Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya darslarini rejalashtirish



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149


 
7.7. Geografiya darslarini rejalashtirish
 
Har bir sinfda o‘qitiladigan geografiya kurslari bir qancha mavzulardan 
iborat. Ularning mazmunini o‘rganish tartibini o‘quv dasturi belgilaydi. O‘quv 
ishlarini rejalashtirish mavzu va alohida darslarni rejalashtirishdan iborat. 
Geografiya 
darslarini 
rejalashtirishda 
o‘qituvchilarning 
vazifasi 
quyidagilardan iborat. 
1. Har bir sinf o‘quv dasturidagi mavzularni choraklarga yoki 2 ta yarim 
yilga taqsimlash (yillik ish rejasi); 
2. Mavzularni darslarga bo‘lib chiqish va ularning o‘tish muddatini aniqlash, 
(mavzularni rejalashtirish); 
3. Har bir darsni o‘tishning bajarish rejasini (dars-reja konspekti) tuzish. 
Yillik ish rejasi. 
Har bir darsda o‘tiladigan predmet uchun alohida ish rejasi 
tuziladi. Buni bajarishdan oldin geografiya o‘qituvchisi predmetning maqsad va 
vazifalarini aniq tasavvur qilishi zarur. Dasturdagi mavzularni choraklarga 
taqsimlashda o‘qituvchi ijodiy yondashishi zarur. Dastur asosida yillik ish 
rejasining quyidagi taxminiy tizimini tavsiya qilish mumkin.
Mavzuli reja ko‘p soatlik mavzularni sun’iy bo‘lib tashlashni emas balki
ularni ma’lum tartib bilan ketma-ketlikda, mazmun asosida ta’lim metodlarini 
tanlashni e’tiborga olgan holda taqsimlashni taqozo etadi. O‘qituvchi dastur va 
darslik asosida har bir darsning ta’lim-tarbiyaviy maqsadini, mazmunini, tayanch 
bilimlarni, amaliy va mustaqil ishlarni, ta’lim vositalarini aniqlaydi. O‘qituvchi 
o‘quv ishlarini rejalashtirishda turli shakllarni qo‘llashi mumkin. Bunday 
rejalashtirishlar jurnallarda, metodik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ko‘p yillik 
tajribaga ega bo‘lgan geografiya o‘qituvchilari dars rejalarini tuzishda ijodiy 


168 
yondashadilar. Masalan, har bir dars uchun katta ishlanma (konvert) tutadilar. 
Unda dars rejasi bilan didaktik materiallar ham bo‘ladi. Kelgusi o‘quv yilida 
ishlanma ko‘zdan kechirilib, unga zarur qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritiladi. 
Barcha ishlanmalar sinflar bo‘yicha alohida saqlanadi. Amaliyotda dars o‘tuvchi 
yuqori kurs talabalari va yosh o‘qituvchilar juda oz tajribaga ega bo‘lganlari uchun 
dars konspektlari tayyorlaganlari ma’qul. Chunki ularda hali yetarli pedagogik 
ko‘nikmalar shakllanmagan. Ularga rejalashtirishning quyidagi eng oddiy shaklini 
tavsiya qilish mumkin: 
1.Dars rejasi. 
2. O‘qituvchi faoliyati. 
3. O‘quvchi faoliyati. 
Birinchi ustunda dars rejasi beriladi. Ikkinchi ustunda o‘qituvchi bayonining 
mazmuni, suhbat, Blis so‘rovi va o‘quvchi uchun mustaqil topshiriqlar aks 
ettiriladi. Uchinchi ustunga o‘quvchilardan kutiladigan javoblar, mustaqil ish 
natijalari, jadvallar, chizgilar yoziladi. 
Darsni ushbu metodda amalga oshirish o‘quvchilarning bilish faoliyatini 
nazorat qilishda katta rol o‘ynaydi. Maktablarda geografiya darslarini 
rejalashtirishda yagona tizim yo‘q. Chunki o‘quv jarayoni mazmuni va shakllarini 
tashkil qilish hamma o‘qituvchida ham bir xil emas. Geografiya ta’limida turli xil 
rejalar keng tarqalgan. Ayniqsa, kurslar bo‘yicha butun o‘quv jarayonini yirik 
bilim va mavzular bo‘yicha rejalashtirish ko‘p ishlatiladi. 
Geografiya darslarida tayyorlanish jarayonida mavzuli (tematik) reja keng 
ishlatiladi. Bunday reja o‘qituvchiga bilimlarni tadrijiy shakllantirishni, mavzular 
o‘rtasida 
aloqadorlikni 
o‘rnatishda, 
tushunchalarni 
bosqichma-bosqich 
shakllantirishda, tayanch bilimlar va ko‘nikmalarni belgilashda, amaliy ishlar 
tizimini aniqlashda qanday ko‘rgazmali qurollarni ishlatish zarurligini oldindan 
belgilab olish imkonini beradi. Mavzuli rejaning u yoki bu kurs bo‘yicha 
darslarning turi, maqsadi, metodlari, vositalari, o‘qituvchi va o‘quvchi 
faoliyatining qanday bo‘lishligini oldindan belgilab olishda ham roli katta. 
Har bir dars mutloqo bir-biriga o‘xshamaydi. Chunki bu o‘quv materiali 
mazmuni bilimlarni o‘zlashtirish darajasi o‘quv ishlari metodlari, o‘quvchilar 
dunyoqarashi, dars g‘oyalari mehnat, ekologik, iqtisodiy, kasb tarbiyasi kabilarni 
shakllantirishda e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Darslar tizimini rejalashtirishda 
birinchi navbatda har bir darsning didaktik maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalari, 
dars tarkibi, darsdagi bog‘liqlik e’tiborga olinishi kerak. 
Darslar tizimini rejalashtirishda taxminan quyidagi bandlarni e’tiborga olish 
lozim. 
Dars №; 
Dars mavzusi; 


169 
Didaktik maqsad yoki ta’lim-tarbiyaviy vazifalar; 
Tayanch bilimlar; 
Ta’lim vositalari; 
Ta’lim metodlari va metodik tavsiyalar; 
Fanlararo aloqalar; 
Mustaqil va amaliy ishlar; 
Uyga vazifa; 
Mazkur rejalashtirishga ijodiy yondashish va o‘zgartirishlar kiritish mumkin. 
Darslar tizimi rejasi asosida alohida darslar rejasi tuziladi. Bu rejada 
o‘qituvchi faoliyatini tashkil qilishning aniq tekshirish-yangi bilim berish-
mustahkamlash-uyga vazifa tarzida tashkil qilaverish ta’lim sifatini pasaytiradi. 
O‘quvchilar faolligini fikrlashni susaytiradi. Shuning uchun ham darslarni 
rejalashtirishda uning uslubiy tuzilishini doimo o‘zgartirib turishi kerak. Darslarni 
rejalashtirishga qarab o‘qituvchilar ijodiga baho ham berish mumkin. Bu yerda 
o‘qituvchining ilmiy-uslubiy mahorati, topqirligi, o‘z fanini qanchalik puxta 
bilishligini aniqlab olish imkoniyati tug‘iladi. Demak, darslarni rejalashtirish tartibi 
bo‘yicha yagona metod bo‘lishi mumkin emas ekan. Bitta kurs bo‘yicha aynan shu 
o‘qituvchi har yili turlicha darslar tarkibini tuzishi mumkin. Taxminiy dars rejasi 
quyidagi bandlardan iborat bo‘lishi mumkin: 
- Sinf;
-Kun; 
- darsning tartib raqami va dars mavzusi;
-dars jihozlari; 
- darsning borishi (mazmuni, tanlagan metodlar, har bir qismga ketgan vaqt, 
qaysi o‘quvchilardan so‘ralishi, yakka va yalpi so‘rash uchun Blis so‘rov, doskaga 
chizilishi, kerak bo‘lgan rasm va chizgilar); 
-uyga vazifa.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin