Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə20/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

Anatomik terminlar -yiirak^yurak”, qaraq “ko‘z, ko‘z gavhari”, qarin “qorin”, qol “qo‘l”, bus “bosh”, bagir “jigar”, dvka/opka “o‘pka” va sh.k.
Tibbiy terminlar - bugan “chipqon ”, kaka tau “yiringli yara, chipqon”,ig 1Ldard, kasallik”, igagrig “kasallik, dard”, igkegan “dard, kasallik”, adaq agrig “oyoq og‘rig‘i”, agiz agrig ig “og‘iz kasalligi”, burun agrig ig “bunin kasalligi”, boguz agrig ig “qilizo‘ngach, halqum kasalligi”, yurak agrig ig“yurak kasalligi”, onunc agrig ig “tomog‘ og‘rig‘i kasalligi”, qulgaq agrig ig “quloq kasalligi”, agrigci “kasal, bemor, dardmand”, tib “tibbiyot”, curni
(sanskrit) “surgi dori” va sh.k.
M a’dan nomlarlarini anglatuvchi terminlar: altun “oltin, tilla, zar”,
kumiis “kumush”, temiir “temir”, baqi'r “mis” va sh.k.
Dunyo (kurra)ning to‘rt tomoni va vaqt (sutka) o‘lchov birligini
ifodalovchi terminlar -
кйп ortu 1) “peshin”; 2) “janub”, tun ortu 1)
“yarim kecha”; 2) “shimol”, tun sari shimol”, tat] sari “”sharq”, кйп tugsiq “sharq, kuntug‘ar”, кйп batsiq “g‘arb, kunbotar”, batar “G ‘arb”,tugar “Sharq” va sh.k.
llm-fanga oid tushunchalarni ifolalovchi terminlar: bilig, bilim “ilm, bilim”, baqsi (xit.) “ustoz, muallim”, darb, tadif(ar.) “ko‘paytirish”,qismat, tansif“bo‘lish”, adad (ar.) “raqam, miqdor, son”, kuzui; ja zr (ar.)“ildiz”, misahat (ar.) “chegara, ildiz chiqarish”, handasa “geometriya”,saqis “arifmetika”, davat (ar.) “siyohdon”, kagid (ar.) “qog‘oz”, xat (ar.)
“alifbo, xat” va sh.k.
Diniy tushunchalar nomlari (teonimlar): bayat “Tangri, Xudo”,bacaq//bacag “ro‘za”, burxan (xit.) “budda; payg‘ambar, but”, yalabac //yalavac //yalafar “payg‘ambar”, savci “payg‘ambar” va sh.k.
Ekologik terminlar: siiziik suv “tiniq, ko‘m-ko‘k suv”, tarkin suv“balchiqli suv”, etyer “yumshoq yer; yumshoq tuproq”, tatirlig yer “qattiq yer”, qarqag “o‘tsiz va suvsiz joy, qaqroq”, sargan yer “sho‘rxok yer”,sagiz topraq “sog‘ tuproq”, acuq kok “ochiq havo” va sh.k.
28. Arxaizmlar sirasiga qanday leksik birliklar kiradi?
29.Mustaqillik davrida qanday arxaizmlar qayta qo‘llanishga
kiritildi? (28-29)
O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989-yilning 21-oktabrida “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi o‘zbek tili so‘z boyligining asosiy qatlamlaridan hisoblanmish terminologik leksikaga yangicha munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Qonunning 7-moddasida ta’kidlanganidek, “Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi”. Ushbu jahonshumul ahamiyatga molik Qonunning qabul qilinishidan so‘ng, taxminan 3-5 yil davomida ilgaridan tilda
qo‘llanishda bo‘lgan terminlarni, ayniqsa, ruscha-baynalmilal qatlamni qaytadan ko‘rib chiqish tendensiyasi kuchayib ketdi. So‘zsiz, bunday sa’y-harakatlar o‘zbek tilining sofligini saqlash, uning asl tabiatini qayta tiklashga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Sobiq sho‘rolar hukmronligi davrida o‘zbek tili lug‘at tarkibining shakllanishi va rivojlanishida alohida rolga ega bo‘lgan ko‘pdan ko‘p ko‘hna so‘zlar asossiz ravishda eskirgan leksik birliklar kategoriyasi, ya’ni arxaizmlar sirasiga kiritilgan edi. Ayni nohaqlikni o‘nglash, tarixiy haqiqatni tiklash muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan edi. O‘zbek ziyolilari, chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil qilingan Atamashunoslik qo‘mitasining samarali mehnati evaziga muxtoriyat, ma’muriyat, ma’mur, muqobil, hakam, tashrif, insonparvarlik, xususiylashtirish, boshboshdoqlik, qoldiq (saldo), iqtisodiyot, ma’lumotnoma, reja, dastur, kengash singari judako‘p ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlar qaytadan qo‘llanishga kiritildi.Arxaizmlar ostida o‘tmishda faol qo‘llangan, biroq vaqt-zamon
o‘tishi bilan ishlatilish chastotasi o‘ta susaygan yoxud o‘rnini tub yoki o‘zlashmalarga bo‘shatib berishga majbur bo‘lgan leksik birliklar nazarda tutiladi. Arxaizmlar o‘zbek tili so‘z boyligining shakllanish va rivojlanishining bizga ma’lum barcha davrlarida mavjud bo‘lgan. Sobiq sho‘rolar hukmronligi davrida o‘zbek tili leksikasida qadimdan faol
qo‘llanib kelgan ko‘pdan-ko‘p tub hamda arab va fors-tojik tilidan turliomillar oqibatida o‘zlashgan so‘z va iboralar ruscha yoki rus tili orqali G‘arbiy Yevropa tillaridan kirib kelgan leksik birliklar bilan almashtirilgan edi. Buning natijasida, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida ishlatilgan minglab so‘zlar, terminlar eskirgan, ya’ni arxaizmlar sirasiga kirib qolgan edi. O‘zbek tilining 1980-yilda Moskvada nashr qilingan ikki tomdan iborat izohli lug‘atida talaygina so‘zlarga eskirgan belgisi qo‘yilgani ma’lum.



Yüklə 74,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin