Pisixologiya



Yüklə 13,24 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü13,24 Kb.
#187106
  1   2   3
Psixologiya 2-topshiriq

Psixologiya

2-topshiriq

Temperament va xarakter.

  • Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:

1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;

  • 1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
  • 2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;
  • 3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.
  • Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi.

Yüklə 13,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin