Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix17.12.2019
ölçüsü0,54 Mb.
#29951
1   2   3   4   5   6   7   8
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


 

Tojikiston   Respublikasi 

Tojikiston  Respublikasi  maydoni  143.1  ming  km.kv.  bo’lib.  Markaziy  Osiyo 

davlatlari  orasida  so’nggi  beshinchi  o’rinni  egallaydi  Aholisi  6  mln  kishi.  Aholi 

zichligi 1 km. kv. ga 35 kishi to’Іri keladi. 

Respublika  ma'muriy  jihatdan  4  ta  viloyatga  bo’linadi.  Leninobod  viloyati 

(Mapkazn  Xo’jand  shahri),  Garm  viloyati  (yaqin  paytgacha  Respublikaga 

bo’ysinuvchi  rayonlar),  Xatlon  viloyati  (Ko’rІontepa  na  Ko’lob  viloyati)  hamda 

Tog`li Badaxshon avtanom oblasti (Markazi —Xarog shahri}. 

Keyishgi  un  yilliklardagi  ijtimoiy—iktisodiy  qiyinchiliklar  natijasida 

respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish kamayib bormoqda. Ba'zi bir sanoat 

korxonalari iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli o’z faoliyatini to’xtatdi. Yirik Ragun GES 

qurilishi  ham  to’xtab  qoldi.  Tojikiston  respublikasi  xalqaro  mehnat  taqsimotida 

paxtachilik kompleksi va rangli metallurgiya sanoati bilan ishtirok etib kelmoqda. 



 

Tabiiy sharoiti va boyliklari 

Respublika  MDH  davlatlarining  eng  janubida,  aosan  Pomir-Oloy  va  Tyan-

Shan  tor  sistemasida  (Јurama  Tog`lari)  joylashgan.  hududining  atigi  10%  qismi 

dengiz  sathidan  1000dan  pastda,  yarmi  esa  3000  m  dan  balandda  joylashgan 

Respublika  hududida  nafaqat  Markaziy  Osiyo,  balki  MDHdagi  eng  baland  nuqta 

Kommunizm  chuqqisi  joylashgan  (7495  m).  Bu  Tog`liklarda  Markaziy  Osiyodagi 

yirik  Tog`  muzliklari  joylashgan  bo’lib,  ko’plab  yirik  daryolar  shu  yerlardan 

boshlanadi.  Respublika  qo’shni  respublikalarga  nisbatan  suv  resurslari  bilan  yaxshi 

ta'minlangan.  Gidroenergetika  resurslari  bo’yicha  MDH  da  Rossiyadan  keyingi 

o’rinda turadi. 

Xo’jaligi asosan Hisor, Vaxsh,Farg`ona vodiylarida hamda Dar voz va Ulug` 

Pyotr Tog`lari etaklarida yaxshi rivojlangan. 

Qishloq  xo’jaligi  uchun  qulay  yerlar  44%  (6300  ming  ga  ni  tashkil  qilsa, 

shudgor qilinadigan yerlar atigi 19%ga (1,2 mln.ga) yetadi. 

Respublika  hududida  foydali  qazilmalardan  rangli  metallar  (surma,  simob), 

shuningdek  osh  tuzi  (Xo’ja  Mo’min  koni),  ohaktosh,  polimetal  rudalari  (Oltin 

topgan)  vismut,  dala  shpati  va  boshqalar  topilgan.  Tojikistonning  shimoliy  qismida 

(Leninobod  viloyati)  mahalliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  neft  (Nefteobod),  ko’mir 

(Sho’rob) gaz va volfram konlari topilgan. 

 

Aholisi 

Respublika  aholisi  6  mln.  kishi  bo’lib  milliy  tarkibida  tojiklar  ko’pchilikni 

tashkil  etadi.  Tojiklar  62%  ,  o’zbeklar  23%  ,  ruslar  YU,5%,  tatarlar  2  foiz  va 

boshqalardir. Respublikada urbanizasiya darajasi eng past bo’lib (Markaziy Osiyoda) 

jami  aholisining  34%i  shaharlarda  yashaydi.  Yirik  shaharlari  Dushanbe,  Xo’jand, 

Kulob,Qo’rІontepa  va  boshqalar  Respublika  aholisining  tabiiy  ko’payishi  yuqori 



 

39 


bo’lgan payt asosan 1979 —1980 yillarga to’Іri keladi. Bu paytda MDH da birinchi 

o’rinda bo’lgan. Keyingi yillarda mamlakatdagi o’zaro kelishmovchiliklar natijasida 

aholining o’sishida ham salbiy oqibatlar kuzatilmoqda. 

Aholisining  asosi  qismi  hisor,  Vaxsh  va  Farg`ona  vodiylarida  joylashgan. 

Leninobod viloyatida o’zbeklar 40% ga yaqinini tashkil etadi. 

      Tojiklar  deyarli    barcha    viloyatlarda,    ruslar    asosan    shaxarlarda,    qirІizlar  esa 

asosan Tog` yaylovlarda istiqomat qilishadi. 

Respublika  iqtisodiyotida  yetakchi  o’rinni  qishloq—  xo’jaligi  egallaydi.  Milliy 

daromadning asosiy qismi, xalq xo’jaligida band aholining 45% ni qishloq xo’jaligiga 

to’Іri  keladi.  Sanoat  maxsulotlari  milliy  daromadning  1--3  qismini  tashkil 

etadi.Qishloq  xo’jaligi  asosan  paxtachilikka  ixtisoslashgan.  Markaziy  Osiyoda 

yetishtiriladigan  ingichka  tolali  paxtaning  50%  i  Tojikistonga  to’Іri  keladi.  Bundan 

tashqari  bog`dorchilik,  uzumchilik,  ipak  qurti  boqish  va  go’sht  yetishtirish  yaxshi 

yo’lga  qo’yilgan.  Agar  suІoriladigan  yerlarda  paxta,  makkajo’xori,  poliz  ekinlari, 

boІdorchilik va uzumchilik rivojlangan bo’lsa, Tog`li rayonlarda (lalmikor yerlarda) 

donchilik hamda boІdorchilik bilan shuІullaniladi. Sanoatda yetakchi tarmoqni yengil 

sanoat  egallaydi  Asosan  to’kimachilik,  tikuvchilik,  oyoq  kiyim  fabrikalari,  ozik  — 

ovqat  sanoatida  mevalardan  konserva  tayyorlash,  vinochilik,  paxta  yoІi  ishlab 

chiqarish yaxshi yo’lga ko’yilgan. 

    Respublika  xalq  xo’jaligining  rivojlanishi  mahalliy  elektr  —  energetika  bazasiga 

tayanadi.  Norak  GES  ining  arzon  elektr  energiyasi  va  mahalliy  xom  ashyo  asosida 

janubiy  Tojikiston  TICHKsi  barpo  etilgan.  Respublika  rangli  metallurgiyasi 

qo’rІoshin,  rux,  boyitish,  volfram,  molibden  rudalari,  simob,  surma  korxonalaridan 

iboratdir.  Keyingi  yillarda  arzon  gidroenergetika  asosida  ximiya  sanoati  va  alyumin 

sanoati ancha o’sdi. 

Iqtisodiy geografik rayonlari 

Uncha  katta  bo’lmagan  Respublika  hududida  8  ta  iktisodiy  rayon  ajratiladi, 

bular o’z navbatida uchta iqtisodiy eonaga birlashtiriladi: Janubiy-g`arbiy Tojikiston, 

Shimoliy Tojikiston va Janubiy-sharqiy Tojikiston. 

1.  Janubi-g`arbiy  Tojikiston.  Respublika  hududining  37%ni,  aholisining  66% 

ini  tashkil  etadi.  Aholi  zichligi  1km.  kv  ga  40  kishi  to’Іri  keladi.  hisor  va  Vaxsh 

vodiylari asosiy paxta yetishtiriladigan yerlar hisoblanadi. Bu yerda asosan ingichka 

tolali  paxta,  uzumchilik  va  boІdorchilik,  shuningdek  yeryonІoq,  sitrus  mevalari 

yetishtiriladi. 

Yaylovlarda  Qorako’l  qo’ylari  boqiladi.  Asosiy  sanoat  markazi  Dushanbe 

shahri  (584  ming  kishi)—  mamlakat  poytaxtidir.  Bu  yerda.  yirik  qishloq  xo’jalik 

mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari (to’qimachilik kombinati, go’sht kombinati) 

hamda to’qimachilik mashinasozligi yaxshi rivojlangan. Bu yerda Janubiy Tojikiston 

TICHKsi  tashkil  topgan,  uning  tarkibida  Norak  GESi  hamda  Tursunzoda  alyumin 

zavodi, Vaxsh azotli o’g`itlar ishlab chiqarish zavodi, Yavon elektroximiya zavodlari 

bor.Qo’rІontepa  va  Kulob  shaharlari  oziq—  ovqat  sanoati  markazlari 

hisoblanadi,Qo’rІontepada transformator zavodi ishlab turibdi. 

2.  Shimoliy  Tojikiston.  Respublika  hududining  19%  ni,  aholisining  31%  ni 

tashkil  etadi.  Aholi  zichligi  1km.  kv.  ga  57  kishi  to’Іri  keladi.  Shimoliy  Tojikiston 

qishloq  xo’jaligi  rivojlanganligi  bilan  ajralib  turadi.  Dehqonchilik  suІoriladigan 

yerlarda ham rivojlangan. 


 

40 


Bundan  tashqari  Tog`  kon  sanoati  yaxshi  rivojlangan. Bu  rayonda  rangli 

metallar,      ko’mir      (Sho’rob)  hamda  mahalliy      ahamiyatga      ega  bo’lgan  neft 

(Nefteobod) qazib olinadi. Rayonning yirik sanoat markazi Xo’jand shahri bo’lib—

bu  yerda  shoyi  to’qish  (to’liq  siklli),  paxta  tozalash,  konserva  zavodi,  go’sht 

kombinati,  hamda  gilam  to’qish  yaxshi  yo’lga  qo’yilgan.  Rangli  metall  konlarining 

yaqinligi  asosida  ruda  boyitish  kombinati ishga  tushirilgan. Bundan  tashqari boshqa 

shaharlaridan  Isfara  (konserva  va  elektromexanika  zavodi),  Konibodom  (paxta 

tozalash,  yoІ—moy  ishlab  chiqarish)  Moxrom  (Tojikselmash)  va  boshqalarni 

ko’rsatish mumkin. Rayon xo’jaligini rivojlaitirishdaQayroqum GES ining ahamiyati 

kattadir (126 ming kvt) Xo’jand yaqinidagi Chkalovskda uran qazib olish va boyitish 

yo’lga qo’yilgan. 

Z. Janubiy sharqiy Tojikiston (Tog`li Badaxshon avtanom oblasti), Respublika 

hududining  44%  ini,  aholisining  esa  atiga  3%  ini  tashkil  etadi.  Mintaqa  asosan 

sharqiy Pomirni o’z ichiga oladi. Markaziy Osiyodagi eng baland va aholisi eng kam 

mintaqa hisoblanadi. Rayon uchun Tog` yaylov chorvachiligi xosdir. Bu yerda asosan 

qo’toslar  boqiladi.  Rayonningg`arbida  uncha  katta  bo’lmagan  hududlarda 

dehqonchilik  bilan  shuІullanishadi.  Asosan,  buІdoy,  tariq,  no’xat  yetishtiriladi. 

Aholisining ko’pchiligi Pomir tojiklari vaQirІizlaridir. Asosiy markazi Xorog shahri. 

Bu  yerda  MDU  professori  I.V.Shukin  tomonidan  asos  solingan  botanika  boІi  bor. 

Rayon gidroenergiya resurslariga boy. 



 

Tayanch so`zlar. 

Geografik  o`rni, tabiiy  sharoit, tabiat,  aholisi,  aholisining  kelib  chiqishi,  aholi 

soni, aholisi joylashishi. Xo`jaligi, xalq xo`jaligi tatmoqlari, sanoati, tog`-kon sanoati, 

undiruvchi, 

qayta 

ishlovchi.Qishloq 



xo`jaligi, 

paxtachilik, 

dehqonchilik, 

bog`dorchilik,  chorvachilik,  qo`ychilik,  qoramolchilik.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar, 

ichki rayonlar, iqtisodiy rayonlari.    

 

 

9-MAVZU:  O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAYDONI, 

CHEGARALARI VA GEOGRAFIK O’RNIGA  UMUMIY TA'RIF  

 REJA: 

1. Maydoni 

2. Chegaralari 

3. Geografik o’rni 



1.Maydoni. 

O’zbekiston  Turkistonning  markaziy  qismida  joylashgan.  Uning  hududining 

asosiy  qismi  Amudaryo  bilan  Sirdaryo  orasida  bo’lib,  mo’'tadil  va  subtropik  iqlim 

mintaqalarida joylashgan. O’zbekistonning eng shimoliy  nuqtasi Ustyurt platosining 

shimoli -sharqida, Orol dengizi qirІoІida bo’lib, 450 361 shimoliy kenglikdadir. Eng 

janubiy  nuqtasi  esa  Termiz  shahri  yonida,  Amudaryo  qirІoІida  bo’lib,  370  111 

shimoliy kenglikka to’Іri keladi.  

 

Respublikamizning  engg`arbiy  nuqtasi  Ustyurt  platosida  560  001  sharqiy 



uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa O’zbekiston bilanQirg`iziston chegarasida, Uzgan 

shahri yaqinida bo’lib, 730 101 sharqiy uzoqlikdadir. 



 

41 


 

O’zbekistonning  eng  shimoliy  nuqtasi  bilan  eng  janubiy  nuqtalari  orasidagi 

masofa  930  km,  engg`arbiy  nuqtasi  bilan  eng  sharqiy  nuqtasi  orasidagi  masofa  esa 

1425 km. 

 

O’zbekiston  maydoni  448,9  ming  kv.  km.  bo’lib,  Norvegiya,G`inlyandiya, 



Buyuk  Britaniya  va  Italiya  kabi  davlatlar  hududidan  katta.  O’zbekiston  Belgiya, 

Gollandiya  va  Daniya  kabi  davlatlarning  yer  maydonlarini  qo’shib  hisoblasak  ham 

ulardan  4marta  kattadir.  Respublikamiz  hududi  Shveysariya  davlati  hududidan  10 

marta ziyoddir. 

 

O’zbekiston maydonining kattaligi jihatidan MOD. da uchinchi, MDH. da esa 



beshinchi o’rinda turadi. 

MDH.  ga  a'zo  bo’lgan  Belorusiya  maydonidan  239,8  ming.  kv.  km., 

Ozarbayjonnikidan esa 360,8 ming kv. km. ga ziyoddir. 

2. 

Chegaralari. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

shimol 


va 

shimoli-


g`arbdaQozog`iston,  sharq  va  shimoli-sharqda  Qirg`iziston,  sharq  va  janubi-sharqda 

Tojikiston,g`arb  va  janubi-Іarbda  Turkmaniston,  janubda  esa  Afg`oniston  bilan 

chegaralanadi. Chegaralarning umumiy uzunligi 5300 km. dan ortiq. 

 

Respublika  chegaralari  siyosiy  va  iqtisodiy  jihatdan  ancha  qulayliklarga  ega. 



An'anaviy  yaxshi  qo’shnichilik  tufayli  O’zbekiston-Afg`oniston  chegarasi 

chegaralarning eng tinch qismlaridan bo’lib kelgan. 

 

Bu  chegara  orqali  o’z  mustaqilligiga  erishgan  O’zbekiston  Afg`oniston  bilan 



va u orqali unga yaqin bo’lganHind okeani xavzasi mamlakatlari, birinchi navbatda 

Pokiston  vaHindiston  bilan  har  taraflama  keng  o’zaro  aloqalarni  rivojlantirish 

istiqbollari tobora kengaymoqda. 

 

O’zbekistonning  ishlab  chiqarish ixtisosi o’xshash  bo’lib, bitta  yirik iqtisodiy 



mintaqaga  birlashgan  Markaziy  Osiyo  davlatlari  bilan  tutashligi  ayniqsa  muhim 

ahamiyatga egadir. 

Keng  ishlab  chiqarish  kooperasiyasini  yo’lga  qo’yish,  xilma-xil  va  boy  tabiiy 

resurslardan  (ayniqsa,  mamlakatlarning  tutashgan  qo’shni  hududlarida)  birgalikda 

foydalanish  orqali  mamlakatlararo  hududiy  ishlab  chiqarish  majmualarini  tashkil 

qilish va boshqalar bunday chegaradoshlikning muhim ijobiy yakunlaridandir. 

 

O’zbekiston  chegaralarining  muhim  hususiyatlaridan  biri  ularning  aksariyat 



qismi tekisliklardan o’tishidir. 

Hatto  uning  bilan  ulkan  Tog`lar  o’lkalari-Qirg`iziston  va  Tojikiston  respublikalari 

o’rtasidagi  chegaralar  ham  asosan  qulay  Tog`  oraliІi  vodiylari  yoki  u  qadar  baland 

bo’lmagan  Tog`  tizmalari  orqali  o’tgan.  Ularni  bog`lab  turadigan  transport  yo’llari 

shu sababli iqtisodiy jihatdan qadimdan yaxshi o’zlashtirilgan hududlar orqali tashkil 

etilgan.  Umumiy  bu  holat,  tabiiyki  qo’shni  davlatlar  bilan  xilma-xil  iqtisodiy 

aloqalarni tashkil qilishda yanada qo’shimcha qulayliklar tuІdiradi. 

3.Geografik o’rni. 

 

O’zbekiston  geografik  o’rniga  ko’ra  juda  qulay.  Chunki  uning  hududi 



Turkistonning  markazidagi  tabiiy  sharoiti  qulay  va  tabiiy  boyliklarga  serob  bo’lgan 

yerlarni o’z ichiga oladi. O’zbekistonning ko’p qisminining tekislikdan iborat bo’lishi 

hamda serunum vohalarning Chirchiq-Ohangaron,Farg`ona, Zarafshon,Qashqadaryo, 

Surxondaryo,Quyi 

Amudaryoning 

mavjudligi 

mamlakat 

iqtisodiyotining 

rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan. 


 

42 


 

O’zbekiston  O’rta  Dengiz  atrofidagi  mamlakatlar  bilan  deyarli  bir  geografik 

kenglikda joylashgan. O’rta Dengiz atrofidagi mamlakatlar subtropikka xos landshaft 

bilan tavsiflanadi.  

Lekin  O’zbekiston  iliq  okean  va  dengizlardan  uzoqda,  materik  ichkarisida 

joylashganligi  tufayli  tabiiy  sharoiti  jihatidan  O’rta  Dengiz  atrofidagi  davlatlardan 

butunlay farq qiladi.  

Chunki  O’zbekiston  hududining  shimoliy  qismi  ochiq  bo’lib,  qishda  shimoldan  va 

shimoli-sharqdan esuvchi sovuq, quruq havo oqimi bemalol ichki qismlarigacha yetib 

keladi. 


 

Aksincha, janubda baland Tog`larning mavjudligi esaHind okeanidan esadigan 

nam va iliq havo massalarini O’zbekiston hududiga o’tishga to’siqlik qiladi. Oqibat 

natijada  O’zbekistonda  subtropikka  xos  bo’lmagan  landshaft  vujudga  kelib,  yoz 

bulutsiz, seroftob bo’lib, jazirama issiq, quruq, qish esa shu geografik kenglik uchun 

ancha sovuq bo’ladi. 

O’zbekiston  subtropik  iqlim  mintaqasida  joylashsada,  asosan  cho’lga  xos  bo’lgan 

landshaft  bilan  tavsiflanadi.G`aqat  atrofi  Tog`lar  bilan  o’ralgan  Surxon-Sherobod 

vodiysidagina quruq subtropik landshaft mavjud, xolos. 

 

Mamlakatimiz  yer  usti  tuzilishi  jihatidan  Tojikiston  vaQirg`izistondan  keskin 



farq  qiladi.  O’zbekiston  hududining  ko’p  qismi  (71%)  dehqonchilik  uchun  qulay 

vodiylar,  tekisliklar  va  Tog`  oldi  tekisliklaridan  iborat,  bu  esa  dehqonchilikning 

barcha tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. 

 

Ma'lumki,  O’zbekiston  Yevroosiyo  materigining  deyarli  qoq  markazida  va 



dunyo  okeanlaridan  ancha  uzoqda  joylashgan.  Shu  sababli  dengizga  tutash 

regionlarga  xos  bo’lgan  barcha  qulayliklardan  respublikamiz  mahrumdir.  Demak, 

O’zbekistonning  mavjud  iqtisodiy-geografik  o’rnining  barcha  ijobiy  va  salbiy 

xususiyatlari  ko’p  jixatdan  ana  shu  holatdan,  shuningdek  uni  qo’shnichilik 

hususiyatlaridan kelib chiqadi (qanday davlatlar, iqtisodiy rayonlar, dunyo davlatlari 

mintaqaviy  guruhlariga  tutash-yaqinligi,  ularning  bir-birlariga  iqtisodiy  ta'sir  etish 

imkoniyatlari).Davlatlarning  iqtisodiy-geografik  o’rniga  atroflicha  baho  berish 

Markaziy  Osiyo  mamlakatlarining  hozirgi  mustaqil  rivojlanishi  pallasida  alohida 

ahamiyat kasb etadi 

 

Joylarning  iqtisodiy-geografik  o’rni  xususiyatlariga  muhim  ichki  va  tashqi 



siyosiy  muhitning  o’zgarishi,  yirik  tabiiy  boylik  manbalarining  topilishi  va 

o’zlashtirilishi, muhim transport yo’llarining yoki irrigasiya inshootlarining qurilishi 

kabilar katta ta'sir ko’rsatadi. 

 

O’zbekistonning iqtisodiy -geografik o’rni xususiyatlarini uch jixatdan qarash 



maqsadga muvofiqdir: 

1. Mikrogeografik o’rni: 

2. Mezogeografik o’rni: 

3. Makrogeografik o’rni: 

O’zbekiston  hududining  mikrogeografik  o’rni  uning  Markaziy  Osiyo 

davlatlariga  nisbatan  tutgan  o’rnidir.  O’zbekistonning  mezogeografik  o’rni  uning 

birmuncha kengroq miqyosdagi mavqei bilan belgilanadi. Bunda MOD. dan tashqari 

Kavkazorti  davlatlari,  Turkiya,  Eron,  Afg`oniston,  Pokiston  vaHindistonga, 

shuningdek Eron, Turkiya orqali Yevropaga chiqish ufqlari ochilmoqda.  


 

43 


 

O’zbekistonning makrogeografik o’rni Mustaqil DavlatlarHamdo’stligi (MDH) 

bilan olib borilayotgan aloqalarda belgilanadi.  

 

O’zbekiston ushbu makrodarajadagi aloqalarini MDH. ning aksariyat davlatlari 



bilan  rivojlantirmoqda.  O’zbekistonning  hozirgi  (2001  y)  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarining  15,5  foizi  Rossiyaga  to’Іri  kelayapti.  Yevroosiyoning  buyuk  davlati 

RossiyaG`ederasiyasi bilan muntazam aloqada bo’lish O’zbekistonning manfaatlariga 

mos keladi. 



Tayanch so’zlar.  

Subtropik  iqlim  mintaqasi,  janubdan-shimolga,  sharqdan-Іarbga,  tabiiy-geografik 

xususiyatlari.  Yer  usti  tuzilishi.  Yevroosiyo  materigi  markazida.  Iqtisodiy-geografik 

holati. Materik ichkarisi. Okeanlardan uzoqda. Mikrogeografik o’rni. Mezogeografik 

o’rni. Makrogeografik o’rni. Markaziy Osiyo davlatlari bilan   

aloqalari. Kavkazorti davlatlari  bilan aloqalari. Rossiya bilan aloqalari. Yaqin Sharq 

mamlakatlari bilan aloqalari. 

 

 



10-MAVZU. O’ZBEKISTONNING XO’JALIGIGA UMUMIY TA'RIF 

REJA: 

1. Xalq xo’jaligiga umumiy ta'rif. 

2. Sanoati va uning yetakchi tarmoqlari. 

3.Qishloq xo’jaligi, uning yetakchi tarmoqlari. 



1. Xalq xo’jaligi, uning umumiy ta'rifi. 

Tarixiy  taraqqiyotning  turli  osqichlarida  O’zbekiston  xalq  xo’jaligi,  uning 

iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  zigzaksimon  yo’lni  bosib  o’tgan.  Tarixiy  manbalarda 

keltirilishicha,  O’zbekiston  o’tmishda  Yer  kurrasidagi  aholi  xo’jalik  faoliyatig`oyat 

qizІin  kechgan  eng  qadimiy  o’lkalardan  biri  bo’lgan.  Mamlakatimizning  ўarb  bilan 

Sharq  o’rtasidagi  iqtisodiy  taraqqiyoti  uchun  qulay  bo’lgan  jo’Іrofiy  o’rni,  saxiy 

tabiati,  boy  va  rang-barang  tabiiy  resurslari,  mehnatkash  va  dono  xalqi 

umumbashariy  taraqqiyotga  asrlar  osha  o’z  ulushini  qo’shimcha  ob'yektiv  sharoit 

yaratgan.  Bundan  ming  yil  burun  Sharqning  buyuk  allomasi  Abu  Rayhon  Beruniy 

tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining 

dahosi  bo’lgan  Abu  Ali  ibn  Sinoning  jahonshumul  kashfiyotlari  va    boshqalar 

xalqimizning  boy  madaniy  merosidan  guvohlik  beradi.  Binobarin,  O’zbekistonda 

uzoq o’tmishda  ilm-fan  rivojlangan  emas,  uning zamirida qudratli davlat va iqtisod 

bo’lmasligi  shubhasiz,  mamlakatimiz  xalq  xo’jaligi  XX  asrda  rivojlanishning  yangi 

bosqichiga  qadam  qo’ydi.  Biroq  mamlakat  xalq  xo’jaligi  va  uning  tarmoqlar 

taraqqiyoti  yo’nalishlarini  belgilash  o’zgalar  qo’lida  edi.  Negaki,  1860  yillarning 

o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda 

esa  ikkinchi  marta  bosib  olinishini  va  yurtimizda  o’ziga  xos  mustamlakachilikning 

qaror  topishi  xalq  xo’jaligining  o’zgalar  ehtiyojiga  muvofiqlashtirib  rivojlantirishga 

olib keldi. 

Mustamlakachilik  yillarida  O’zbekistonning  xalq  xo’jaligi  bir  tomonlama 

rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi 

hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo 

-  paxta  tolasi  ishlab  chiqarish)ga  asosiy  e'tibor  qaratildi.  Respublika  sanoatining 

qolgan  muhim  tarmoqlari  ham  paxta  majmuini  rivojlantirishga  muvofiq  ravishda 


 

44 


taraqqiy  qildirildi.  1913  yilda  mamlakatimiz  hududida  425  ta  sanoat  korxonasi 

mavjud  edi.  Mamlakatimiz  xalq  xo’jaligi  mustaqillik  yillarida  yangi  bosqichga 

qadam  qo’ydi.  Bozor  iqtisodiyotining  birinchi  bosqichidayoq  (1991-1994)  iqtisodiy 

islohotlarga  oid  qonunlar  qabul  qilindi,  uning  huquqiy  negizi  yaratildi.  Islohotlar 

hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni  

isloh  qilishning  ikkinchi  bosqichiga  qadam  qo’ydi.  Ushbu  bosqich  bozor 

munosabatlariga  o’tish  tuzilmalarini  shakllantirishni  yakunlashni,  mamlakat  xalq 

xo’jaligini  har  tomonlama    rivojlantirishni,  milliy  valyutani  barqarorlashtirishni  va 

uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni 

yakunlash  hamda  iqtisodiyotni  xomashyo  yetishtirib  berishdan  tayyor  mahsulot 

chiqarishga  yo’naltirishni  ko’zda  tutilgan.  Shuningdek,  iqtisodiy  islohotlarning 

yuqorida  zikr  qilingan  ikkinchi  bosqichida  iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  va  xalq 

xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol 

mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy 

masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat 

xalq  xo’jaligining  yetakchi  sohasi  -  sanoatda  importning  o’rnini  bosa  oladigan 

tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan 

neft  mahsulotlari  vag`alla  mustaqilligini  ta'minlash;  eksportbop  tovarlar  ishlab 

chiqarish  miqdorini  ko’paytirishga  qaratilgan  yo’nalishlarga  iqtisodiy  siyosatda 

ustuvorlik beradi. 



2. Sanoat va uning yetakchi tarmoqlari. 

O’zbekistonda  sanoatni  rivojlantirishning  qator  imkoniyatlari,  geografik  va 

iqtisodiy  omillari  mavjud.  Geografik  omillar  jumlasiga  yer  sirti  tuzilishining  holati, 

iqlimning nisbatan yumshoqligi, tabiiy resurslar (M.: foydali qazilma: ma'dan mineral 

va yoqilІi resurslari), suv resurslari va ular bilan ta'minlash darajasi kiradi. Iqtisodiy 

resurslarga  mehnat  resurslari,  transport  va  uning  rivojlanish  holati  kiradi. 

Shuningdek,  uni  rivojlantirishda  ishlab  chiqarishning  moddiy-texnika  bazasi  muhim 

rol o’ynaydi. 

Mamlakatning sanoati rivojlantirishda shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak 

uning  istiqbolini  ko’rish  qiyin  emas.  Mamlakatimiz  yer  usti  va  yer  osti  boyliklari 

zahiralarining  ko’p  va  xilma-xilligi,  mehnat  resursining  kattaligi,  transport 

tarmoqlarining  yaxshi  rivojlanganligi,  shuningdek,  mamlakatda  yagona  temir    yo’l 

tizimini  yaratish  sohasida  amalga  oshirilayotgan  ishlar,  xorijiy  davlatlar  bilan 

hamkorlikda  barpo  qilinayotgan  yuzlab  qo’shma  korxonalar  ana  shu  istiqboldan 

darak beradi. 

Ayrim  tabiiy  resurslarga  nazar  tashladik.  Sanoatni  rivojlantirishda  tabiiy 

resurslar  (va  ayniqsa  foydali  qazilmalar)  bilan  ta'minlanganlik  alohida  o’rin  tutadi. 

Chunki  yoqilІi-energetika  va  metallurgiya  sanoatining  xomashyo  (neft,  gaz,  ko’mir 

rudasi)larsiz  sanoatning  undurivchi  tarmoqlarini  rivojlantirib  bo’lmaydi.  Ishlab 

beruvchi  sanaotning  ko’pchilik  tarmoqlari  uchun  ham  xomashyoni  asosan  ana  shu 

undiruvchi sanoat yetkazib beradi. 

Suv  resurslari  ham  sanoat  ishlab  chiqarishini  rivojlantirishda  alohida  omil 

hisoblanadi.  U  sanoatni  hududiy  joylashtirish  va  rivojlantirishda  qatnashadi.Har 

qanday  sanoat  tarmoІi  (va  hattoki,  alohida  olingan  sanoat  korxonasi)  ozmi  ko’pmi 

suv  iste'mol  qiladi.  Ayni  bir  paytda  mamlakatimizda  suv  zahiralari  chegaralangan. 

Buning  respublika  qihloq  xo’jaligi  asosan  suІorishga  tayanadi.  Shuning  uchun  ham 



 

45 


mamlakatda  sanoatni  uning  markazlarini  barpo  qilayotganda  mazkur  hududlarning 

suv  resurslarini  hisobga  olish  zarur.  Sanoatni  joylashtirish  va  rivojlantirishga  suv 

zahiralarini  hisobga  olish  “Orol  inqirozi”  vujudga  kelgan  O’zbekiston  rangli 

metallurgiya  sanoatining  ko’rki  oltindir.  Mamlakatimiz  hududidan  30  ta  oltin  koni 

topilgan.  “Oltinning  asosiy  zahiralari  oltin  konlarining  o’zida  MarkaziyQizilqumda 

joylashgan  bo’lib,  tasdiqlangan  zahiralari  bo’yicha  respublikani  dunyoda  to’rtinchi 

o’ringa  olib  chiqdi”.Hozirgi  vaqtda  O’zbekiston  oltin  qazib  olish  bo’yicha  jahonda  

yettinchi o’rinda chiqib oldi. Ushbu nodir va sifati jihatidan jahonda tengi yo’q oltin 

sanoatini  tashkil  qilish  va  rivojlantirish  orqali  O’zbekiston  iqtisodiy  taraqqiyotining 

kamol topishlarini yana bir poІona balandga ko’taradi. 

O’zbekiston  sanoat  ishlab  chiqarishida    yengil  va  oziq-ovqat  sanoatining  ham 

ulushi  katta  Ayniqsa  mamlakat  sanoat  tarmoqlari  orasida  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlarini  qayta  ishlovchi  va  agrosanoat  majmuiga  xizmat  ko’rsatuvchi 

tarmoqlar tarixan  yetakchi  mavqega  ega. Bular  paxta tozalash,  pillani  qayta  ishlashi 

va  shoyi  (atlas)  to’qish  vino  materiallari    konserva  mahsulotlari,  o’simlik  yoІi  va 

boshqa  sanoat  turlaridir.  Jumladan,  yoqilІi  va  elektr-energetika  sanoati  birlikda 

yoqilІi eneretika majmuini, mashinasozlik sanoat tarmoqlari mashinasozlik majmuini, 

qora  va  rangli  metallurgiya  majmuini,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoatlari  aholi  keng 

istemol qiladigan mollar ishlab chiqarish majmuini tashkil qiladi. 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin