“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali


“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 466,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix12.04.2023
ölçüsü466,11 Kb.
#96858
1   2   3   4   5
tarixiy-xotirasiz-kelajak-yo-q

“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№12
 
76 
erishish mumkin edi. Ma’rifatparvarlik biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgani yo‘q, yo‘qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni 
tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda 
farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni echolmasak, barcha toat-
ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo‘lmaydi! 
Aynan shuning uchun ham o‘z paytida Respublika Ma’rifat va ma’naviyat 
markazini tashkil etdik. Markazning viloyat, tuman bo‘limlari ochildi. Gap hozir 
respublika byudjetidan ajratilgan katta mablag` haqida emas. Kerak bo‘lsa, yana 
yordam beramiz. Mazkur sohadagi ishlarning talab darajasida emasligini, 
tashkilotning rasmiyatchilikka berilib ketayotganini qanday tushunish mumkin? Bu 
holni ko‘rganda beixtiyor, baraka topkur, sen sho‘rolar zamonidagi 
dompolitprosveщenie, ya’ni siyosiy maorif uyi xodimi emassan, mutlaqo boshqa 
odamsan, biz bu markazni faqat maosh olish uchungina tashkil etmadik, degingiz 
keladi. Qolaversa, ma’naviyat, ma’rifatni targ`ib qilish har bir ziyolining vijdon 
ishidir. Ma’rifatchi fidoyi bo‘lmog`i kerak. Tushunamiz, ularning ham tirikchiligi, 
bola-chaqasi bor. Shuning uchun ham maosh tayinlab qo‘yibmiz. Lekin yana takror 
aytaman: ma’rifatchi, eng avvalo, fidoyi bo‘lmog`i, o‘zidan kechmog`i kerak. 
XX asr boshidagi ma’rifatchilik harakati haqida gapirgandim. O‘sha harakatning 
namoyandalari boylik uchun, shon-shuhrat uchun maydonga chiqishdimi? 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Tavallolarga maktab ochganlari, 
xalqni o‘z haq-huquqlarini tanishga da’vat etganlari uchun birov maosh to‘laganmi? 
Birov ularga oylik berganmi? Albatta, yo‘q! Ular o‘t bilan o‘ynashayotganlarini, 
istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi 
bilishgan. Bilaturib, ongli ravishda mana shu yo‘ldan borganlar. Chunki, vijdonlari, 
iymonlari shunga da’vat etgan. 
Endi asosiy masalaga o‘tsak. Xo‘sh, tarixning ma’naviyatimizda tutgan o‘rni 
qanday? Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkinmi? 
Albatta, mumkin emas! Ma’naviyatini tiklashi, tug`ilib o‘sgan yurtida o‘zini 
boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, 
tarixiy xotira kerak. 
O‘ar qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar 
bo‘lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turishi, tiklanish, shakllanish 
jarayoni qanday kechgan, degan savollarni o‘ziga berishi tabiiy. Nega jahonga 
Ahmad Farg`oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom 
Buxoriy, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni 
bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib, to shu choqqacha erishgan yuksalish 
darajalaridan tushib ketdi? Nega so‘nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan 
chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining 



Yüklə 466,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin