Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari. O‘zbek tili so‘z boyligida sohaviy terminlar va ulaming til xususiyatlari



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə2/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari. O‘zbek tili so‘z boyligida sohaviy terminlar va ulaming til xususiyatlari.

O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (VII-X) terminologiyasi, eski turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili (XV-XX asr boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida intralingvistik va ekstralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab yetish imkonini beradi. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiy tub va yasamalar hamda buddizm va moniyizm ta’sirida so‘g‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi. Jumladan, barğu “o‘lja”, qarğu “soqchi, dozor”, tamğa “mug‘ro”, kőrűg “ayg‘oqchi”, elči “elchi; hukmdor, yurtboshi”, yolčï “sardor”, čïğay “yo‘qsil, kambag‘al”, qïšlağ(q) “qo‘shinning qishki qarorgohi”, ayğučï “davlat maslahatchisi” singari asl turkcha, čerig/čerik “qo‘shin, armiya”, sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha, xatun/qatun “malika”, kent “qishloq; shahar” singari sug‘dcha, qağan “hukmdor”, xan “hokim”, tegin “xonzoda, shahzoda”, yabğu “xoqondan keyingi oliy lavozim egasi”, seƞűn “xitoy generali”, tarqan “tarxon”, tutuğ “tuman hokimi” kabi xitoycha, šad “Turk xoqonligida oliy lavozim”, šadapït singari eroncha terminlar faol qo‘llanishda bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi yaqqol ko‘rsatadi. Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar (Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari obyektiv jarayonlar ostida o‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy til(XI-XIV)da terminologik leksika ko‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonunqoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori so‘z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, so‘g‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Alïm “qarz, kredit”, berim “to‘lov, qarzni qaytarish”, beglig “beklik”, bitigči “mirza, munshiy, kotib”, yatğaq “tungi soqchi”, yarïša “ko‘rshapalak”, yarğu “ajrim”, yarğučï “qozi, sudya”, qalïq “havo”, obuz “qattiq yer”, tirgäš “ko‘lmak suv” kabi turkcha, rabat “karvonsaroy”, malik “hukmdor”, siyasat “siyosat”, amil “ish yurituvchi”, tib “meditsina, tibbiyot”, nujum “astrologiya”, handasa “geometriya” singari arabcha, laškar “qo‘shin”, mayfuruš “may ichuvchi; may sotuvchi” singari forschatojikcha, daruğa “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, műran “daryo”, nűkär/nävkär “navkar, askar” kabi mo‘g‘ulcha terminlar bu davr terminologik tizimida nisbatan keng ko‘lamda ishlatilgan. Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sir, ya’ni ekstralingvistik omillarning roli salmoqli bo‘lgan. O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi izdoshlari tomonidan ta’lif etilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asralar leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan. Sobiq sho‘rolar hukmronligi vaqtida o‘zbek tili terminologiyasi yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi haddan tashqari ko‘p miqdordagi o‘zlashma terminlar hisobiga kengaydi. Soha terminologiyasi tizimining vujudga kelishida sof o‘zbekcha leksik birliklar bilan birga ruschabaynalmilal terminlarning roli yuqori bo‘ldi. Bu jihat ayniqsa, tabiiy fanlarga xos terminologik sistemada yaqqol ifodasini topdi. Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasi globallashuv va internetga qadam qo‘yilgan XXI asrda har tomonlama takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda. Hozirgi o‘zbek terminologiyasining shiddat bilan taraqqiy etishi til lug‘at tarkibining boyishi va takomillashuviga olib keldi.


  1. Yüklə 74,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin