Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


Semantik termin-sinonimlar



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə30/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

42. Semantik termin-sinonimlar

Stilistik termin-sinonimlar mumtoz asarlar, ayniqsa, nazmda bitilgan obidalar so‘z boyligida bot-botko‘zga tashlanadi: Tir-Munshiy “Merkuriy”, Mirrix-Turki falak “M ars”, aloqachi-chopar, g'o'l-qalb “qo‘shin markazi”, janggoh-ma ’rakagoh “jang maydoni”, urush-ma ’raka “jang”. Hozirgi o‘zbek terminologiyasi ham stilistik sinonimlardan xoli emas: gepatit-sariq, moychechak-romashka, qiynash-azoblash-iskanjaga olish va sh.k. Ilmiy-texnikaviy terminlar tarkibida stilistik terminlar uchramaydi. Turli terminologik sistemalarda qo‘llanuvchi ayg'oqchi-josus, implantatsiya-transplantatsiya “ko‘chirib o‘tkazish”, maosh-nafaqa, miqdoriy ustunlik-miqdoriy ortiqlik, narx-baho, xandaq-choh-o'ra, asir-til, hujum-hamla, kan>on-oboz,biyobon-dasht-sahro-cho 7, frazeologiya-idioma-turg 'un so ‘z birikmasi-turg ‘un birikma-frazeologik birlik-frazeologik birikma-frazeologizm-frazema singari leksik birliklar semantik termin-sinonimlar uyasini yuzaga chiqaradi.



43. Turli soha terminologiyasida qo‘llanuvchi omonimlar
Shaklan o‘xshash terminlarning turli fan sohalari terminlogiyasida qo‘llanib, omonimik qatorlarni yuzaga chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Chunonchi, boks I -sport, boks; boks II- tib. boks, alohida xona; giperbola I- til. mubolag‘a; giperbo/a II - mat. giperbola (konus kesimlaridan biri); morfologiya I -til. grammatikaning so‘z turkumlari haqidagi bo‘limi; morfologiya II -tib.; biol.odam va hayvon tanasidagi organlar va to‘qimalar shakli hamda tuzilishini o‘rganadigan fan; konvergensiya Ibiol. turli organizmlarda bir xil tashqi muhit ta’sirida o‘xshash belgilaming paydo bo'lishi; konvergensiya II -fiz. ikkala ko‘z o‘q chizig'ining bir nuqtada uchrashuvi; konvergensiya III.- tib. o‘xshashlik, yaqinlik; konvergensiya IV- til.-birdan ortiq tovushning tarixiy taraqqiyot natijasida bir tovushga birlashishi; bo 'z I- mato turi; bo 'z II -o t turi (rangi bo'yicha); bo'z III- cho‘l, dasht, yobon; bo 'z IV- bot. tuklikovil; assotsiatsiya I-psix. muayyan sharoitda psixologik hosilalar orasida paydo Bo’ladigan aloqa; assotsiatsiva II-biol.tuzilishi va turlari bir xil fitotsenozlar majmui; assotsiatsiya III kitnyo. molekulalar yoki ionlaming molekulalararo elektr tabiatli harakat kuchi ta’sirida guruhlarga bo‘linishi; assotsiatsiya IV-siyoS) uyushma, birlashma; assotsiatsiya V —til. til birliklarining shakli yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashishi va sh.k. Shunga o'xshash holat tibbiyot, tilshunoslik va boshqa sohalarda qo'llanayotgan konversiya, substansiya, substitutsiya, transformatsiya kabi omonimlar qatorida ham aksini topgan.


Yüklə 74,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin