Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


O‘zbek terminologiyasining shakllanish manbalari. O‘zbek terminologiyasi tizimida qadimgi qatlamning o‘rni



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə3/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

O‘zbek terminologiyasining shakllanish manbalari. O‘zbek terminologiyasi tizimida qadimgi qatlamning o‘rni.

O‘zbek tilida hozirgi ilmiy-texnikaviy terminologiya o‘z aksini keng qamrovda topgan.
O‘zbek adabiy tili leksikasining ajralmas bo‘lagi hisoblanmish terminologiya hozirgi o‘zbek tilshunosligi fanining o‘ta shahdam va dinamik tarzda taraqqiy etayotgan kategoriyalardan biri bo‘lib, til lug‘at boyligining muttasil o‘sib hamda kengayib borishida tuganmas manba rolini bajaradi. O‘zbek tili ilmiy terminologiyasida terminlarning uch turi farqlanadi (Begmatov 1988; 140): tarixiy-an’anaviy terminlar. Ushbu turga taalluqli leksemalar juda qadimdan termin vazifasida qo‘llanib keladi va o‘zbek terminologiyasining o‘zagini tashkil qiladi. Masalan, to‘siq, yulduz, soliq, kirim, pul, oldi-sotti, so‘roq, tomir (tib. arteriya), singari ko‘pgina terminlar shular sirasidandir; terminologik tizimning boyishiga bois bo‘lgan nisbatan yangi termin-o‘zlashmalar: skaner, sayt, karate, Internet auksion, tomografiya, spektr, respirator, psixolingvistika, pragmatika, lingvokulturologiya, semema, o‘zbek tili so‘z yasovchi qoliplari negizida hosil qilingan terminlarni ikki guruhga taqsimlash mumkin: a) ona tili materiallari
negizida paydo bo‘lgan terminlar: bog‘lovchi, to‘ldiruvchi, kesim, tenglik, bo‘g‘ilish (tib. asfiksiya), titrash (tib.trepetaniya) b) o‘zlashmalar ishtirokida yuzaga kelgan terminlar: raketaeltgich(raketanosets), avtomobilsozlik (avtomobilostroyeniye), O‘zbek terminologik leksikasining shakllanish manbasi ma’lum va mashhur qadimgi turkiy til (VII-X), eski turkiy til (XI-XIV) va eski o‘zbek adabiy tili obidalariga borib taqaladi. Ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy (Dadabayev 1991), harbiy (Dadabayev 1990; 3-83), huquqiy (Tursunova2009), zoologik (Abdushukurov 1998), kitobat (Yuldashev 2005) va boshqa terminologik leksikaning shakllanish va rivojlanish ibtidosi aynan mana shu yodgorliklardan boshlangan. XI-XII asrlar, ya’ni Qoraxoniylar davriga oid qo‘lyozma manbalar qarindosh turkiy tillar, chunonchi, o‘zbek, uyg‘ur, turkman, qozoq, qirg‘iz? qoraqalpoq va h.k. tillar tarixi bilan bevosita bog‘liq. XI-XIV asrlarda Markaziy Osiyo, Dashti Qipchoq, Volgabo‘yi, Qirim hamda mamluklar hukmronlik qilgan Qoraxoniylar davlati, Jo‘ji ulusining sharqiy qismi, ya’ni Xorazm, shuningdek, Chig‘atoy ulusi adabiy tillari zaminida shakllangan, hozirgi o‘zbek adabiy tilining o‘tmishdoshi hisoblanmish eski o‘zbek adabiy tili lisoniy xususiyatlari nuqtai nazaridan XI-XIV asr turkiy yozma manbalari tiliga juda yaqinligi bilan xarakterlanadi. Kezi kelganda buyuk Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Otoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Husayniy, Bobur, Muhammad Solihga o‘xshash zamondoshlari, Abulg‘oziy Bahodurxon, Munis, Ogahiy kabi izdoshlari shakllantirgan va rivojlantirgan eski o‘zbek adabiy tilining ba’zi turkologlar tomonidan chig‘atoy tili bilan ayni bir xil, ikkinchi guruh olimlar tomonidan chig‘atoy adabiy tilidan farqlanuvchi jonli xalq tili, uchinchi mutaxassislar tomonidan esa chig‘atoy adabiy tilining varianti, deb qaralishini takroran ta’kidlamoqchimiz. eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida qo‘llanishda bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlarni qiyosiy-statistik tahlili amalga oshirilgan edi.


  1. Yüklə 74,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin