“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali


“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 466,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.04.2023
ölçüsü466,11 Kb.
#96858
1   2   3   4   5
tarixiy-xotirasiz-kelajak-yo-q

“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№12
 
75 
sahifa o‘rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar haqida noxolis fikrlar aytilar yoki 
umuman, lom-mim deyilmasdi. Fandagi bunday soxtakorlik, ko‘zbo‘yamachilikni 
bugun eng olis qishloqlarda yashayotgan oddiy fuqaro ham, maktab o‘quvchisi ham 
yaxshi biladi. Endi, mustaqillik tufayli yaqqol namoyon bo‘layotgan tarixiy haqiqatni 
bilishga, o‘zligini anglashga chanqoqlikning tub sabablari mana shunda, deb 
o‘ylayman. 
Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga doir risolalar yozishmoqda, tarixiy 
mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda. Ommaviy axborot 
vositalari ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ`ib qilayotgani, suhbatlar
muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo‘layotgani diqqatga sazovor. 
Yoshlarning Vatan, millat taqdiri uchun o‘zlarini mas’ul sezib, bu bahslarda 
daxldorlik tuyg`usi bilan ishtirok etayotgani meni, ayniqsa, quvontiradi. 
Millat, mamlakat haqida katta-katta minbarlarga chiqib gapirishning o‘ziga xos 
mas’uliyati bor. Muayyan voqea, shaxsga munosabat bildirayotganda, bu faqat bir 
kishi yoki muayyan toifadagi kishilarning nuqtai nazari bo‘lishi mumkinligini 
unutmaylik. Yomon tomoni shundaki, sub’ektiv fikr yuquvchan bo‘ladi. Chuqur 
tahlil, mantiqqa asoslanmagan biryoqlama fikr odamlarni, eng avvalo, tarix 
o‘qituvchilarini chalg`itadi. Ular eshitganlarini haqiqat shu ekan, deb o‘quvchilarga 
ham etkazishadi. Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga 
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin. Bu - birinchidan. 
Ikkinchi masala shundan iboratki, biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining 
ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, 
mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, 
ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab 
bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi, 
xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo‘ladi. 
Erkin, demokratik jamiyat quryapmiz. Biz uchun yopiq mavzuning o‘zi yo‘q. 
Umumxalq minbari - televideniemiz, radiomiz, matbuotimiz bor. Yaxshi niyatli 
kishilarga chegaralarimiz hamisha ochiq. Xorijdan mehmonlar kelishyapti, biz chet 
davlatlarga chiqyapmiz. Kunda bo‘lmasa, kun ora xalqaro anjumanlar o‘tib turibdi. 
Bizga mana shu anjumanlarda manman degan olimlar bilan xohlang iqtisod, xohlang 
siyosat, xohlang tarix, ma’naviyat sohalari bo‘lsin, bemalol bahslasha oladigan 
bilimdon, zukko, ma’rifatli odamlar kerak. 
Nega men ma’rifat so‘zini ko‘p takrorlab, unga alohida urg`u beryapman? 
Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan 
yagona kuch -ma’rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealarni bir 
eslang. Nega bu o‘lkada o‘sha yillari ma’rifatchilik harakati har qachongidan ham 
kuchayib ketdi? Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz 
tutgan o‘lkani uyg`otishga, xalqning ko‘zini ochishga faqat ma’rifat orqaligina 



Yüklə 466,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin