Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


Xalqaro prepozitiv terminelementlar ishtirok etgan terminlar



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə24/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

33. Xalqaro prepozitiv terminelementlar ishtirok etgan terminlar


Hozirgi o‘zbek terminologiyasi uchun G‘arb tillaridan, ayniqsa, ingliz tilidan ko‘plab terminlarning quyilibkelishi diqqatga sazovordir. Shu bilan bir qatorda, o‘zbek tili terminlarining boshqa tillar tomonidano‘zlashtirilayotgani ajablanarli hol emas. Zero, so‘z o‘zlashtirish hodisasining ikki tomonlama sodir bo‘lishi tilshunoslikda allaqachon tasdig‘ini topgan. Ta’kidlash joizki, 1999 yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tashabbusiga muvofiq o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon birinchiligi o‘tkazildi. Keyinchalik bu sport turining ommalushuvi va dunyo arenasiga chiqishi natijasida kurash, yonbosh, chala, halol, g‘irrom kabi terminlar xalqaro sport terminologiyasining mulkiga aylandi (Bektemirov 2002;10).
Sharq taronalari (восточные мелодий), o‘zbek modeli (узбекская модель) singari terminlar jahonga mashhur bo‘ldi. Mahalla institutining qayta tiklanishi fuqarolar yig‘ini, fuqarolar yig‘ini raisi, oqsaqol va h.k. terminlarning o‘zga tillar so‘z boyligidan mustahkam o‘rin olishiga yoki tarjima qilinishiga bois bo‘ldi. Qayd etish lozimki, o‘zbek terminologiyasi tizimida xorijiy tillarga taalluqli tushunchalarni o‘z ichki imkoniyatlar asosida ifodalash tamoyili yetakchilik qilmoqda. Bunday jarayon paytida chetdan kelayotgan o‘zlashmalarning bir qismi o‘zbekcha mutanosiblari bilan almashtiriladi yoki tarjima qilinadi. Ushbu usul yangi tushunchalarni atashda o‘ta qulayligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Masalan, aksiyadorlik jamiyati (aакционерное общество), erkinlashtirish (либерализация), tijorat banki (коммерческий банк), muzyorar (ледокол), kichik biznes (малый бизнес), soliq stavkasi (налоговая ставка), tadbirkor (предприниматель), xususiy sektor (частный сектор), infratuzilma (инфраструктура), ekologik xavfsizlik (экологическая безопастность), siyosiy ekstremizm (политический экстремизм), potensial xavf-xatar (потенциальная угроза), mintaqaviy mojaro (региональный конфликт) va h.k. shularjumlasidandir. Chet tili terminlarini so‘z yasalish usullari (so‘z yasovchi modellar) asosida yangidan yuzaga kelgan yasamalar bilan almashtirish jarayonida o‘zbek tili lug‘at fondida oluvchi (aдресат), jo‘natuvchi (aдресант), tavsiyanoma (xарактеристика), buyurtma (заявка), narxnoma (прейскурант), ma’lumotnoma (справка), fuqarolik (подданство), daxlsizlik (иммунитет), ishbilarmon (предприниматель), ta’mirchi (реставратор) singari ko‘pgina terminlar.



Yüklə 74,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin