“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali


“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 466,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü466,11 Kb.
#96858
1   2   3   4   5
tarixiy-xotirasiz-kelajak-yo-q

“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№12
 
77 
o‘lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o‘rni 
bo‘lmaganmikan? 
Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch 
keladi va, aminmanki, to‘g‘ri xulosalar chiqaradi. Tarixiy xotirasi bor inson - irodali 
inson. Takror aytaman, irodali insondir. 
Kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi 
bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. 
Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. 
Yuqoridagi mulohazalardan tabiiy ravishda shunday savol tug`iladi: xo‘sh, 
O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining bugun keng ommaga etkazishga arziydigan 
haqqoniy tarixi yaratildimi-yo‘qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix 
sanamayman. O‘zgalar yozib bergan tarixni o‘qitishga mutlaqo qarshiman. 
Mustamlakachi o‘ziga qaram bo‘lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? 
Ular bor kuch-g`ayratlarini Turkistonning o‘tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan 
judo qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bo‘lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. 
Inson uchun tarixidan judo bo‘lish - hayotdan judo bo‘lish demakdir. 
Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Lekin Rossiyaning xoh 
o‘tmishdagi, xoh bugungi ko‘zga ko‘ringan biror bir tarixchisidan so‘rab ko‘ring-chi, 
shuni tan olarmikin? Tan olmaydi, bilmaydi, bilishni xohlamaydi ham. Xo`jarlikning 
sababi esa bitta: basharti, tan olgudek bo‘lishsa, tarixiy xulosalari chippakka chiqadi, 
ilmda soxta yo‘l bilan borganlari fosh bo‘ladi. Eng mo‘‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz 
"Avesto"ning yaratilganiga 3000 yil bo‘lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr 
muqaddam ikki daryo oralig`ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan 
ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. "Avesto" 
ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat 
bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi. 
Lekin, yuqorida aytganimdek, biron-bir xorijiy jurnalistning, umuman, o‘arb 
adiblarining "Avesto"ni eslashganini bilmayman. Xulosa shuki, olis-olis joylarda 
xalqimiz, mamlakatimiz o‘tmishi haqida aytilayotgan mulohazalarning aksariyat 
qismi soxta, g`ayriilmiydir. 
Men bilganimni aytyapman, shunday xulosa chiqarishga majburman. 
Ajablanadigan joyi yana shundaki, tariximiz haqida gap ketganda, biz hamon rus 
olimlarining tadqiqotlariga tayanamiz, iqtibos ko‘chiramiz. "Bartold unday degan
Gumilev bunday deganѕ" va hokazo. Men rus olimlarining mehnatini kamsitmoqchi 
emasman. Lekin qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtai nazari, qarichi bilan 
baholaymiz? Shunday ulkan davrda yurtimizda kechgan davlatchilik taraqqiyoti, 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti atroflicha tahlil etilgan tadqiqotlar nega 
yaratilmayapti? Arxeologiya, Tarix, Sharqshunoslik va boshqa bir qator 
institutlarimiz bor. Mutaxassislar nima bilan mashg`ul, qayoqqa qarashyapti? O‘zbek 



Yüklə 466,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin