Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 308-guruh talabasi boboqulov asqarning o’zbekiston tarixi fandan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 134,93 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü134,93 Kb.
#105962
Asqar Boboqulov 1

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 308-GURUH TALABASI BOBOQULOV ASQARNING O’ZBEKISTON TARIXI FANDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

  • Mavzu: O’zbekistonlik jangchilarning frontlardagi faoliyati.
  • Reja:
  • 1. O’zbekistonlik jangchilarning frontlardagi faoliyati.
  • 2.

O‘zbekistonlik jangchilar , uning qurolli kuchlari og‘ir kechgan Kiyev, Smolensk, Odessa, Sevastopol va boshqa ko‘plab shaharlarning himoyalarida, bu shaharlar ostonalarida kechgan tarixiy janglarda ishtirok etdilar.
Moskva ostonalarida uni himoya qilish uchun olib borgan janglarda I.V Panfilov qumondonligi ostidagi 8 gvardiyachi diviziya jangchilari qahramonlik namunalarini ko‘rsatib jang qildilar. Bu diviziya Qozog‘istonda tashkil qilingan bo‘lib uning sostavida Toshkentdagi piyoda qo‘shinlar bilim yurtida ta’lim olgan 180 dan ortiq ofiserlar bor edi. Moskva himoyasida ko‘rsatgan xizmati uchun Oliy Bosh Qumondonlik tomonidan Qizil bayroq ordeni bilan mukofotlangan bu diviziya jangchilari orasida o‘zbek o‘g‘lonlari Zarif Ibragimov, Ikrom Jalilov, Mamadali Madaminov va boshqalar bor edilar. Moskva ostonalaridagi jangda juda ko‘plab O‘zbekistonlik jangchilar generallar N.A. Belov va L.M. Dovatorlar qumondonlik qilgan otliq korpuslarida mardlik namunalarini ko‘rsatib jang qildilar.
Mamlakatimizning o‘sha vaqtdagi poytaxti Moskva ostonalaridagi ikkinchi jahon urushining eng qattiq janglarida o‘zbek o‘g‘lonlari bilan bir qatorda o‘zbek ayollari ham qatnashib o‘z jasoratlarini namoyon etdilar.
Ana shunday o‘zbek ayollaridan biri Zebo G‘aniyeva Moskva ostonalaridagi janglarda bir o‘zi 28 ta fashistni yer tishlatdi. Ko‘rsatgan bu jasorati uchun u Qizil Bayroq ordeni va Snayper belgisi bilan mukofotlandi.
Umuman Moskva ostonalarida, uni himoya qilish janglarida ko‘rsatgan jasoratlari uchun O‘zbekistonlik jangchilardan 1753 kishi «Moskva mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandilar.
O‘zbekistonlik jangchilar 1942 yilning yozidan 1943 yil bahorigacha Stalingrad ostonalarida bo‘lib o‘tgan janglarda ajoyib mardlik namunalarini ko‘rsatdilar.
O‘zbekistonlik jangchilar ikkinchi jahon urushining Kursk –Oryol-Belgorod, Leningrad, Kavkaz, Boltiqbo‘yi shaharlari, Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviyada bo‘lib o‘tgan shiddatli janglarda faol ishtirok etdilar. Faqat 1944 yilda Qizil Armiyaning dushmanga qarshi olib borgan umumiy xujumi davrida O‘zbekistonlik jangchilardan 78 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi xolos...
O‘zbekistonlik jangchilardan 1706 kishi «Berlin olingani uchun» medali bilan mukofotlandi. Yurtimiz o‘g‘lonlari Yaponiyani tor-mor etishga qaratilgan janglarda ham aktiv ishtirok etdilar. Ana shu ishtiroki 6770 jangchilarimizga SSSR ordeni va medallari topshirild
Shunday qilib ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston mehnatkashlari, o‘zbekning mard o‘g‘il-qizlari front orqasida, shuningdek urushning dahshatli jang maydonlarida mehnat va jangovarlik jasoratlarini ko‘rsatib sovet xalqining bu urushda erishgan umumiy g‘alabasiga o‘zining salmoqli ulushini qo‘shdi. 
  • ETIBORIZ UCHUN RAXMAT

Yüklə 134,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin