko’llarda, 

Orol 


ko’li, 

Kaspiy 


dengizi 

sohillarida, 

Turkmanboshi 

(Krasnovodsk),Farg`ona, Balxash ko’li rayonlarida ayniqsa ko’p joylashgan. 

Qorabo’gozgulda glauber (mirabilit) tuzining juda katta zahiralari to’plangan. 

Cheleken  yarim  orolida  tuz  bilan  birga  ozokert  ham  qazib  chiqariladi.  Mang`ishloq 

yarim  orolida  Qoratovda,  Amudaryoning  quyi  qismida  Qoraqalpogiston  hududida 

fosfort konlari bor. 

Qizilqum  hududi  va  Surxondaryoda  ham  fosforit  konlari  topilgan.  Markaziy 

Osiyo  hududi  binokorlik  xom-ashyolariga  ham  boy.  Bu  yerda  ohaktosh,  granit, 

mergel,  marmar,  dolomit,  gips,  bo’r,  asbest,  kaolin,  kvars,  shaІal,  qum  va 

boshqalarning  yirik  konlari  mavjud.  Ular  Markaziy  Osiyodagi  barcha  davlatlarda 

uchraydi. 

Gazgon,  Bo’stonliq,  Omonqo’ton,  Dushanbe  rayonlarida  va  Qirg`izistonda 

chiqadigan marmar o’zining nafisligi bilan ajralib turadi. 

Markaziy  Osiyo  shifobaxsh  mineral  suvlarga  ham  boy.  Tojikistondagi 

Obigarm,Qirg`izistondagi  Oqsuv,  Arashon,  Jalolobod,  O’zbekistondagi  Toshkent, 

Chortoq,Farg`ona,  Uchqizil  mineral  suvlari  va  issiq  buloqlari  shular  jumlasidandir. 

Bular  turli  kasalliklarni  davolashda,  kurort  xo’jaligini  rivojlantirishda  katta 

ahamiyatga ega. 



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin