Termin va terminologiya. Termin soʻzining interperetsiyasi. O


Eski turkiy tildagi falakiyot terminlari tizimi



Yüklə 74,18 Kb.
səhifə18/31
tarix27.07.2023
ölçüsü74,18 Kb.
#137723
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Terminologiya yakuniy javob 1-45

25.Eski turkiy tildagi falakiyot terminlari tizimi.
Eski turkiy til manbalarida falakiyot terminlar tizimini uchratamiz, bular tahlil jarayonini keltirib chiqaradi. Falakiyot- arabcha so‘z bo‘lib, astronomiya, astronomiyaga aloqdorlik degan ma’noni anglatadi.Astronomiya va tabbiy geografiyadan umumiy ma’lumotlar beruvchi, o‘rta asrlarda rivoj topgan fan hisoblanadi. Qomusiy olimlarimiz ham falakiyot ilmi bo‘yicha katta yutuqlarni amalgam oshirgan. Falakiyot ilmi. Osmon ilmi yulduzlarni o‘rganishdan boshlangan. Miloddan avvalgi 425-yilda ilk falokiyotga oid kitob yozildi, farhamiro o‘z asarini “Tabiat qonunlarining mukammal majmuasi” deb nomlaydi.
Hind astronomi Ariabxata quyosh va oy tutilishini, yer quyosh atrofida aylanishini, yer yumaloqligi va har kuni o‘z o‘qi atrofida aylanishini aytadi.Buyuk o‘zbek astronomi va matematigi sifatida Temuriylar davlati hukmdori, Shohruhning o‘g‘li Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Ko‘ragonni aytamiz. U ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada eng buyuk ishi “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” deb nomlangan astronomik jadvaldir. Yulduzlarga bag‘ishlangan asari “Risolai Ulug‘bek”. 1437-yilda 1018 yulduz to‘plamini “Ziji sultoniy” asarida tartib bergan va bu asarlarda falakiyot terminlarini juda ko‘p o‘rinlarda uchratamiz.


26. Qadimgi turkiy til terminologiyasidagi o‘z va o‘zlashgan qatlam.
Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiycha tub hamda yasamalardan hamda buddizm va moniyzm ta’sirida so‘g‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi. Jumladan, barg‘u “o‘lja”, qarg‘u “soqchi, dozor”, tamg‘a “mug‘r”, ko‘rug “ayg‘oqchi”, elchi “elchi; hukmdor, yurtboshi”, yo‘lchi “sardor”, chig‘ay “yo‘qsil, kambag‘al”, qishlag‘(q)” qo‘shinning qishki qarorgohi”, ayg‘uchi “davlat maslahatchisi” singari asl turkcha, cherig/cherik “qo‘shin, armiya”, sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha, xatun/qatun “malika”, kent “qishloq; shahar” singari so‘g‘dcha, qag‘an “hukmdor”, xan “hokim”, tegin “xonzoda, shahzoda”, yabg‘u “xoqondan keyingi oliy lavozim egasi”, sengun “xitoy generali”, tarqan “tarxon”, tutug‘ “tuman hokimi” kabi xitoycha, shad “Turk xoqonligida oliy lavozim” , shadapit singari eroncha terminlar faol qo‘llanishda bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi yaqqol ko‘rsatadi. Аyni chog‘da e’tirof etish joizki, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan asarlarning turkiy tilga qilingan tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy, iqtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, o‘simlik dunyosi-flora, ilmi nujum-astoronimiya va h.k. sohalarga xos terminlar keyinchalik deyarli qo‘llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o‘zbek tili ularni qabul qilmadi.
27. Qadimgi turkiy tilga xos toshbitiklar matni leksikasidagi terminlar tizimi: ijtimoiy-siyosiy, harbiy, anatomik, tibbiy terminlar, tijorat, savdo-sotiq terminlari, zoonimlar, astroponim(kosmonim)lar
Turkiy yozma-adabiy tilning dastlabki namunalari sirasiga tegishli qadimgi run bitiklari, shubhasiz, turkiy xalqlar ajdodlariga xos yuqori darajada shakllangan lisoniy madaniyatidan darak beruvchi manba vazifasini o‘taydi. Qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik, morfem-morfologik,leksik-semantik va sintaktik xususiyatlari 0 ‘rxun-Yenisey(Enasoy) tosh
bitiklari va epitafiyalarida o‘z ifodasini topgan. Runik obidalar janr nuqtai nazaridan olti guruhga taqsimlanadi: tarixiy-biografik bitiklar: Kultegin, M o‘g‘ilon (Bilga qag‘an), Kulicho’r, To‘nyuquq, 0 ‘ngin, Selenga, Sujun, Qorabalg‘asun bitiktoshlari; epitafik bitiklar: Yenisey, Talas, Tuva, Xaqosiya qabr toshlari; qoyalar, toshlar va qurilishlardagi (Xo‘yto‘-Temir) bitiklar; diniy matnlar: “Folnoma” folkitobi; Turfondan topilgan yuridik/huquqiy hujjatlar; Maishiy narsa-buyumlardagi bitiklar.Runik bitiklar va ilk eski turkiy til obidalari leksikasi tarkibida bir qancha terminologik tizimlaming mavjudligini turkiyshunoslikda olib borilgan izlanish va maxsus tadqiqotlar tasdiqlagan. Xususan, quyidagi mavzui guruhlarga oid terminologik tizimlar bitiklar matnida faol qo‘llangan:

Yüklə 74,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin