Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


Terminlar sistemasida polisemiyaning mavjudli



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə28/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

39. Terminlar sistemasida polisemiyaning mavjudli
U yoki bu sohada qo‘llanayotgan ayrim terminlardan bir nechta ma’noni ifodalash uchun foydalanilayotgani ham sir emas. Xususan, tilshunoslikda aksentuatsiya o‘zlashmasi 1. so‘z yoki gapdagi ma’lum qismlarni urg‘u yordamida ajratish; 2. tilning urg‘u sistemasi; 3. matnda urg‘uni belgilash ma’nolarini ifdalash maqsadida ishlatilmoqda
(Hojiyev, 2002.24). Huquqshunoslik sohasida akt o‘zlashmasining 1. akt; 2. harakat, ish;
3. dalolatnoma ma’nolarini ifodalashi qayd etilgan (Ahmedov, Bektemirov. 2002.15).
Harbiy terminlar sirasidan o‘rin olgan vaxta termini 1. kemada navbatchilik; posbonlik, soqchilik; 2. kema ekipajining navbatda turgan, posbonlik qilayotgan qismi; 3. muhim obyektlardagi navbatchilik, soqchilik ma’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan (RO‘L 1,1983.100). Ayni terminologik sistemada faol qo‘llanuvchi granata termini 1.
portlovchi snaryad hamda 2. irg‘itiladigan gimnastika asbobini anglatishda qatnashadi.
Shaklan o‘xshash terminlarning turli fan sohalari terminlogiyasida qo‘llanib, omonimik qatorlarni yuzaga chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Chunonchi, boks I –sport. boks; boks II- tib. boks, alohida xona;giperbola I- til. mubolag‘a; giperbola II - mat. giperbola (konus kesimlaridan biri); morfologiya I -til. grammatikaning so‘z turkumlari
haqidagi bo‘limi; morfologiya II -tib.; biol.odam va hayvon tanasidagi organlar va to‘qimalar shakli hamda tuzilishini o‘rganadigan fan; konvergensiya I- biol. turli organizmlarda bir xil tashqi muhit ta’sirida o‘xshash belgilarning paydo bo‘lishi; konvergensiya II -fiz. ikkala ko‘z o‘q chizig‘ining bir nuqtada uchrashuvi; konvergensiya III.- tib. o‘xshashlik, yaqinlik; konvergensiya IV- til.-birdan ortiq tovushning
tarixiy taraqqiyot natijasida bir tovushga birlashishi; bo‘z I- mato turi; bo‘z II –ot turi (rangi bo‘yicha); bo‘z III- cho‘l, dasht, yobon; bo‘z IVbot. tuklikovil; assotsiatsiya I-psix. muayyan sharoitda psixologik hosilalar orasida paydo bo‘ladigan aloqa; assotsiatsiya II-biol.tuzilishi va turlari bir xil fitotsenozlar majmui; assotsiatsiya III –kimyo. molekulalar
yoki ionlarning molekulalararo elektr tabiatli harakat kuchi ta’sirida guruhlarga bo‘linishi; assotsiatsiya IV-siyos. uyushma, birlashma;assotsiatsiya V –til. til birliklarining shakli yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashishi va h.k. Shunga o‘xshash holat tibbiyot, tilshunoslik va boshqa sohalarda qo‘llanayotgan konversiya, substansiya, substitutsiya, transformatsiya kabi omonimlar qatorida ham aksini topgan.



Yüklə 74,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin