“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 466,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.04.2023
ölçüsü466,11 Kb.
#96858
  1   2   3   4   5
tarixiy-xotirasiz-kelajak-yo-q



“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№12
 
74 
TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q 
 
Eshmurzayeva Gavhar Elhom qizi 
258-maktab o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7437650
 
Annotatsiya: Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, 
madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib 
bormoqda. Bu - tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi 
tug`ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. 
Ushbu maqolada tariximiz haqida nafaqat o‘quvchi yoshlarimiz balki ]har bir inson 
uchun kerakli bo‘lgan fikrlar haqida so‘z yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: maktab, o‘quvchi, o‘qituvchi, taraqqiyot, IT, ta’lim, texnologiya, 
tarbiya. 
Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, 
balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan 
olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu 
ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning 
asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin 
qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku fayzini, mahobatini 
yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik
hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak 
bo‘lganidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi 
toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 
mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, 
axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, 
dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, 
iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. 
SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha 
olishi mumkin, deb dadil ayta olaman.
Ota-bobolarimizning asrlar davomida 
to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan 
bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi. Chunki, o‘zingizga ma’lum, 
sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag`batlantirilmas edi, hukmron 
mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha 
yiroq saqlanardi. 
Ahvol shu darajaga borgan ediki, o‘z tariximizni o‘zimiz yozish huquqidan 
mahrum bo‘lib qoldik. Birovlar tomonidan yaratilgan tarix darsliklarini o‘qir edik. 
"SSSR tarixi" deb atalgan darslikda O‘zbekistonday mamlakatga bor-yo‘g`i 3-4 



Yüklə 466,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin