Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


Diniy-irfoniy istilohlar izohlangan lug‘atlar



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə26/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

36. Diniy-irfoniy istilohlar izohlangan lug‘atlar
Keyingi paytlarda o‘zbek terminografiyasida diniy, ma’rifiy-irfoniy xarakterdagi lug‘atlami tuzish masalasiga bir muncha diqqat qaratildi. Xususan, 2014-yilda ota-o‘g‘il Omonturdiyevlar tomonidan 1500 dan ortiq istilohlvr jamlangan “M a’rifiy-irfoniy istilohlar izohli lug‘ati” e’lon qilindi. Asardan ruhoniy, ma’rifiy va irfoniy
yoki mavhum tushunchalami ifodalovchi terminlar qatori ko‘pgina ma’rifiy obyekt, manzil, makon, nabotot va shaxs nomlarini anglatuvchi leksik birliklar, antropronimlar, toponimlar ham joy olgan. Istilohlaming joriy (kirill) hamda arab yozuvlarida berilishi lug‘atning ilmiy qimmatini ta’minlagan. Asarga lug‘at-maqolalar ilova qilingan, u foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilgan. Leksikografiya prinsiplariga rioya qilingan holda tuzilgan ushbu lug‘atda boshqa lug‘atlardan farqli oiaroq ma’rifiy yoxud tasavvufiy ta’limot bilan bog‘liq tarzda shakllangan, ijtimoiy ma’no-mazmun kasb etgan, izoh, ta’rif, tavsif talab etadigan, termin xarakteridagi so‘z va iboralar izohlangan. Ma’rifiy-irfoniy mazmundagi obidalarda qayd etilgan bir qancha istilohlaming ma’nosini anglashda qo‘l keladigan mazkur lug‘atda sezilarli
yutuqlar bilan birga ayrim juz’iy kamchiliklar ham yo‘q emas) Chunonchi, annotatsiyada asarda 2000 ga yaqin, Muqaddimada esa 1500 dan ortiq istilohlar izohlangani ta’kidlangan. Lug‘at-maqolalami joylashtirishda har doim ham alifbo tartibiga rioya qilinmagan. М., Azon duosi Azon dan (9), Al hazar Alhamdulillah dan (14), Amin ul-vahiy Amin dan (14), Bayt ul-ma ’mur, Bayt ul-mag‘firat, Bayt ul-muqaddas, Bayt us-salot izofalari Baytulloh dan (24), Duoi bad qilmoq iborasi Duoi bad dan oldin
joylashtirilgan. Voqea (35), Buruj (30), Val-layl ( 31), kabi sura nomlari, Gulsayri (36), Jin (45) kabi leksemalar negadir qo‘shtimoqqa olingan. Voliy istilohining izohida kamchilikka yo‘l qo'yilgan, ya’ni bu termin “barcha ishlami tasarmf etuvchi, qudrat bilan boshqaruvchi hakim (34)” emas, balki hokim tarzida izohlanishi zarur edi.
2016 -yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot- matbaa ijodiy uyi tomonidan Muxtorxon Umarxo‘jayev tuzgan “Diniy atamalar va iboralar. Ommabop qisqacha izohli lug‘at” e’lon qilindi. Shayx Abdulaziz Mansuming mas’ul muharrirligida chop etilgan bu asarda diniy terminlar va iboralaming ma’nosini sodda, to‘g‘ri, tushunarli va xolis izohlashga alohida diqqat qaratilgan. Keng o‘quvchilar ommasiga zaruriy qo‘llanma sifatida mo‘ljal-
langan ushbu lug‘atdan o‘rin olgan istilohlar joriy (kirill) yozuvda alifbo tartibida berilgan. Undan nafaqat diniy termin va iboralar, shuningdek, talaygina sura va shaxs nomlari ham izohini topgan. Ulkan mehnat va izlanish evaziga yuzaga chiqqan asarda kelajakda to‘g‘rilanishi lozim bo‘lgan ba’zi o‘rinlar ham ko‘zga chalinadi. М., “but sindiruvchi, krestlami chilparchin qiluvchi” ma’nosini ifodalovchi Butshikan istilohi nima uchundir Butshkan (46) shaklida keltirilgan. Va z, Voiz (50), Jurm, Jurmona (65) istilohlarining bir lug‘at-maqolada izohlanishi o‘zini oqlamaydi. Doru ul-fano, Dorulomon, Dorulxilofat, Dorul-islom kabi terminlar imlosida har xillik mavjud.
Terminologiyada variantdorlikning salbiy hodisa ekanligi hisobga olinib, Zulfiqor, Zulfaqor (70), lnshaalloh, Inshoolloh (80), Iymon, Imon (15), Nabi, Nabiy (117) singari shakllardan biri tanlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


Yüklə 74,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin