Tadqiqot joyining tabiiy sharoitlari va uslublari


II BOB. TADQIQOT JOYINING TABIIY SHAROITLARI



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə5/12
tarix20.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#163167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Shahribonu kurs ishi. (1) (3)

II BOB. TADQIQOT JOYINING TABIIY SHAROITLARI
2.1. Xorazm viloyatining geografik joylashish o’rni
Xorazm voxasi dunyoda paxta yetishtiradigan mamlakatlarning shimolida, jumladan respublikamizning shimoliy-g’arbiy qismida, Turon tekisligining markazida, Qoraqum va Qizilqum cho’llari oralig’ida joylashgan.
G‘arb, janubi-g‘arb va janubdan ko‘proq Turkmanistonning Ung‘iz orti Qoraqum qumliklari, Toshhovuz viloyati, shimoliy-g‘arb va shimoliy-sharqdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati bilan chegaralanadi. Xorazm viloyatining umumiy yer maydoni 605,2ming gektar, shundan sug‘oriladigan yer maydoni 260,9 ming gektarni tashkil qiladi. Ekin maydoni 211,8 minggektar.
2.2. Tadqiqot o’tkazilgan joyning iqlim sharoiti
Xorazm voxasi dengiz satxidan 100-110 m balandlikda joylashgan. Xorazm voxasi ob-havosi keskin kontinental, odatda cho’l zo’naning yozi issiq va quruq bo’ladi. Eng issiq vaqt iyul oyi bo’lib, shu oyda o’rtacha kunlik harorat 27-28- darajaga boradi. Eng yuqori harorat 40-44 -darajaga yetadi.
Qish fаslida qattiq sovuq- minus 31-32-daraja va ayrim kunlarda undan ham qattiq (43daraja) ga yetadi. O’rtacha yillik havo harorati, ko’p yillik ma’lumotlarga qaraganda , 11.8-12.1 darajani tashkil etadi.
Qish kunlari yerning chuqur qatlami 28-42 sm, (ba’zi yillarda yana ko’proq) muzlaydi. Xorazm voxasida sovuq qattiq va uzoq bo’lgan yillarda sho’ri yuvilgan yerlar, Respublikaning boshqa viloyatlariga qaraganda kech yetiladi. Issiq kunlaru 201-208, ayrim kunlarda 170-180 kunlarni tashkil etadi. Boshqa viloyatlarda 210- 230 kundan oshadi. Xorazmda ham ayrim yillarda issiq boshqa viloyatlaridagidek cho’zilishi mumkin.
Ayrim yillarda yerning muzlashi 26-30 aprelda ham kuzatiladi. Endi unib chiqqan yoki maysalarni sovuq shikastlaydi va nimjon bo’ladi. Ma’lumki har bir tur qishloq ekinlarining urug’lari o’zlarining xususiyatiga qarab muayyan tuproq va havo harorati yetarli bo’lgan taqdirdagina unib chaqadi. Bizning Xorazm sharoitida bu foydali haroratning to’planishi boshqa viloyatlarga nisbatan 20-25 kun kech boshlanadi shuning uchun ham chigitni ekish ishlari boshqa viloyatlarga nisbatan odatda ko’pchilik yillari kech boshlanadi. Binobarin, Xorazmda ertapishar o’simliklar navlarini ekish maqsadga muvofiqdir.
Xorazm voxasida yog’ingarchilik kam, uning yillik miqdori 79-90 mm atrofida bo’ladi, yog’in-sochinning asosiy miqdori ko’klamda kuzatiladi. Yog’ingarchilik kuzda ham bo’ladi. Yoz oylarida yog’ingarchilik deyarli bo’lmaydi. Xorazmda yog’adigan yomg’irlar miqdori kamligi va u ham oz-ozdan bir necha marta takrorlanib tuproqni chuqur qatlamiga singmaydi va shuning uchun ham sizotsuvlar zaxirasini to’ldirmaydi. Havoning o’rtacha ko’p yillik nisbiy namligi 30 foizdan oshmaydi. Havoning quruq bo’lishi va quyoshning intensiv radiatsiyasi natijasida bug’lanish yuqori bo’ladi. Suv va yer yuzidagi bug’lanishlarning yillik miqdori o’rta hisobda 1200 mm ni tashkil etadi. Bu esa yillik yog’in miqdoridan 15 marta yuqori demakdir. Shuningdek, yer osti suvlari, sho’r va yaqin joylashgan.
O’rta Osiyoning boshqa rayonlariga nisbatan Xorazmda yil bo’yi shimoli - sharqdan kuchli shamol ta’sirida bug’lanish bo’lib turishi sababli nam yuqoriga ko’tarilib, yerning haydalma qatlamida zararli tuzlar ham to’planadi. Shuning uchun ham Xorazm voxasida va boshqa yeri sho’rlangan mintaqalarda yerlarning sho’rini har yili yuvish talab qilinadi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin